Adib o ‘z davrining insonparvar murabbiysi sifatida davlat, mam-
lakat boshliqlarining vazifasini k o ‘rsatib berishni,
ularga nasihat
qilishni o ‘zining burchi deb biladi. U davlatni, xalq manfaatlarini
ko‘zlovchi, xalq orzu-um idlarini amalga
oshiruvchi vositaga aylan-
tirishga, davlat arboblarini xalq xizm atchilariga aylantirish g ‘oyasini
ilgari suradi. Jamiyatdagi tengsizlik va haqsizlikni hukmron tabaqa-
larda yuksak axloqiylik va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish orqa
li bartaraf etmoqchi b o ‘ladi. Xullas, “Axloqi M uhsiniy”da insonga
sharaf keltiradigan poklik, imon, e ’tiqod, ezgulik
singari sifatlarning
ahamiyatini ta ’kidlash barobarida, podshoh va saroy xizm atchilarining
xislatlari, burch-vazifalarini belgilab beradi. Adib faqat podshoni
emas, balki oddiy insonni ham dili, niyati pok, xayr-saxovatli, kamtar,
dono, dunyo sir-sinoatlarini bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasi si
fatida k o ‘rishni orzu qiladi. Koshifiy ijtimoiy-axloqiy
idealni yuzaga
chiqarishning asosiy vositasi deb ilm -m a’rifat va axloqiy tarbiyani
tushunadi.
Adibning “Anvori Suhayliy” nomli asari ham axloqiy-didaktik
xarakterda bo‘lib, u mashhur “Kalila va Dimna” ta’sirida yaratilgan.
“Anvori Suhayliy”da Sharq adabiyotida keng
tarqalgan hikoyat va ri-
voyatlar keng o ‘rin egallaydi va shu orqali adib qissadan hissa chiqarib,
o ‘zining o ‘git va nasihatlarini, axloqiy qarashlarini bayon etadi.
“Risolai Xotamiya” asarida esa, Xotam Toyi timsolida oliyhim-
matlik va saxiylik fazilatlari targ‘ib qilinadi.
Ehson va saxovat kishini
komillik sari eltuvchi eng go‘zal sifatlardan ekanligi uqtiriladi. Yuqori-
da nomlari qayd etilgan asarlardan tashqari, Husayn Voiz Koshifiy no
tiqlik san’ati nazariyasiga oid “Sahifai Shohi”, “Dah majlis”, “Maxzan
ul-insho” kabi qo‘llanmalar ham yozgan. Shu bilan bir qatorda, “Axloqi
Muhsiniy”, “Risolai Xotamiya”, “Anvori Suhayliy” asarlarida ham
so‘z, notiqlik san’atiga doir qimmatli fikr-mulohazalar uchraydi. Ushbu
asarlar X V asrdayoq Xuroson viloyatlari madrasalarida darslik
sifatida
keng qo‘llanilgan.
Adibning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati”
asari ham uning boshqa asarlari singari asrlar davomida axloq va odob
dasturi sifatida insonlar qalbini ezgulik nurlari bilan yoritib kelgan.
Asarda javonm ardlik ilmi qonun-qoidalari va tasa w u f falsafasi haqida
qimmatli fikr-mulohazalar ilgari surilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
“Futuvvatnomai sultoniy...”ning oltinchi fasli suhbat odobi ma-
salasiga bagMshlangan bo ‘lib, unda m uallif kattayu
kichik - hammaga
birdek zarur bo ‘lgan nihoyatda ibratli fikrlami bayon etadi:
Dostları ilə paylaş: