Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

M avzu. 
Ushbu hikoyat Sa’diy “Guliston”idagi boshqa hikoyatlar 
kabi hajman nihoyatda qisqa, lekin unga singdirilgan ibratli m a’no va 
mazmun olam-olam. Hikoyat ta’lim-tarbiya mavzusiga bag‘ishlangan 
bo‘lib, unda adib yoshlar tarbiyasida muallimning shaxsiyati, o‘qitish 
uslubi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ko ‘rsatadi.
G ‘oya. Hikoyada muallimning badfe’lligi va bolalarga shafqat- 
sizligi qoralanadi. Ayni paytda, m uallif “Ota mehridan afzal jabri lis­
ted”, “Agarda muallim bo‘lsa beozor, Bolalar sinfni qilishar bozor” 
kabi qistirma misralar orqali uning tarbiyadagi qattiqqo‘llik uslubini 
m a’qullaydi. Adib farishtadek beozor muallimning tarbiyasi natijasida 
bolalarning devtabiat bo‘lib ketganini bayon qilish orqali yoshlar tarbi­
yasida sustkashlik va o ‘ta muloyimlik ham yaxshi natija bermasligini 
uqtiradi.
Ertaklarni ifodali o ‘qish
Yosh avlodni o ‘z xalqiga, millatiga, tug‘ilib o ‘sgan Ona yurtiga 
chuqur hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashda ertaklarning ahamiya­
ti beqiyosdir. Xalqimizning o ‘tmishi, milliy urf-odatlari, dunyoqarashi, 
moddiy va m a’naviy boyliklari, g o ‘zal bog‘lariyu ulug‘vor tog‘lari 
ertaklarda nihoyatda jozibador tasvirlangan. Ming yillar davomida 
yaratilgan ertaklarda ajdodlarimizning erk va adolat, birlik va ahil- 
lik yo ‘lida olib borgan kurashlari aks etadi. Ertak qahramonlari hech 
qachon mehnat va mashaqqatlardan qo‘rqmaydilar, jismoniy va ruhiy 
barkamolligi tufayli yovuz kuchlarni yengib hamisha g ‘alaba qozon- 
adilar. Shuning uchun ham ertaklar katta-yu kichik - hammani birdek 
o ‘ziga jalb qiladi, estetik zavq uyg‘otadi, ezgu maqsadlar yo‘lida to‘siq 
b o ‘lgan g ‘ovlarni yengib o ‘tishga o ‘rgatadi. Binobarin, hammaga ta­
niqli b a ’zi mashhur zotlaming o ‘zlaridagi yaxshi fazilatlami go6zal er- 
taklardan olganliklariga misollar oz emas.
Ertaklarni ifodali o ‘qishda ulardagi an’anaviy boshlama (zachin) 
larga alohida e ’tibor qaratish lozim. K o‘pgina ertaklarning boshlamasi 
odatda, saj’ usulida yaratiladi. M asalan, “Tulki bilan tovus” ertagining 
muqaddimasi shunday boshlangan: 

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin