16
maydonlar yig‘indisidan iborat. Hozirgi zamon fan ma’lumotlariga
qaraganda materiya bundan 20 million yillar avval boshqa ko‘rinishlarda
bo‘lgan. Keyingi million yillar davomida esa o‘zgarib boradi. Inson hayoti
tabiatning tozaligi va biosferaning normal sharoitiga bog‘liq.
Mazkur
sharoitlar nomuvofiq bo‘lsa, insonning yashash sharoiti buziladi. Yashashga
putur yetkazadi. Ekologik muammolar kelib chiqadi. Ilmiy-texnika
afzalliklaridan noto‘g‘ri foydalanish biosfera va neosferaning buzilishiga
olib keladi. Demak, tabiat sirlarini mukammal bilish fan taraqqiyoti va
ijodning rivojlanishiga bog‘liq.
Jamiyat tabiatning bir qirrasidir.
Unda oila, mahalla, jamoa, jamiyat
a’zolari harakat qiladi. Bu harakat jarayonida turli voqealar sodir bo‘ladi.
Voqealar esa inson faoliyati bilan bog‘langan. Bular: iqtisodiy o‘zgarishlar,
diniy jarayonlar, demokratik qurilish, siyosiy-huquqiy faoliyatlar, ma’naviy-
ma’rifiy qadriyatlar, urf-odatlar kabilardir. Mazkur jarayonlar ba’zida salbiy,
ba’zida ijobiy yo‘nalishlarni tashkil qiladi. Binobarin, mana shu
yo‘nalishlarni tartibga solishda ham fanlarga murojat qilinadi. Tabiat,
jamiyatdagi hodisalarni o‘zaro munosabatini tushunish
va xulosalar qilish
fan rivoji bilan belgilanadi. Fanlar turlichadir. U o‘zining klassifikatsiya
shajarasiga ega. Fan tarixida fanlar shajarasini birinchilardan bo‘lib Arastu
ishlab chiqqan. Hozirgi zamon olimlari fanlarni ko‘proq uchta katta guruhga
bo‘ladilar:
Dostları ilə paylaş: