24
qilardi. Gretsiya falsafasi tarixida Fales birinchi bo‘lib, tabiatdagi
hodisalarning rivojlanish manbaini qidirdi.
Falesning
fikricha, tabiat hodisalari asosida suv yotadi. Undan tashqari,
Falesning shogirdi
Anaksimandr
(eramizgacha 610-546 yillarda yashagan)
dunyoning asosida suv emas, cheksiz shaklga ega bo‘lgan apeyron yotadi,
deb tushuntirdi. Uning fikricha, hamma narsa shu
apeyrondan kelib chiqqan
va yana apeyronga qaytadi. Apeyron harakati esa qarama-qarshilikning kelib
chiqishi asosida bo‘ladi.
Mavjudot Anaksimandrning fikricha, rivojlanish, taraqqiyot xudolariga
bog‘liq emas. Anaksimandr birinchi bo‘lib odamning paydo bo‘lish
masalasiga qiziqadi va uni balchiqlardan paydo bo‘lgan, deydi.
U birinchi
bo‘lib, geografik karta tuzgan, quyosh soatini yasagan.
Milet maktabining keyingi vakili
Anaksimen
(eramizdan avval 585-
525 y. da yashagan)dir. Anaksimenning fikricha, dunyo havodan tashkil
topgandir. Anaksimen ijodida ateistik qarashlar bor edi. Kosmik o‘zgarish
xudosiz, borliqning doimiy o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi.
Milet maktabi
vakillarining ta’limoti materialistik xarakterga egadir. Ularning ta’limoticha,
dunyoning asosida moddiy bir narsa - modda yotadi. Ular tabiatning qonuniy
rivojlanishini modda va uning xarakteriga bog‘laydilar.
Grek dialektikasini Pifagor maktabi rad etdi. Milet faylasuflari
dunyoning asosiga materiyani qo‘ysalar, Pifagor maktabi esa sezish mumkin
bo‘lmagan abstrakt raqamni - sonni qo‘yadi. Bu idealistik falsafa stixiyali
materializmga qarshi chiqdi.
Bunga sabab, bilish jarayonining qiyinchiliklari
natijasi edi.
Pifagor
, eramizdan oldin (580-550) yashagan. Pifagor maktabi
matematika bilan qiziqqani uchun tabiat qonuniyatining miqdoriy
xususiyatlarini anglashga qaratdi. Bu maktab g‘oyalarida idealistik diniy
falsafiy qarash bilan ilmiy tafakkur elementlari uchraydi. Pifagorchilar
o‘zlarining ta’limotlarida dunyoqarash sohasi
bilan miqdor kategoriyasini
kiritdilar.
25
Afina faylasuflari materiyaning ichki tuzilishi, moddiy elementlar
xarakterini, uning rivojlanish sabablarini tushuntirishga uringanlar. Bu
faylasuflar Levkip va Demokritlardir.
Levkip
(500-440) birinchi bo‘lib ateistik qarashni olg‘a surdi. Dunyo
uning fikricha, bo‘linmaydigan moddiy element-atomlardan tuzilgan.
Atamos - bo‘linmaydigan, grekcha so‘z. U dunyodagi narsalarning paydo
bo‘lishi va yo‘qolishini zaruriyat va sababiyat bilan bog‘laydi. Bu ta’limot
Demokrit falsafasining ham negizini tashkil qiladi.
Efess
shahrida
Dostları ilə paylaş: