san’ati yod olingan matnni ifodali o ‘qishni ham o ‘z ichiga oladi.
Ifodali
o ‘qishda fikrlami yanada silliq, aniq, go‘zal shaklda talqin etish uchun
emotsional vositalardan unumli foydalaniladi. Ifodali o ‘qishning badiiy
emotsional b o ‘lishi uchun o ‘quvchi-ijrochi asar mazmuni, g ‘oyaviy-ba-
diiy jihatlari haqida tasaw urga ega b o ‘lishi lozim” 1.
Ifodali o ‘qishning o ‘ziga xos
xususiyati shundaki, u insonda tuyg‘u
va kayfiyatlar hosil qiladi, aniqrog‘i, voqelikning his-tuyg‘uli qiyo-
fasini yaratadi. Ifodali o ‘qish jarayonida asar voqealari “jonlanadi”,
qahramonlar “tilga kiradi”. 0 ‘quvchi bir vaqtning o ‘zida
ham muallif,
ham qiyofa (obraz) yaratuvchi, ham ijrochi sifatida namoyon bo‘ladi.
Demak, ifodali o ‘quvchi m a’lum darajada aktyorlik san’atidan ham
xabardor bo ‘lishi lozim.
Ifodali nutq san’atini o ‘rganishning muhim vositalardan biri ba
diiy asarlam i ko‘proq mutolaa qilishdir. Asaming mazmun-mohi-
yati, qahram onlar
xarakter xususiyati, maqsad va intilishlari chuqur
o‘rganilgandagina og‘zaki talqinda asar ruhiga mos ohang va intonatsi-
ya paydo bo‘ladi. Badiiy asarlami mutolaa qilish o ‘quvchining dun-
yoqarashini kengaytirish barobarida adabiy tilni puxta o ‘zlashtirishga,
ifodali o ‘qish san’atini egallashga yaqindan yordam beradi.
Adabiyot hayotni in’ikos ettirar ekan, u insonning o‘zini o‘ziga
ko‘rsatuvchi ulkan ko‘zgu vazifasini ham bajaradi. 0 ‘sha ko‘zgu
orqali
har bir kishi o ‘zining yaxshi va yomon tomonlarini ko‘radi, qusur va
kamchiliklardan forig‘ bo‘lishga, ruhan tozarishga intiladi. Forig‘lanish
yoxud ruhan tozaiish buyuk faylasuf Aristotel talqiniga ko‘ra, san’atning
o ‘z oldiga qo‘ygan bosh maqsadidir. San’at, xususan, adabiyot insonni
ziddiyatlar asosiga qurilgan, hayot atalmish m o‘jizaning nima ekanligini
anglashga o ‘rgatadi, yovuzlikka nafrat, ezgulikka muhabbat tuyg‘ularini
uyg‘otadi va,
shu tariqa, inson m a’naviy olamini go‘zallashtiradi. Mana
shu vazifalami ado etishda ifodali o ‘qish san’ati badiiy adabiyotning
eng yaqin ko‘makchisi hisoblanadi. Zero, badiiy asardagi nafosat va
go‘zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg‘ulami
shakllantirish ifodali o ‘qish praktikumi fanining asosiy vazifasidir.
Adabiyotning barcha tur va janrlaridagi badiiy asarlar ifodali o ‘qish
praktikumi fanining o ‘rganish ob’ekti bo‘lib xizmat qiladi. Ifodali
o ‘qish deganda, faqat lirik
turga mansub asarlargina emas, balki nas-
Dostları ilə paylaş: