Зиёдулла Давронов



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
Зиёдулла Давронов

Frasimax
Suqrot
zamondoshidir. Miloddan oldingi 470 yillar atrofida tug‘ilgan, deb taxmin
qilinadi. Frasimax o‘zining huquq va adolat to‘g‘risidagi qarashlari bilan
barchani lol qoldirgan. Frasimaxning fikricha, huquq zo‘rlarga xizmat
qiladigan narsadir. Huquq bu kuch qudratdir. Bunday tushunchaga zid
keladigan fikr axmoqona go‘llikning o‘zi xolos, deya ta’kidlagan u.
Protogor
miloddan avvalgi 481-411 yillarda yashab ijod qilgan. Uning
fikricha, “Inson qanday bo‘lsa, shu holida mavjud bo‘lgan. Inson jamiki
narsalarning borlig‘i va yo‘qligi bilan ma’lum darajada mavjud narsalarning
mezoni hisoblanadi”. Yana quyidagi fikrni bildiradi: “Xudolar to‘g‘risida
men ularning na mavjudligi, na mavjud emasligi yoki ularning qanday tusda
ekanligi haqidagi bilimga ega bo‘la olmayman chunki idrok etilmaslik va
inson hayotining qisqaligi bilishga to‘sqinlik qiladi”.
Sofistlar etika, ijtimoiy fanlar va epistemologiya bilan aloqador bo‘lgan
sohalarni baholashda ilg‘or bo‘lganlar. Bunday fikrlar hozirgi davrda ham
dolzarb. Chunki bular muammoli sohalardir. Ularning fikrlarida nisbiylik va
mutlaqlik, huquq va hokimiyat, altruizm; individ va jamiyat; aql-idrok va
his-tuyg‘ular kabi atamalar mavjud bo‘lganki, bular haqida hozirgi
faylasuflar ham fikr yuritadilar.


27
Qadimgi grek falsafasini rivojlantirishda
Suqrot
ijodi alohida o‘rin
tutadi. U miloddan avvalgi 469 yilda tug‘ilib, 399 yilda vafot etgan. Uning
ta’limotida ham epistemologik (epistemologiya-bilim, uning tuzilishi,
tuzilmasi va rivojlanishini o‘rganadigan falsafiy-metodologik ta’limot) va
etnik - siyosiy muammolar markaziy o‘rinni olgan. U sofistlarning ko‘p
qarashlarini rad qilgan. Uning ijodida umumiy ne’mat (oliy ezgulik) va
adolat hisoblanadigan qadriyatlar va me’yorlar mavjud. Suqrot falsafaning
bilish muammosini hal etishga intildi. Uning talqinida

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin