Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

undan o ‘tar
aqlli odam yo‘q edi. || (Mantiqiy urg‘u).
Shu orada | qish ham kirib qoldi.
Birinchi qor tushguncha | tepaning etagida shildirab oqib turgan 
ariqdan | qo‘l ushlashib kechib o ‘tib yurdik. || Keyin | ariqning suvi 
oyoqni kesib yuboradigan bo‘lib, | kichkina bolalaming ko‘zidan | tirqi- 
rab yosh ham chiqib ketdi. Endi bolalar | tumaday tizilishib turishardi. 
|| Duyshen ularni galma-galdan | bittasini yelkasiga olib, |ikkinchisini 
qo‘lida ko‘tarib | ariqdan o ‘tkazib qo‘yardi.
G 6oya. Bosh qahramonning hikoyasi tarzida berilgan ushbu lavhada 
yaqin o ‘tmishdagi og‘ir zamonlar va bu zamonning zil-zambilday yu- 
kini yelkasida ko‘targan fidoiy inson - Duyshen muallimning yorqin
www.ziyouz.com kutubxonasi


siymosi tasvirlangan. Ayni paytda kelajakka ishonch bilan boqayotgan, 
ilmga tashna Oltinoyning yurak to'lqinlari, m uallim iga b o ‘lgan bolalar- 
cha beg‘ubor va samimiy muhabbati ta’sirchan ifodalangan.
“0 ‘tin ayirgan bolta maydonda qolar” degan m aqol bor xalqda. 
Bolta insonning mushkulini oson qiladi, kuniga yaraydi. Lekin inson 
bolta yorgan o‘tinlami olib ketadi-yu, boltani artib, avaylab joyiga olib 
qo‘ymaydi, bolta chang bosib maydonda qolib ketadi. Duyshen qis- 
mati mana shu holatni eslatadi. 0 ‘zgalar manfaati y o ‘lida o ‘zini fido 
qiladi, ezgu maqsadlari uchun xizmat qilishni o ‘zining insoniylik bur- 
chi deb biladi, lekin achinarlisi shundaki, bu xokisor inson jam iyatda 
shunga yarasha e ’zoz va qadr topmaydi. Aslida asar m arkazida turgan 
masala insonning xizmatiga yarasha baholanmaganida emas. Aksincha, 
el-yurtga xizmat qilish, hatto qahramonliklar k o ‘rsatish shonu shuhrat 
uchun yoki jamiyatda alohida o ‘rin egallagani uchun qilinmaydi. Shu 
nuqtai nazardan qaraganda, Duyshen muallim ezgu m aqsadlar y o ‘lida, 
insoniylik burchi taqozosi bilan vatan va xalqqa xolis xizm at qilishning 
yorqin namunasidir.
Har bir asam i qanday ohangda o ‘qish o ‘sha asam ing um um iy 
ruhidan kelib chiqadi. M asalan, G 'afu r G ‘ulom ning “Shum bola” 
qissasi bilan Chingiz Aytmatovning “Birinchi m uallim ” qissasini bir 
xil ohangda o 'q ib bo'lm aydi. Buning sababi shundaki, “ Shum bola” 
ajoyib-g‘aroyib sarguzashtlar, hazil va m utoyiba asosiga qurilgan 
b o 'lsa, “Birinchi m uallim ”da anduhli m uhabbat qissasi bayon etil- 
gan. “Shum bola” qissasining aksariyat o ‘rinlari, sh o ‘xchan ohang, 
tezkor tem pni talab qilsa, Oltinoyning yo 'q o tg an m uhabbati haqi­
dagi iztirobli hikoyasi, nisbatan osoyishta va biroz hazin ohangni 
taqozo qiladi.
M ashq. Qissadan olingan parchani o‘qing. Pauzali o ‘rinlam i, man­
tiqiy urg‘u olgan so‘z yoki so ‘z birikmalarini aniqlab, ifodali o ‘qishni 
mashq qiling.
...Qish dovon oshdi. Bahor yeli yetib kelganda tog‘ qo‘ynida oq 
qor, k o ‘k muz siljib, o ‘ziga yo‘l ochib katta-katta toshlam i yumalatib 
yuborganda, bahor taronasini o ‘ylab toshqin suvlar tog‘ yelkalaridan 
shildirab oqib tushdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ehtim ol, bu mening ilk yoshlik bahorim b o ‘lgandir. Bahor k o ‘rki 
k o ‘zim ga har yilgidan boshqacharoq tuyuldi shekilli, bizning mak- 
tabim iz o'm ashgan tepadan k o ‘ringan ajoyib bahor manzarasi meni 
o ‘ziga m aftun qilardi. Yer xuddi quloch yoyib o ‘zini to ‘xtatolmay 
to g ‘dan quyosh nuriga g ‘arq bo'lgan, yengil, suyuqqina tutun qoplagan 
k o ‘kim tir bepoyon dala-qirlarga g ‘izillab yugurib borayotgan b o ‘lar, 
allaqayerlardan havoni larzaga keltirib kishnagan cho'ziq yilqi ovozi 
eshitilib turar, osmonda kumush bulutlar oralab kishiga zavq berib 
o ‘tayotgan tum alar yeru ko‘kka bahordan darak berib, uzoq safarga 
chorlaganday saf tortib o ‘tishardi.
Bahor kelishi bilan bizlarga ham jo n kirdi. 0 ‘yin-kulgim iz ko‘payib, 
m aktabdan ovulga 
bir-birimizni quvalab, qiyqirishib borardik. 
Kennoyinming bunga g ‘ashi kelib, har gal bir qarg‘ab olmasa k o ‘ngli 
o ‘rniga tushmasdi:
- Hey, ta ’viya, muncha shataloq otmasang? So‘laqmonday b o ‘ying 
bir joyga yetib qolibdi-yu, yurishingni qara, yo qari qizlikni bo'yingga 
olmoqchimisan? Sen tengi qizlar allaqachon erga chiqib, qaynana- 
lik-qaynatalik bo ‘lib olishdi, sen b o ‘lsang.. Huv, topgan matohing 
boshingda qolsin! Maktabing bilan qo'shm ozor bo'lgur! Hali shosh- 
may tur, adabingni bermasam seni...
Kennoyimning do‘qlari ham menga uncha kor qilmasdi, uning 
qarg‘ishlarini eshitaverib etim o ‘lib qolgandi. Ichi qoraligidan qari qiz der- 
di, bo'lm asa bo‘yim o‘zi shu yil bahorda sal cho‘zilganini demasa, o‘zim 
boyagi-boyagi, Duyshen aytmoqchi, sochi paxmoq malla qizman-ku... 
Duyshenning gapiga jahlim ham chiqmasdi. “Sochim-ku paxmoqku-ya, -
deb o ‘ylardim o ‘zimcha, - lekin malla emasman. Bo‘yim etsin bir chiroyli 
qiz bo‘layki, odamlaming havasi kelsin! Duyshen menga: ko'zlaring yul- 
duzday yonib turadi, istarang issiq, Oltinoy” - deb aytib yuradi-ku!
Bir kuni maktabdan kelsam hovlim izda ikki begona ot bog‘loqlik 
turibdi. Egar-jabdug‘iga qaraganda, egalari tog‘dan tushishgan. Ilgari 
ham bozor-o‘chardan qaytishda hovlim izga kirib o ‘tishardi.
Kennoyinming qandaydir beo ‘xshov xoxolab kulgani ostonaga yet- 
masimdanoq qulog'im ga chalindi:
- Jiyan bola, k o ‘pam pishiqlik qilaverma, kamib qolmaysan. Ken- 
noyining qadrini jazm aning qo ‘lingga tekkanda bilasan! Hali zamon 
o ‘zing ham ko ‘rarsan! Xi-xi-xi!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hammalari gur etib kulib yuborishdi, meni ostonada paydo 
boMganimni ko‘rib, jim bo‘lib qolishdi. To‘rda namat ustiga yozil­
gan dasturxon yonida yuzlari qip-qizil, semiz bir odam o ‘tirgan ekan. 
U katta suvsar telpagi ostidan menga yalt etib qarab, tomog‘ini qirib 
yo‘talganday bo‘ldi.
- E, keling, oppoq qiz, kela qoling, oppog‘im! - qarasam, kennoyim 
jilmayib, juda shirin so ‘z bo‘lib qolibdi. Amakim ham namatning bir 
chekkasida yana birov bilan o ‘tiribdi. “Tuz, ko‘zir” deb qarta o ‘ynab, 
aroq ichib, ovqat yeb o4irishibdi.Tkkovlarining ham kayfi boru, qarta 
urganda tebranib kallalarini qimirlatishadi.
K o‘k mushugim dasturxonga yaqin kelgan edi, yuzi qizil odam uni 
mushti bilan bir urdi, mushuk bechora jon achchig‘ida miyovlab, bir 
burchakka borib jim b o ‘lib qoldi. Yegan mushti jonidan o ‘tib ketdi-da! 
Qanday qilib chiqib ketishimni bilmay turganimda, kennoyim menga 
asqatdi:
- Aylanay bolam, ovqating qozonda, olib yeya qol, - dedi.
Uydan tashqari chiqib ketdimu, lekin kennoyimning tilyog6 lamaligini
ko‘rib, ko‘nglim g‘ash b o ‘lib qoldi. Beixtiyor hushyor tortdim.
Chamasi, ikki soatlardan keyin mehmonlar otlariga minib, toq- 
qa j o ‘nab ketishdi. Kennoyim yana boyagiday: “Shumshuk, tirik 
yetimcha”, - deb qarg‘ay boshlagan edi, ha, boyagi mastligida aytgan 
gaplari ekan-da, deb ko‘nglim o ‘m iga tushdi.
Shu voqeadan biroz o ‘tgach, biznikiga bir ish bilan Sayqal buvi kirib 
keldi. Hovlida yurganimda uning: “Voy, bu nimasi! Uvoliga qolishdan 
qo‘rqmaysanmi?” - deb ko ‘ngli buzilib gapirganini eshitib qoldim.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin