23
sohasida ijod qilingan kashfiyotlar insonlarni hozir ham lol qoldirib
kelmoqda. Jumladan, piramidalar o‘lchamlarining haqiqiy ilmiyligi, ya’ni
kvadratlar, uchburchaklar, to‘g‘riburchaklar, trapetsiyalar, doiralarning
o‘lchamlari fikrimizni asoslaydi. Demak, o‘sha paytlardayoq ijod qilishda
maxsus uslublar ishlab chiqilishi natijasida ijod uchun sharoit yaratilgan.
Ma’lum ma’noda nazariy bilimlar talab qilingan.
Diniy sohalarni va afsonalarni falsafiy tahlil qilish zarurati paydo
bo‘lgan va falsafa fani ham taraqqiy qila boshlagan. So‘ngra afsonalarni
diniy jihatdan emas, falsafiy tahlil qilish kuchliroq o‘rin ola boshlagan. Bu
esa o‘sha paytda yashagan insonlardan bilim va ijodni talab qilardi. Masalan,
“Arfist qo‘shig‘i” adabiy manbasida, diniy afsonaviy sohalar tanqid qilinib,
vafot etgan inson u dunyodan xabar bera olmasligi, qaytib kelmasligi, shu
sababli yer ustidagi hayotning qadriga etish kerakligi haqida mulohazalar
yuritilgan. Bu ijodning oddiy ko‘rinishlari edi.
Eramizgacha bo‘lgan, ya’ni Antik dunyo deb ataluvchi davrlarda
Gretsiyada ham izlanish, ijod yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Falsafa fan
sifatida eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Gretsiyada shakllandi. Ayniqsa,
Aleksandr Makendonskiy imperatorlik qilgan davrlarda falsafa ravnaq topa
boshlagan.
Dostları ilə paylaş: