MUHOKAMA VA NATIJALAR Zig’ir va kanop moylarini rafinatsiyalash. Bularning tarkibidagi ko’p miqdordagi o’ta to’yinmagan linol (15-30%), linolen (44-61%), izolinol kislotalarining bo’lishi hisobiga bular quriydigan moylar hisoblanadi. Moyda sterinlar, fosfatidlar, uglevodlar bo`lib, shuningdek ular bo’yovchi moddalar mavjud. O’ta to’yinmagan bu moylarda kislotalarning borligi, neytrallashda misellyar qatlami yupqa va harakatchan sovunli plyonkalar hosil bo’lishiga olib kelib, kungaboqar va paxta moylari soapstoklari uchun xarakterli bo’lgan soapstok parchalari shakllanishi qiyin kechishi aniqlandi. Unda hosil bo’layotgan sovunli sistemalar gidrofil komplekslari: fosfatidlar, uglevodlar bilan muvozanatlanadi. Rafinatsiya qilingan yog’ni iste’molga yoki texnik maqsadda ishlatish mumkin. Rafinatsiyalanmagan yog’ va moylarni esa ishlatish qiyinchilikka olib keladi ba’zi bir hollarda umuman ishlatib bo’lmaydi. Yog’ tarkibidagi aralashmalar har xil bo’lganligi uchun rafinatsiya jarayoni kompleks usulda ya’ni moydan chiqarib tashlanayotgan aralashmaning tarkibi, xususiyatiga qarab har xil reagentlar yordamida ketma-ket operatsiyalar bilan olib boriladi.
Zamonaviy rafinatsiya texnikasining rivojlanishi masalalarni kompleks hal qiladi va o’simlik moylari hamroh moddalardan tozalanib, hosil bo’lgan mahsulotlarni oziq-ovqat sifatida va texnik maqsadda ishlatiladi. O’simlik yog’idan fosfatidlarni ajratib olib oziq-ovqat va yem sifatida, ishlatilishi sanoatda ko’p qo’llaniladi. Hozirgi paytda yog’dan qimmatli mahsulot sterin va vitaminlarni ajratib olish usullari mavjud. Shuningdek, paxta moyidan gossipol mustaqil mahsulot sifatida ajratib olish usuli ishlab chiqilgan. Bunday moylarni qayta ishlash uchun 85% li fosfor kislotasini qo’llash taklif etilgan. U moy massasiga nisbatan 0,1-0,2% miqdorda qo’shiladi. Zig’ir moyini qayta ishlaganda fosfor kislotasi miqdori 0,4-0,5% gacha oshiriladi.