20
bo‘ldi. Haqiqatda esa falsafa tabiat, jamiyat, inson tafakkuri uchun nazariy
va amaliy jihatdan xizmat qilishi lozim. Demak, falsafani ijod uchun eng
umumiy, maxsus tomonlarini
hisobga olgan holda, uni hayotga tatbiq eta
bilish kerak.
Falsafa barcha ijod turlari uchun, asosan to‘rtta vazifani bajaradi:
1. Ijod turlarini nazariya bilan qurollantiradi, ya’ni ijod turi qaratilgan
ob’yekt haqida oldindan ma’lum mazmun va mohiyatga ega bo‘lgan fikrni
o‘rtaga tashlaydi. Ijodkorni izlanishga chorlaydi.
2. Eng umumiy metodologiya sifatida ijod turlariga xizmat qiladi.
Ijodning xususiy metodlarini boyitib boradi.
Xulosalarni yanada ilmiy
bo‘lishini ta’minlashga harakat qiladi.
3. Ijod jarayonida izlanuvchini u yoki bu dunyoqarash bilan
shakllantiradi. Ijod qiluvchining tafakkur darajasini kengaytirishga yordam
beradi.
4.
Ijodning milliy va umum insoniy qadriyatlarga e’tiborini
kuchaytirishga yo‘naltiradi va boshqalar.
Bu sohalarning barchasi falsafiy bilish jarayoni bilan bog‘langan.
Falsafaning bilish sohasidagi vazifasi ham diqqat e’tibordan chetda
qolmasligi kerak. Sababi, bilish jarayonisiz ijod amalga oshmasligi bizga
ma’lum. Bilish orqali inson haqiqatga erishadi. Demak, falsafa,
falsafa
predmetining o‘zini ham to‘g‘ri yo‘lga boshlay olish lozim. Tekshirilayotgan
yoki mulohaza yuritilayotgan ob’yektning turli tomonlari xususiyatlarini,
mazmun mohiyatini to‘liq, ongli, har tomonlama bilish ijodning hayotiyligini
ta’minlaydi. Falsafa ijodkorni ijod orqali tubdan, yangi bilimga ega bo‘lishga
chorlaydi. Mutlaqo noan’naviy tafakkur usuli
bilan qurollanishga, ob’yektga
nisbatan o‘ta ongli sub’yekt sifatida e’tiborni qaratishga majbur qiladi. Bu
esa ijodkorning faoliyatini yangi bosqichga ko‘taradi.
Xulosa qilib aytganda, falsafa ijod jarayonida o‘zining qonun va
kategoriyalari orqali ilmiy tadqiqotlarning tuzilishi, uslublari vositalari va
barcha jarayonlarini anglashda yordam berish bilan birga ijodkorning
faolligini oshiradi. Ob’yekt mazmuniga qarab fikrlashni
maqsad qilib
qo‘yadi.