Зиёдулла Давронов


V. G. Belinskiy (1811-1848), A. I. Gertsen (1828-1889), N. A



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/104
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203142
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
Зиёдулла Давронов

V. G. Belinskiy (1811-1848), A. I. Gertsen (1828-1889), N. A.
Dobrolyubov (1836-1861), N. G. Chernishevskiy (1828-1880), D. I. Pisarev
(1840-1868)
lar ko‘tardilar.
Bu faylasuflar o‘z ijodlari bilan o‘tmish faylasuflaridan shu bilan
farqlanadilarki, ular ezilgan omma mafkurachilari sifatida maydonga chiqqanlar.
Rus revolyutsion demokratlarining xizmati shundaki, ular materialistik mazmunga
ega bo‘lgan inqilobiy nazariyalarni olg‘a surdilar. Ular Gegel dialektikasidan
foydalanishda uni tanqid qilish bilan birga «falsafaning algebrasi» Gertsen, deb
bildilar. Ular dinga qarshi kurashdilar.
Ular ommaning ozodlikka erishishining yagona yo‘li inqilob, degan g‘oyani
ilgari surdilar. Ularning falsafiy asarlari chuqur ilmiy asosdagi dohiyona
asarlardir. Falsafaning asosiy masalasi - tashqi dunyoning moddiyligi va ongning
ikkilamchiligini hal qilishda Gegelni tanqid qilib, ruh va tafakkur materiya
mahsulidir, materiya birlamchi, ong esa uning mahsulidir, deya tushuntirdilar.
Ularning fikricha, materiya bu mavjud haqiqatdir, uni hech vaqt yo‘q qilib
bo‘lmaydi. Masalan, A. I. Gertsen shunday deydi: «Xohlaganingcha moddani
abstraktlashtirishing mumkin, lekin uni hech vaqt yo‘qota olmaysan
1
».
1. Filosof. izbr. proizv. T. 1. str. 151, 280.


56
Gertsen ijodi va falsafasi dialektikani materialistik asosladi, falsafani tabiat
qonunlarigagina bog‘lab qo‘ymay, jamiyat qonuniga ham mosladi.
Gertsen dialektik uslub va amaliy faoliyatlarning birligini ham ko‘rsatdi.
Insonning amaliy faoliyati tarixiy ijodiy kuchlardan iboratdir, deydi u.
Shuningdek, amaliyot bilan nazariya birga borishi kerakligini ta’kidladi, dunyoni
qayta qurishda falsafa ilmiy qurol ekanligini ko‘rsatdi, lekin bu fikrni oxiriga
yetkaza olmadi. Bunga sabab Rossiyaning ijtimoiy qoloqligi edi.
Falsafa tarixida Gertsen dialektikani ilmiy ravishda asosladi, u metafizik
qarashga qarshi chiqdi, tabiat va jamiyat hodisalarini bir-biriga bog‘liq ravishda,
o‘zaro ta’sirda ekanligini ko‘rsatdi.
Gertsen, umumiy jamiyatda ham har bir hodisa boshqa hodisalar bilan
bog‘langan bo‘lib, falsafaning vazifasi ana shu bog‘liqlikni ochishdir, tabiat va
jamiyat taraqqiyoti jarayoni eskining o‘lishi bilan yangining paydo bo‘lishidagi
kurashdadir, degan edi.
Ko‘rinib turibdiki, uning uslubi inqilobiy tavsifda edi. Shunday bo‘lishiga
qaramay, u jamiyatning taraqqiyotida hal qiluvchi kuch, ishlab chiqaruvchi
kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabati ekanligini ko‘rsata olmadi.
Xuddi shuningdek, Gertsen kabi Belinskiy, Dobrolyubov,
Chernishevskiylar ham materiya birlamchi, ong ikkilamchi, tabiat va jamiyat
hodisalari, o‘sib, o‘zgarib turadi, ular o‘zaro bog‘liq, deb idealistik qarashga
qarshi chiqdilar. Jamiyat bir-biriga qarama-qarshi ikki sinfdan tashkil topgan,
kishilik jamiyati tarixi mana shu sinflarning o‘rtasidagi kurashni o‘z ichiga oladi,
deb ko‘rsatdilar. Ular jamiyat taraqqiyotini dialektik asosladilar, lekin shu bilan
birga, progressiv hal qiluvchi kuch dehqon sinfidir, deyishdilar.
O‘rta asr va yangi davr Yevropa ijodi va falsafasini o‘rganish hozirgi davr
uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki, falsafa o‘tmishda o‘zining shakllanishi
uchun tarixiy davrlarni boshidan o‘tkazgan. Uning ba’zi muammolari hayot
chig‘iriqlaridan o‘ta olmagan. Natijada, yangi muammolarni keltirib chiqargan va
o‘rtaga qo‘ygan. Har bir davr o‘zining yutuqlariga ega bo‘lishi bilan birga
kamchiliklariga ham egadir. Falsafa tarixini va o‘sha davr ijodini o‘rganish hozirgi
zamon kishilarining falsafiy tafakkurining rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Ma’lumki, falsafa tarixida tizim va oqimlarni yaratgan allomalar oz emas.
Ularning ko‘pchiligi falsafa tarixida o‘chmas iz qoldirganlar. Ular qoldirgan
falsafiy merosning, ijodning jiddiy ahamiyati shundaki, bu falsafiy merosni, ijodni
hozirgi kun falsafasi va ijodi bilan solishtirgan holda yangi falsafiy nazariyalarni,


57
yangi ijod namunalarini yaratish mumkin. Shuningdek, mazkur manbalar ma’lum
ma’noda qadriyatlar hisoblanadi. Bu qadriyatlarning aksariyat qismi inson
faoliyati bilan bog‘liq. Uning tarbiyasi, dunyoqarashiga aloqador. Shu sababli ham
Yevropa falsafasi durdonalaridan foydalanish insonlarning, ayniqsa, yoshlarning
falsafiy va ijodiy saviyasini oshirishga yordam beradi. Nazariy va amaliy
faoliyatini mustahkamlaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin