6
tayyorlangan qo‘llanma ko‘proq moliyaviy, iqtisodiy jarayonlarga diqqatni
jalb etadi. Mazkur sohadagi mutaxassisliklar uchun
tayyorlanadigan
xodimlarni ilmiy ijodning mohiyati va mazmuni bilan tanishtiradi. Shulardan
kelib chiqib, o‘z maqsadini amalga oshiradi. Bu maqsadlar asosan
quyidagilar bo‘lib, ularga magistrantlar asosiy e’tiborni qaratishlari kerak:
kursning predmeti, tuzilmasi, vazifalarini, ilmiy bilish
va ilmiy ijodning
dunyoni tushunishga doir umumfalsafiy, umumilmiy va xususiy ilmiy
uslublarni hamda vositalarni bilish; ilmiy ijoddagi empirik,
nazariy va
intuitiv bosqichlarni, fanning rivojlanishida falsafa fanining
umummetodologik o‘rnini mavhumlashtirish, tasavvurlar va o‘zgarishlarni
ishlab chiqishda umumilmiy shakl va uslublarni tahlil qilish; dialektika,
sinergetika qonun
va kategoriyalaridan, tamoyillaridan o‘z ilmiy tadqiqotlari
ijodida foydalanishni bilish; o‘z fikrlarini dalillay olish va metodologik
tartibni ijodiy tortishuvlarida himoya qila olish; iqtisodiy tadqiqotlarda
tizimli tartibiy yondashuvni ham ularda modellashtirishning ilmiy jihatlarini
o‘zlashtirish; I.A.Karimovning bozor iqtisodiyotiga o‘tish
jarayonidagi
metodologik ko‘rsatmalaridan ijodiy foydalanish, milliy istiqlol g‘oyasi va
mafkurasining ijod qilishdagi o‘rnini tushunib olish va boshqa shu kabi
muammolardir.
Demak, ilmiy ijod metodologiyasi kursining vazifalari yuqoridagi
xulosalardan kelib chiqishi tabiiydir. Bu vazifalar avvalo,
magistrantlar oldin
olgan bilimlarini ilmiy ijod va tadqiqotlarda foydalanish malakalarini
singdirish, ilmiy fikrlash ko‘nikmalarini hosil qilish; falsafiy va iqtisodiy
nazariyalarning dialektik munosobatlarini aniqlay bilish va chuqurroq
o‘zlashtirish; ijoddagi yangi zamonaviy usullardan xabardor bo‘lish
va ularni
hayotga tatbiq etish; ilmiy materiallar to‘plashni o‘rgatish; taniqli
olimlarning ilmiy ijod haqidagi ta’limotlari bilan tanishtirish kabilaridir.
Ayniqsa, hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda respublikamizdagi
o‘zgarishlarni hisobga olib, I. A. Karimov asarlarini metodologik asos qilib
olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu asarlar ilmiy tadqiqotchining milliylik va
umuminsoniylik jihatlarini kuchaytirishga yordam beradi. Mazkur kurs I. A.
Karimovning mamlakatimizda fan va innovatsiya
faoliyatini rivojlantirish
7
sohasidagi ishlarni muntazam takomillashtirish haqidagi farmonini
1
amalga
oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: