Ziyoda masharipova


 Milliy istiqlol g ‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -Toshkent: 0 ‘zbekiston, 2000



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

1 Milliy istiqlol g ‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -Toshkent: 0 ‘zbekiston, 2000,
49-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mamlakatimizda m a’naviyat va m a’rifat sohasida olib borilayotgan 
keng qamrovli islohotlarda til, adabiyot va san’at masalalariga alo- 
hida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi, 
“Ta’lim to‘g ‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash b o ‘yicha milliy 
dastur” va boshqa juda ko‘plab hujjatlarda bu yo ‘nalishdagi ishlaming 
asosiy jihatlari ko‘rsatib berilgan.
Pedagogika universiteti va pedagogika institutlarining o ‘zbek tili 
va adabiyoti fakulteti talabalari uchun moMjallangan “Ifodali o ‘qish 
praktikumi” darsligi ham davlat hujjatlarida ko‘rsatilgan bugungi davr 
talablari asosida yaratildi. Darslikni yozishda jahon mutafakkirlari- 
ning so‘z san’ati, notiqlik haqidagi fikr-qarashlariga, shuningdek, us- 
tozlar S.Inomxocjayev va A.Zunnunovlaming “Ifodali o'qish asoslari”, 
Q.Oripov va M .Obidovlarning “Ifodali o ‘qish” qo'llanm alariga tayan- 
dik.
www.ziyouz.com kutubxonasi


IFO DALI 0 ‘QISH PRAKTIKUM I FAN INI NG
MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja
1. Ifodali o ‘qish s a n ’atining shakllanishida xalq o g ‘zaki ijodi- 
ning ro ‘li.
2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari.
3. Ifodali o ‘qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.
4. Ifodali o ‘qishning amaliy ahamiyati.
Badiiy adabiyotning yuzaga kelish tarixi qanchalik qadim iy b e ‘Isa, 
ifodali o ‘qish tarixi ham shu qadar nzoq zamonlarga borib taqaladi. 
M azm nndor va ifodali nutq ham m a davrlarda ham kishilam i o ‘ziga jalb 
etib ijtimoiy hayotda alohida o ‘rin egallab kelgan.
Ifodali o ‘qish, a w a lo , xalq sa n ’atidir. Chunki badiiy adabiyot dastav- 
val xalq og‘zaki ijodi shaklida paydo b o ‘lgan. Xalq yaratgan asarlam ing 
keng tarqalishida esa og'zaki ijrochilik san’ati muhim aham iyat kasb 
etgan. Q o‘shiq, ertak, doston, qissa kabi og‘zaki adabiyot namunala- 
rini yaratgan xalq namoyandasi (ertakchi, qissaxon, baxshi) bir payt- 
ning o ‘zida ham ijodkor, ham ijrochi edi. Binobarin, asrlar davom ida 
yaratilgan afsona va rivoyatlar, m aqol va matallar, qo'shiq va dostonlar, 
og'zaki ijrochilik, ifodali nutq sa n ’ati tufayligina bizgacha yetib keldi. 
Xalq yaratgan asarlar qanchalik donishm andlik va san’atkorlik m ahsuli 
sifatida yuzaga kelgan b o ‘Isa, u lam ing og‘zaki ijrochiligi ham shu qa­
dar mahorat va san’atkorlikni talab qilgan.
Qadim tariximizda yorqin iz qoldirgan ijtimoiy-siyosiy voqealami, 
inson qalbidagi g‘am-andun, shodlik va quvonch tuyg‘ularining badiiy 
ifodasi sifatida maydonga kelgan jamiki adabiyot namunalarini xalq 
san’atkorlari (qo‘shiqchi, roviy, qissaxon, baxshi) shunchaki j o ;n, badiiy 
tasvir vositalarisiz, xilma-xil ovoz tovlanishlarisiz, shukuhsiz bir tarzda 
ijro etganlarida edi, ehtimol bu asarlar uzoq saqlanib qolmagan b o ‘lur edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ifodali o ‘qish san’ati o ‘tmish zamonlarda og4zaki ijodda qanday 
ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, yozm a adabiyotda ham shu qadar muhim 
o ‘rin tutadi. Zero, badiiy adabiyotning estetik ta’sir kuchi ifodali o ‘qish 
jarayonida yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.
Ifodali o ‘qish, ayniqsa, asaming g ‘oyaviy mazmunini chuqur tushu- 
nishda, badiiy xususiyatlarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Badiiy 
asarlami ifodali o ‘qish inson ongi va hissiyotiga ta’sir etib, axloqiy-estetik 
tuyg‘ularini shakllantirishga, m a’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.
To‘g‘ri, g ‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal yaratilgan har qanday 
asar og‘zaki ifodali nutqsiz, ovoz chiqarmasdan mustaqil o ‘qilganda 
ham o ‘zining axloqiy-estetik jihatdan ta’sir kuchini yo‘qotmaydi, in- 
sonni tarbiyalash vazifasi kamayib qolmaydi. Lekin ifodali o ‘qish ja- 
rayonidagi maftunkor ohang, xilma-xil ovoz tovlanishlari, jozibador 
intonatsiya kabi vositalar badiiy asaming emotsional ta’sir kuchini 
yanada oshiradi, eshituvchiga beqiyos zavq-shavq bag‘ishlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, so‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi 
kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun m as’ul bo‘lgan muallim- 
lar notiqlik san’atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan boMishlari 
zarur. Holbuki, o ‘qituvchining butun siymosi - xatti-harakatlaridan 
tortib, gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz, taqlidchan o ‘quvchi 
uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezi- 
denti ta ’kidlaganidek, “0 ‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta ol- 
maydigan mutaxassisni aw alam bor, rahbar kursisida o ‘tirganlami bu- 
gun tushunish ham, oqlash ham qiyin” 1 “...Kishining martabasini so‘zi 
bila bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki 
har kishining ahvoli o ‘z so‘zining ostida pinhondur”2 - deydi unsurul- 
m aoliy Kaykovus. Zotan har bir kishining kim ekanligini, uning bilim 
darajasini so‘zlariga qarab bilib olish mumkin. Donishmandlar nazdida, 
inson so‘zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. Binobarin, yosh av- 
lodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o ‘ynovchi m uallim- 
ning ravon va ifodali nutqi, go‘zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo‘lib 
xizm at qiladi. Ajdodlarlarimiz so‘z san’atining, ayniqsa, og‘zaki ijro- 
chilik san’atining inson ruhiga k o ‘rsatadigan ta’siriga qadim zamonlar- 
dan boshlab katta e ’tibor bilan qaraganlar. Shuning uchun ham, o ‘rta

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin