mana shunday xususiyatga egadir. Voqealar faqat bir kishi tilidan bay
on
qilingani sababli, hikoyani o‘qiyotganda ijrochi monoton (bir xil)
ohangga berilib ketmasligi kerak. Hikoyani o ‘qishda voqealar mazmu-
nidan kelib chiqqan holda, ovoz tovlanishlari, temp, urg‘u kabi ifodali
o ‘qish vositalariga alohida e ’tibor beriladi.
M ashq. “Guliston” asaridan tarbiyaning ta ’siri bayoni haqidagi
hikoyatni o ‘qish.
H ikoyat
M ag‘rib diyorida qosh-qovog‘i osilgan, tili achchiq, badfe’l,
dilo-
zor, gadoytabiat va fosiq bir muallimni uchratdim, uni ko‘rgan mahal-
da musulmonlaming ta’bi tirriq bo‘lar, Q ur’on o‘qiganini eshitganda,
kishilaming dillari siyoh bo‘lardi. Barcha pokiza o ‘g‘lonlar va qizlar
uning jafosiga giriftor, na kulishga ju r ’at va na so‘zlashga jasorat etardi-
lar. Muallim goh birining nuqraday yuziga tarsaki tushirar, goh boshqa-
sining billurday oyog‘iga iskanja solardi. Xullasi kalom,
bir kun eshit-
dimki, ota-onalar muallimning razilligini payqab, uni madrasadan urib
haydabdilar. Shundan keyin maktabni sofdil, namozxon, sodda va mu-
loyim tabiatli bir kishiga topshirdilar. Bu muallim zarurat bo‘lmasa lom-
mim demas va hech kimsaga ozor bermas edi. Bolalar oldingi muallim
ning qattiqqo‘l va zolimligini unutdilar, devtabiat b o ‘lib ketdilar va ilm
o ‘rganishni tark etdilar. Ular ko‘p vaqtlarini o ‘yin-kulgi bilan o ‘tkazar
va savod taxtalarini bir-birlarining boshlariga urib sindirar edilar.
Agarda muallim b o ‘Isa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor.
Oradan ikki hafta o ‘tgach, boyagi masjidga bordim. K o‘rdimki, av-
valgi muallimning ko‘nglini
ovlab keltirib, yana o ‘z o ‘miga tayinlab
qo‘yibdilar. Bu holatdan ranjidim, beixtiyor: “Nega yana o ‘sha iblisni
bu farishtalarga muallim qilibdilar?” - dedim. K o‘pni ko‘rgan, zakiy-
tab’ bir m o‘ysafid dedi:
“Yubordi o ‘g ‘lini maktabga podsho,
Qilib qo‘ynig‘a nuqra taxtacha jo.
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:
“Ota mehridan afzal jabri ustod” .
www.ziyouz.com kutubxonasi