Ziyoda masharipova


AM ALIY M ASHG‘ULOTLARDA 0 ‘QISH UCHUN SHE’RLAR



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

AM ALIY M ASHG‘ULOTLARDA 0 ‘QISH UCHUN SHE’RLAR
DORILFUNUNGA
Yana yigirmaga - yigit yoshimga 
Uzoq yillar o ‘tib qaytgan bu kunim,
Ta’zim qilib keldim sening qoshingga 
Azizim, munisim, dorilfununim.
Nedirsan? Olisga undagan sado,
Yo olis yillardan chorlagan unim.
Seni sog‘inaman va tirikman to 
Senga intilaman, dorilfununim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolangman, bor hali o ‘zingga hamdam 
Sho‘xlik, erkaligim, andek jununim.
Kim bo‘lsam, ne bo‘lsam va qayda bo‘lsam,
Sen meni tergab tur, dorilfununim.
Hayot beshafqatdir, yashash murakkab,
Yozolmay goh dilga cho‘kkan tugunim,
Iltijo qilarman, bedor yurakka 
Qudrat ber, yoshligim - dorilfununim.
Hali bu olamga savolim ko‘pdir,
Xayolim qushida yo ‘q lahza qo‘nim.
Yana shamchig‘oring kerak bo‘libdir,
Yo‘limni yoritgin, dorilfununim.
She’ru ishq, baxt, quvonch - dunyo biri kam,
Faqat e ’tiqodim - tanho butunim.
Qalbim tubidagi eng yorug4 nuqtam -
Senga talpinaman, dorilfununim.
Ezgulik sog‘inchi o‘rtab ko‘nglimni,
Bosh urib qoshingga kelgan bu kunim -
Sidqimni qabul et, tark etma meni,
Azizim, munisim, dorilfununim.
(Erkin Vohidov)
ALISHER NAVOIY
Men ushoq bir zotman tarix oldida,
Sira mangulikni qilmasman da’vo.
Axir, mangulik, bu - millat qalbida 
Yashamoqdir dunyo turgunicha to.
Bor ekan toki zulm, toki qabohat,

Inson yuragini tark etmagay she’r.
Asrlar q a ’ridan sog‘u salomat 
Siz c h iq ib kelasiz, ustoz Alisher!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jahon shoirlari tursa gar qator,
Ularga siz mudom sardorsiz, boshsiz.
Bu kun yuragimda g‘ururim bisyor,
0 ‘zbek manglayiga bitgan quyoshsiz!
Qalblar nurga to‘lsin - shu buyuk matlab
Yuksalar ulug‘dan ulguni olgan...
To mahshar ehtirom topsa, ne ajab,
Bitta baytingizning m ag‘zin chaqolgan!
Nafsdan chayqalganda zamom - to‘rt taraf, 
Sizni jalb etoldi na toju na taxt.
Sizga muxlislikning o ‘zi bir taraf,
Sizni anglamoqning o ‘zi ham bir baxt!
* * *
Birin-ketin o ‘tib borar asrlaming karvonlari,
Oh, nechog‘lik xatarlidir uning oshar dovonlari. 
Inson zoti murodiga azal abad yetar edi,
Ushalsa gar umidvor zot - Navoiyning armonlari! 
Fursat keldi, do‘stu g‘anim kimligini bilay bu kun, 
Jami bashar farzandiga saodatlar tilay bu kun, 
K o‘kka boqib sahar chog‘i, iltijolar qilay bu kun, 
Nurga to‘lsin aziz bobom Alisheming makonlari.
NAVRO‘Z
A w al yuragingga m o‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o ‘rgatadi so‘z. 
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.
Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi, kelmoqda N avro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am, 
Demak, Bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z. 
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi, kelmoqda Navro‘z.
0 ‘Z B E K M A N
Yangi bir asming ostonasi bu,
Yetishdim umrimning qutlug‘ yoshiga. 
Tilimda shukrona, dilim da g ‘ulu,
Tarix sarkotibin keld im qoshiga:
Mana, men - 0 ‘zbekman, qo‘limda tug‘im 
Va barcha a ’molim bitilgan kitob.
Shuning ichidadir b o rim va yo‘g ‘im, 
Shuning ichidadir m en uchun oftob.
0 ‘zbekman, inshoolloh, iymonim butun
Tilim qisiq emas bashariyatdan.
Kimgadir tengdirman, kimdandir us tun, 
Zuvalam qorilgan samimiyatdan.
0 ‘zbekman, gohida iqbolim kulib,
Gohida o ‘zimdan c h iq q a n ofatim. 
Dunyoni olsam-da, jah o n g ir bo‘lib, 
Go‘dak yig‘isiga yo‘q d i r toqatim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekman, qanchalik jafo chekmayin,
0 ‘zimga haq bo‘ldim, o ‘zimga haqman.
Yashadim yovlarga bo‘yin egmayin,
Bu kun o‘z erkiga erishgan xalqman.
Istiqlol, ketma yurt peshonasidan,
Tole, tark etmagin bizni, ilohim.
Mana, yangi asr ostonasidan 
0 ‘tdim. Bismillohir rahmonir rohiym.
(Abdulla Oripov)
***
G o‘daklikdan ma’lum har odam,
Bola boshdan degan gap to‘g ‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
B o‘lar edim bezori, o ‘g ‘ri.
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra qahramon.
Qaytar edim ko‘chadan doim 
Bum im pachoq usti boshim qon.
Q o‘rqib qotgan onam qoshida 
Derdim tutib o‘zimnn mahkam:
«Hechqisi yo‘q. Qoqildim toshga.
Ertagacha qolmas о ‘mi ham».
Yillar o ‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik 
K o‘chdi she’ru dostonlarimga.
Bolaligim ketdi borini 
Satrlarda qoldirib butun.
She’rlarimda shum bezorining 
Xislatlari aks etar bu kun.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M ag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o ‘tli k o ‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim.
M endan kulgan to ‘da qoshida 
Deyman tutib o ‘zimni mahkam:
«Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o ‘rni ham».
-k &
*
Endi qaytmam uyimga,
Men elkezar devona.
K o‘z tikibdir yo'lim ga 
K o‘m -ko‘k o'tloq yagona.
Unda meni sog‘ingan 
Faqatgina qichitqon,
Boshi quyi solingan 
Chuchmomai nafarmon.
Oy tepamda, yuksakdir,
Shapka otsam yetmaydi.
Q o‘shiq, asli yurakdir,
Tug‘iladi - yitmaydi.
Uyga umr so‘nggida 
Biz qaytamiz turfahol.
Vujudtitroq qo‘ynida,
Yarim murda, yarim shol.
Sening uchun, ey odam,
K o‘hna maqol aytadi.
« 0 ‘lar chog‘i itlar ham 
0 ‘z uyiga qaytadi».
(Sergey Yesenin)
www.ziyouz.com kutubxonasi


GU L
Qurigan, hidi yo‘q, unutilgan gul, 
Kitobni ocharkan ко‘rib qoldim men. 
G ‘alati xayolga to‘ldi-da ko‘ngil, 
Parishon termulib, turib qoldim men:
Qayerda va qachon, qaysi bahorda 
Gullagan? Uzoqmi? Kim uzdi ekan? 
Yot qo'lm i, tanishmi uzgan nahorda? 
Ne uchun bu yerga qo ‘yildi ekan?
Nozik bir visolning esdaligimi,
Yoki shum ayriliq - firoq yodgori? 
Yoki tinch sahroda, o ‘rmon soyasida 
Yolg‘iz sayr, tomosha xotiralari?
Tirikmikan yigit, tirikmikan qiz?
Shu paytda ulaming qayda g o ‘shasi? 
Yoki shu qurigan - so‘lg ‘in, belgisiz 
Gul kabi so‘ldimi har ikkalasi?

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin