10
aks etish jarayoni muhim rol o‘ynaydi. Aks etishsiz bilish amalga oshmaydi.
Shu jihatdan aytish mumkinki, barcha fanlar ob’yektlarini o‘rganish ham aks
etish (in’ikos)ga bog‘liq.
Bilish yordamida barcha fanlardagi qonun va qonuniyatlar ochiladi.
Tabiat narsalarining xilma-xilligi o‘rganiladi. Bularning barchasida metod va
metodologiya qo‘llaniladi. Tashqi olam narsalari va hodisalar bilish
ob’yektlaridir. Bu ob’yektlar fanlarda aks etadi. Ta’kidlash lozimki, amaliy
faoliyat ehtiyojlari bilish jarayonining yo‘nalishini belgilab beradi. Yechish
zarur bo‘lgan muhim muammolarni o‘rtaga qo‘yadi. Fanlar rivojlanish
sur’atlarining shart-sharoitlarini aniqlab beradi. Moddiy noz-ne’matlar ishlab
chiqarish bilish muammolarini hal qilish uchun turli asbob-uskunalar, texnik
vositalar, jihozlar yetkazib beradi. O‘z navbatida bilish faoliyati ham ishlab
chiqarishda mujassamlashadi, bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanadi.
Ilmiy ijod metodologiyasi singari boshqa fanlar ham bilish bilan
bog‘langan. Bilish orqali boshqa fanlar ham rivoj topadi. Bilish insonning
faoliyatida empirik va nazariy jihatdan namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: