150
qanchalik jiddiy va ob’yektiv bo‘lmasin, narsa va hodisalar haqida mutlaq,
tugallangan uzil-kesil bilimni bera olmaydi. Taraqqiy etib borayotgan bilim
jarayoni yangi dalillarni, qonun-qoidalarni kashf etib boraveradi. U
uzliksizdir. Bu yangiliklar esa yaxlit bir nazariyaga sig‘maydi. Natijada
nazariya ham o‘zgarib boraveradi. Yangisi paydo bo‘ladi. Nazariyalarning
bir pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga o‘tishi qonuniy jarayondir. Zero,
ob’yektiv olamda qotib qolgan narsa va hodisaning o‘zi yo‘q. Nazariyalarda
ham vorislik tamoyili amal qiladi, ya’ni eski nazariya asosida yangisi paydo
bo‘lib, vaqt o‘tishi, narsa va hodisaning o‘zgarishi natijasida yana yangisi
uchun asos bo‘lib qolaveradi. Masalan, N’yuton mexanikasi hozirgi zamon
fizika nazariyasining asosi edi. Demak, nazariya barcha fanlarda, jumladan,
iqtisodiy fanlarda ham asosiy negizni tashkil qiladi.
Ilmiy ijod jarayonida nazariy daraja muhim ahamiyatga ega. Chunki,
nazariy daraja orqali voqelikni qay holatda, qay vaziyatda turganligi
baholanadi. Chunki nazariy darajada avvalo, tadqiqotchi o‘z tafakkuri orqali
olingan amaliy bilimlar asosida o‘sha ob’yekti haqida ma’lum bir farazlar,
taxminlarni ilgari suradi. Nazariy daraja izlanishning boshlanish nuqtasidir.
Nazariy bilish yangi farazlarni keltirib chiqarishga yordam beradi. Farazlarni
tasdiqlash yoki inkor etish jarayonida yangi ilmiy nazariya paydo bo‘ladi. Bu
esa ilmiy ijodning yuqori nuqtasi hisoblanadi. “Ilmiy nazariya tuzish – bu
teran va sermazmun ilmiy abstraksiyalarni aniqlash va ularni o‘rganish bilan
bog‘liq murakkab dialektik jihatdan ziddiyatli jarayon, ilmiy bilishning
nazariy darajasida abstraksiyalashtirish jarayoni”
1
dir. Abstraksiyalarga misol
qilib, matematikada “moddiy nuqta”, mexanikada “mutlaqo tekis yuza”
fizikada “ideal gaz”, “mutlaqo qora jism”, iqtisodiyotda: “tovar”,
“ayirboshlash”, “iste’mol qiymati”, “bozor” kabilarni olish mumkin.
Nazariya haqida yuqorida keltirilgan ta’rifni kengaytirib endi shunday
izohni berish mumkin.
Dostları ilə paylaş: