136
barcha jarayonlari insonlarning aniq tarixiy-ijtimoiy ishlab chiqarish
faoliyatlari asosida amalga oshadi. Iqtisodiy bilimlar insonlar faoliyatining
ajralmas qismidir. Insonlarda iqtisodiy tushunchalarning paydo bo‘lishi
iqtisodiy bilishga, tajribaga bog‘liq. Iqtisodiy bilim va nazariyalar boshqa
sohalarda bo‘lgani kabi insonlarning amaliy faoliyatida tajribalar yordamida
tasdiqlanganda turmush tarzidan o‘rin oladi. Iqtisodiy bilimlar
taraqqiyotining sababi - insonlar faoliyatidir. Insonlar iqtisodiy amaliyotdan
kelib chiqib, o‘z bilimlarini boyitadilar. Natijada bilimlar takomillashadi,
yangi tushunchalar paydo bo‘ladi, nazariyalar yaratiladi, kashfiyotlar bo‘ladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.
Iqtisodiy tajriba tadqiqotchidan yuksak mas’uliyatni bo‘yniga olishni
talab etadi. Chunki uning faoliyati jamiyatda yashovchi insonlar turmush
tarzini aks ettirish bilan bog‘liq. Shu sababli, iqtisodiy tajriba o‘tkazuvchidan
halollik va vijdonlilik, xolislik talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: