11
shug‘ullangan olimlar ham o‘z
faoliyatida metodlardan, turli xil
yondashuvlardan, yo‘nalishlardan foydalanishga majbur, ularsiz o‘z
tadqiqotini amalga oshirolmaydi. Aytish lozimki, O‘zbekistonning hozirgi
taraqqiyotini belgilab berishda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov
iqtisodiyotni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
qilib belgilashi bejiz
emas. Prezident iqtisodiyotchi sifatida istiqbol iqtisodiyotga bog‘liqligini
ilmiy asoslab berdi. Shu sababli ham iqtisodchilar ilmiy ijodida I.A.Karimov
asarlari metodologiya sifatida xizmat qiladi. Demak, iqtisodiy tadqiqotchilar
ilmiy ijod metodologiyasini iqtisodiy jarayonlarning bilish metodlari
haqidagi ta’limot sifatida qabul qilishi lozim. U ilmiy jarayon va ijodiy usul,
vosita, tamoyil hamda qoidalar yig‘indisidir. Shu munosabat bilan aytish
mumkinki, bo‘lajak mutaxassislar ilmiy tadqiqot
va ilmiy ijod
metodologiyasini mukammal o‘rgansalar, kundalik faoliyatlaridagi
qiyinchiliklarni yengilroq yechadilar, ularni bartaraf etishlari osonlashadi.
Ilmiy ijodda usul va tamoyillarni o‘zlashtirish birinchi galdagi vazifadir. Bu
o‘rinda har bir bo‘lajak mutaxassis falsafiy metodologiyaga jiddiy e’tiborini
qaratishi lozim. Chunki iqtisodiy sohani bilish usullari ham falsafiy
metodologiya
bilan aloqada, munosobatdadir.
Iqtisodiy sohadagi ta’limotlarni to‘plash axborot tizimiga ham
bog‘liqdir. Ilmiy izlanish axborotlarsiz amalga oshmaydi. Ayniqsa, hozirgi
davr kashfiyotlari turli axborotlarning to‘planishiga ham bog‘liqdir.
Ma’lumki, har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy taraqqiyotiga ega. Ana shu
iqtisodiy taraqqiyotlarni o‘rganish va xulosalar chiqarish ilmiy
izlanuvchining bilim saviyasini yanada oshiradi.
Amaliy faoliyatida
qo‘llashiga imkon yaratadi. Bu esa yosh tadqiqotchining kelajagini, ayniqsa,
ilmiy faoliyatini mustahkamlashga yordam beradi
.
Dostları ilə paylaş: