Зиёдулла Давронов



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Зиёдулла Давронов

marjinalistik
metod, deb ataladi. U
iqtisod nazariyasiga oid zamonaviy darsliklarda «Robinzon va iqtisod» deb
atalgan ajoyib gipoteza asosiga qurilgan.
Bu qiziqarli gipotezaga asosan, biron-bir ne’mat birligining qimmati mazkur
birlik yordamida qondiriluvchi ehtiyojning muhimlik darajasi bilan aniqlanadi.
Masalan, Robinzon
sof gipotetik
nuqtai nazardan - chuchuk suv manbai bo‘lgan
odam yashamaydigan orolga tushib qoldi, deb faraz qilaylik. Ichish va ovqat
pishirish uchun Robinzonga har kuni 3 l suv kerak bo‘lsin. Yuvinish, idish-
tovoq, kir-chir yuvish, tomorqani sug‘orish uchun unga tag‘in 12 l suv kerak.
Binobarin, Robinzon har kuni 15 l suv iste’mol qiladi. Manba har kuni 100 l
suv chiqaradi deb faraz qilsak, 85 l suv ortib qoladi. Xo‘sh, Robinzon uchun 1 l
suvning qimmati qanchaga teng? Ko‘rsatilgan shartlarda u nolga yaqin, chunki
1 l suv ishlatilganidan so‘ng, tag‘in 99 l suv qoladi, bu esa unga kerak bo‘lgan
miqdordan ancha ko‘pdir. Endi suvning qurishi natijasida manba har kuni atigi
15 l suv bera boshladi, deb faraz qilaylik. Robinzon bu holda ham o‘z
ehtiyojlarini to‘la qondiradi, ammo endi 1 l suvning yo‘qolishi ham ma’lum
muammolar tug‘dirishi mumkin. Manba qurib borgani sari Robinzon uchun har
bir litr suvning qimmati ortib boradi.
Birinchi birlik (bizning misolda- bir litr suv) cheksiz baland qimmatga ega.
Tabiiyki, manbadagi bor suv ham yaxlit bir butun narsa sifatida xuddi shunday
baland qimmatga ega. Keyingi bir necha birliklarning qimmati ham juda baland,
ammo keyin suvning yangi-yangi litrlarining qimmati kamayib boradi. Shu bilan
birga, ichilgan suv qolgan suvdan sira farq qilmasligi ham oydek ravshan.
Shuning uchun ham Robinzonning chanqovini bostiradigan bir litr suvni alohida
turkumga ajratish va uni behad cheksiz qimmatga ega, deb e’tirof etish mumkin


147
emas. Ne’matlarning bir xil birliklari har xil qimmatga ega bo‘lishi mumkin
emas, zero, har qaysi birlikni boshqa birlik bilan osongina almashtirish mumkin.
Mamlakatning yaqin istiqbolga (kelgusi yilga yoki yaqin bir necha yilga)
mo‘ljallangan byudjeti ham iqtisodiy gipotezaga qiziqarli misol bo‘la oladi: u
yoki bu demokratik mamlakatning hukumati byudjet loyihasini parlamentga
qonun sifatida ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etar ekan, u,
mohiyat e’tibori bilan, ehtimol tutilgan iqtisodiy rivojlanish haqidagi
gipotezani ilgari suradi. Bunday loyihada keltirilgan raqamlar, hisob-kitoblar,
grafiklar, foizlar, sxemalar gipotetik, ehtimoliy, taxminiy xususiyatga egadir.
Loyiha bir necha marta qayta ishlanib, maromiga yetkazilganidan so‘ng
parlament byudjetni tasdiqlaydi. Ammo, davlat qonuniga aylanganidan
keyin ham byudjet haqiqatnamo gipoteza bo‘lib qoladi. Zotan, biron-bir,
hatto eng mufassal loyihada ham barcha omillarni e’tiborga olish mumkin
emas, shuning uchun ham bu gipoteza iqtisoddagi real ahvolga qay darajada
yaqin kelganini faqat hayotning o‘zi, iqtisodiy-xo‘jalik faoliyati amaliyoti
ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday gipotezalarning evristik qimmati oydek
ravshan ko‘rinib turadi.
Har qanday inson o‘zining kundalik hayotida, bozorga muttasil bog‘liqlik
sharoitlarida mahalliy iqtisodiy gipotezalarini ilgari suradi: oila byudjetini qay
yo‘l bilan oqilona va samarali sarflasa bo‘ladi, o‘z shaxsiy jamg‘armalarini
nimaga joylashtirgan ma’qul — aksiyalargami, ko‘chmas mulkkami yoki biror
qimmatbaho buyumgami va h.k. Bunday ko‘p sonli gipotezalar negizida
hayotiy tajriba va sog‘lom fikr, Maykl Polani “shaxs bilimi”, deb atagan
bilim yotadi. Shaxsning yuqorida zikr etilgan gipotezalarida o‘z farovonligini
oshirishga bo‘lgan umid, aqlga muvofiq tavakkal elementi ko‘rinadi, mazkur
gipotetik bilimni ro‘yobga chiqarish esa shaxsning qobiliyati, mehnatsevarligi,
tirishqoqligi, ijodiy salohiyatiga bog‘liqdir.
Iqtisod fanida olim gipotezalarni ko‘rib chiqishdan iqtisodiy nazariya
tuzishga o‘tar ekan, u ma’lum konseptual sxemadan o‘rganilayotgan
ob’yektlarning tabiati haqidagi gipoteza va farazlar majmui hamda mavjud
nazariy xulosalardan foydalanadi. Gipotezadan nazariyaga o‘tishda konseptual


148
sxemadan to‘g‘ri foydalanish tadqiqotchilarning ijodiy qobiliyati namoyon
bo‘lishi uchun real imkoniyat yaratadi”
1
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin