Ziyoda masharipova


 Fukidid - miloddan awalgi V asrda yashagan. Afina tarixchisi va davlat arbobi



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

1 Fukidid - miloddan awalgi V asrda yashagan. Afina tarixchisi va davlat arbobi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«...men hammadan yuqoriga Demosfenni qo‘ydim va faqat uning kuchi 
men boshqa notiqlarda ko‘rganim suxandonlikka emas, balki men orzu 
qilgan suxandonlikka mos keladi. Hech kim na salmoqda, na latofatda, na 
me’yorda undan o ‘tib ketgan»1. Sitseron «Notiq» asarida Demosfen nomi­
ni qayta-qayta tilga oladi va uning notiqlik faoliyatini nihoyatda qadrlaydi.
IV asm ing o ‘rtalarida M akedoniya podshohi Filipp Yunoniston 
yerlarini bosib olish harakatini boshlaganda, Demosfen otashin vatan- 
parvar sifatida o ‘zining jo ‘shqin faoliyatini Filipning istilochilik hara- 
katlarini fosh qilishga qaratadi. Afina demokratik tuzumining tarafdori, 
o ‘z vatanining sodiq farzandi bo‘lgan Demosfen bosqinchilarga qarshi 
so‘zlagan nutqlarida vatandoshlariga murojaat qilib, yurt ozodligi, el 
baxti yo‘lida birlashib, dushmanga qarshi kurashishga da’vat etadi.
Afina davlati Makedoniya tasarrufiga o‘tgach, Demosfen dushmanlari 
unga qarshi bosh ko‘taradilar. Bundan bir necha yil ilgari, xalq partiyasi 
Demosfenning vatanparvarligini yuksak baholab, uni “Oltin gulchambar” 
bilan taqdirlashga tavsiya etgan edi. Makedoniya tarafdorlari bu qarorga 
qarshi chiqadilar. Hatto o ‘z davrining mashhur notiqlaridan bo‘lgan Esxil 
majlis qarori ustidan sudga shikoyat qilib ariza beradi va Demosfenning 
bunday oliy mukofotga loyiq emasligini uqtiradi. Qayta bo‘lgan sud ikki 
taniqli shaxsning yakkama-yakka olishuviga aylanib ketadi.
Sud boMayotgan maydonga shunchalik xalq to‘plangan ediki, go‘yo 
mavj urib turgan dengizni eslatardi. Demosfenni qoralab so‘zga chiqqan 
Esxil tamomila kurakda turmaydigan tuhmat toshlarini yog‘diradi. 
“Gulchambar”ni himoya qilish maqsadida so‘z olgan Demosfen esa, 
vatanining gullab-yashnashi yoMida tinmay kurashganini, shu bilan 
birga, Esxilning sotqinlikdan iborat faoliyatini yorqin nutqida obrazli tar- 
zda bayon etadi. G ‘animlaming qarshiligiga qaramay, sud juda to‘g ‘ri va 
haqqoniy qaror chiqaradi. Sud hukmiga muvofiq Esxilga katta miqdorda 
jarima solinib, Afinadan badarg‘a qilinadi. Demosfenning “Gulchambar” 
haqidagi nutqi faqat Esxil ustidan qozonilgan g‘alabagina emas, balki 
Afina va butun Yunonistondagi vatanparvarlaming tantanasi ham edi.
Suddagi muvaffaqiyatidan so‘ng, Demosfenning davlat oldidagi 
obro‘si yanada oshib ketadi. Biroq Makedoniya bilan Afina o‘rtasida 
boshlanib ketgan urushda afinaliklar m ag‘lub bo‘lib, barcha vatanpar-
www.ziyouz.com kutubxonasi


varlar o ‘z yurtlaridan badarg‘a qilinadi. Demosfen esa, sirtdan oMimga 
hukm etiladi. Fojiali voqealar girdobida qolgan notiq Kalavri oroliga 
ketib, Poseydon ibodatxonasiga yashirinishga majbur bo‘ladi. 0 ‘sha 
davrdagi an ’analarga ko‘ra, ibodatxonaga qochib kirgan odamni kim 
bo‘lishidan qat’iy nazar, qamash yoki o ‘ldirish mumkin emas edi. Chun- 
ki u Xudoning panohi va himoyasida hisoblanar edi. Dushmanlari De­
mosfenning yashiringan joyidan xabar topib, uni tiriklayin qo‘lga tushir- 
moqchi boMadilar. Lekin Demosfen dushmanlariga m ag‘lub bo‘lgandan 
ko‘ra o ‘limni afzal biladi va zahar ichib o ‘z joniga qasd qiladi.
Demosfenning nodir san’atkorligi antik dunyoda o ‘tgan va yan- 
gi davrlarda yashagan notiqlar tomonidan juda yuksak baholanadi. 
Uning ezgulik yo‘lidagi mashaqqatlarga to ‘la, dolg‘ali hayoti, so‘z 
ustasi sifatida erishgan yutuqlari keyingi avlodlarga yuksak ibrat namu- 
nasi boMib qoldi.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin