153
2. Ilmiy ob’yekt haqidagi qarashlarni jamlab o‘zining
mohiyatini
ochadi;
3. Aniq bo‘lgan ilmiy bilimlarni asoslash bilan birga ularni
aniqlashtirib, kengaytiradi, mazmun-mohiyatini, amaliyotda
tutgan o‘rnini ko‘rsatadi;
4. Ob’yekt haqidagi yangi farazlarni keltirib chiqaradi;
5. Ilmiy tadqiqot natijasida olingan yangiliklarning haqiqiyligini
asoslaydi;
6. Ilmiy ijodda amaliyot va nazariyaning hamkorligini isbotlaydi;
7. Ilmiy natijalarni amaliyotga olib
chiqish kerakligi yoki kerak
emasligi haqida ma’lumot beradi.
Nazariy bilimda ob’yektning tuzilishiga jiddiy e’tibor beriladi.
Olinadigan natija ana shu ob’yektning tuzilishini to‘g‘ri aks ettirishga ham
bog‘liqdir. Ilmiy ijodning bu bosqichida barcha to‘plangan dalillar qayta
sinovdan o‘tkaziladi. Talablarga javob berilishi o‘rganiladi. Dalillar
aniqlashtiriladi. Barcha fikr va mulohazalar tahlil qilinadi. Ob’yekt haqidagi
umumiy tasavvurlar birlashtirilib, bir butun holatga keltiriladi. Birlamchi
asos paydo bo‘ladi. Ushbu jarayonlar bosqichlaridan o‘tgan ilmiy nazariya
ilmiy ijodni davom ettirishga yo‘llanma oladi.
Ilmiy ijodda ilmiy nazariyaning mukammalligini
aniqlash, uni tushunish
va tushuntirishga ham bog‘liq. Mazkur holat ilmiy ijod sohibidan o‘ta
mas’uliyat va mahoratni talab etadi. Nazariyaning kelajagi ana shu holatga
ham bog‘liqdir. Tushunish va tushuntirish jarayoni nazariyani kengaytirish
va chuqurlashtirish, yanada aniqligini ta’minlashga yordam beradi. Nazariya
ilmiy ijodni mujassam holga keltiradi. Fikrlarni muvofiqlashtiradi. Shu bilan
birga oldin ma’lum bo‘lmagan ilmiy xulosani chiqarishga ko‘maklashadi.
Nazariyaning
vazifalaridan yana biri shuki, u nisbiy va mutlaq haqiqatlar
bilan aloqadadir. Nazariya tajriba natijasida voqelikdagi nisbiy yoki mutlaq
haqiqatlarning ham mazmun-mohiyatini ochishga yordam beradi. Ularning
ob’yektivligini inkor etadi yoki hayotiyligi haqida xulosa beradi. Ma’lumki,
haqiqatlar nisbiy bo‘lgani singari nazariyalar ham nisbiy bo‘ladi. Ilmiy
tadqiqotlar natijasida nazariya mutlaqlikka o‘tishi mumkin. Nisbiy
154
nazariyalar to‘ldirila boriladi. Tanlangan sohalarga qarab u mutlaq
nazariyalarga aylanishi mumkin.
Ilmiy nazariyaning ilmiy ijodda yetakchilik xususiyati bor. Bu
yetakchilik vazifasi yangi sohalarni bashorat qilish jarayonida ko‘rinadi.
Chunki nazariya asosida jiddiy, turli bosqichlardan o‘tgan ilmiy bashorat
yaratiladi. Masalan, tabiatdagi oldin inson aqli
bovar qilmagan turli voqea-
hodisalar avval nazariya orqali bashorat qilinib, so‘ng tajribadan o‘tkazilib
xulosalar olingan. A. Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi fanda
buyuk o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Jumladan, neytron, yulduzlar,
pulsarlar, kvazarlar, katta massalarning gravitatsion siqilishi,
koinotning
kengayishi, kosmologik model va hozirgi zamon gravitatsiyaning umumiy
nisbiylik nazariyasi kabilardir. Ayniqsa, 1903 yilda Berlinda nashr etilgan
“Fizika yilnomasi” jurnalida “Harakatlantiruvchi jismlar elektrodinamikasiga
doir” degan maqola bosilib chiqqandan so‘ng, jismlar tabiati haqida inson
bilimlarini tubdan o‘zgartirib nisbiylik nazariyasining keng qirrali ekanligi
haqida tasavvurlar rivojlanib ketdi. Shundan so‘ng, umumiy va xususiy
nisbiylik nazariyasi samarali rivojlandi. Tajribalar
olib borilib tasdiqdan
o‘tkazildi. D. K. Maksvellning elektrodinamikasi elektromagnit
to‘lqinlarining mavjudligini bashorat qildi. So‘ng G.Gerts ularni tajribada
tasdiqladi. D.I.Mendeleyev bir qator noma’lum kimyoviy unsurlarning
mavjudligini bashorat qildi. Bu bashoratni hozirgi vaqtda kimyo fani
tasdiqlamoqda. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu misollar
ma’lum bo‘lmagan narsa va hodisalarni bashorat qilish ilmiy nazariyalarning
muhim vazifalari ekanligidan dalolatdir.
Dostları ilə paylaş: