laming holini g ‘ofil kimsalar anglay olmaganidek, kechalari yulduzlar
sayrini ham tunlami bedor o ‘tkazuvchi bedorlar biladi.
Shu tariqa g ‘azalda Fuzuliyning lirik qahramoni - mutafakkir, ha-
yot haqiqatini chuqur anglab yetgan mushohadakor faylasuf sifatida
namoyon bo‘ladi. Ushbu g ‘azal Sharq klassiklarining shu mavzudagi
eng yaxshi she’rlari bilan hamohangdir. Biroq har bir buyuk shoiming
iste’dodi har qanday mavzuni o ‘ziga xos tarzda yoritishni taqozo etadi.
Fuzuliy ham barcha shoirlar kuylagan muhabbat mavzusini o ‘z qarash-
laridan kelib chiqib, o ‘ziga xos shoirlik ehtirosi bilan talqin etadi.
G ‘azalni o ‘rganar ekansiz, an ’anaviy ishq mavzusi baytma-bayt
tadrijiy rivojlanib teran falsafiylik, ijtimoiylik, ilohiy sirlilik darajasiga
ko‘tariladi. G ‘azaldagi
“shifoyi vasl”, “tashnai d iyd o r”, “labing sir-
r i ”, “voqifi asror”, “xarobot a h li”
kabi istilohlar g ‘azalni tasaw ufiy
nuqtai nazardan chuqurroq o ‘rganishni, baytlar zamiridagi m a’no qat-
lamlarini teranroq talqin qilishni taqozo etadi. Biz faqat ifodali o ‘qish
nuqtai nazaridan, g ‘azalni imkon darajasida o ‘rganishga harakat qildik.
Bunday g ‘azallar oddiy she’r sifatida o ‘qilmaydi, balki o ‘quvchini in
son va insonning ko‘ngil olami haqida, hayot va hayotning sirli hodisa-
lari haqida fikr yuritishga undaydi.
Shoir oshiqning ichki kechinmalari, dardu hasratini o ‘git va nasihat
tarzida bayon etar ekan, she’r mazmuniga uyg‘un mahzun ohang va
ta’sirchan uslub tanlagan. G ‘azaldagi
bemor, diydor, asror, bemor, hush-
yor, yor, xummor, vor
kabi qofiyadosh so‘zlar va misralararo takror
lanib keluvchi “
o'landan s o 'r ”
radifi g ‘azalning musiqiyligini yanada
oshiradi. G ‘azaldagi tazod san’atiga asoslangan hajr va vasl, tashbehu
istioralar asosiga qurilgan
fatton k o ‘z, nargisi mast
kabi so‘z va so‘z
birikmalari g ‘azaldagi asosiy g ‘oyani yorqin ifodalashga xizmat qilgan.
Muhammad Fuzuliyning “Shifoyi vasl qadrin...” deb boshlanuvchi
ushbu g ‘azalining vaznini aniqlash uchun uni hijo va ruknlarga ajratib
chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: