Ziyoda masharipova


IFODALI 0 6QISHDA NAFAS, OVOZ VA



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

IFODALI 0 6QISHDA NAFAS, OVOZ VA
TALAFFUZNING 0 ‘RNI
Reja
1. Ifodali o ‘qishda nafasdan to‘g ‘ri foydalanish.
2. Ifodali o ‘qishda ovozning ahamiyati.
3. To‘g ‘ri talaffiiz - ifodali o ‘qishning asosi.
Nafas. 
Nutq jarayonida so‘zlar orasidagi nafas rostlashlar havoning 
yangi zahirasini olish va kuchsizlanib borayotgan nafasni tiklash zaru- 
ratt bilan paydo bo‘ladi. Nafas ifodali o‘qishning muhim vositalaridan 
biri+>o‘lib, u ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazishda asosiy o‘rin tutadi.
To‘g ‘ri nafas olish inson hayoti uchun ham, ifodali o‘qish uchun 
ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Nutq jarayonida nafas olish
www.ziyouz.com kutubxonasi


m e’yori buzilib, o ‘rinsiz pauzalar qilinsa, o ‘qilayotgan matn mazmuni 
mantiqan o ‘zgarib, m uallif maqsadi tinglovchiga tushunarsiz b o ‘lib 
qoladi. Bu haqda prof. N.Mahmudov shunday yozadi: “0 ‘quvchi 
nutqida kuzatiladigan kamchiliklardan biri fonatsiya jarayonida, ya’ni 
nutq hosil bo‘lish paytida nafas olishdagi tartibsizliklar bilan bogMiq. 
Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday 
yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo ‘riqishsiz, bir qadar jadalroq
nafas chiqarish esa tekis, bir m e’yorda va davomliroq kechishi lozim. 
Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zo- 
tan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil boMadi” 1. 
Darhaqiqat, nutq so‘zlash jarayoni, xususan, ifodali o ‘qish san’ati nafas 
negizi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijrochi - o ‘quvchining nafas olishi 
qanchalik to‘g ‘ri bo‘lsa, ovozi va nutqi shu qadar jarangdor va kuchli 
boMadi.
Tibbiyotga doir adabiyotlarda nafas olishning quyidagi turlari alo­
hida ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.
1. Kiftdan nafas olish. Nafas ko‘krakning yuqori qismida olinib
kiftlar ko‘tariladi. Bunday nafas olish zararli. U kishini tez charchatadi. 
M e’yorda so‘zlashga imkon bermaydi.
2. K o‘krak-qorin orqali nafas olish. Bunday nafas olganda o ‘rta 
qovurg‘alar, biqin harakatga keladi, ya’ni ular kengayadi.
3. Aralash nafas olish, ya’ni pastki qovurg‘alar, diafiragma ishtirokida 
nafas olish. Bunda ko‘krak qafasi va kiftlar ko‘tarilmaydi. So‘zlaganda 
ravon, hovliqmasdan tabiiy nafas olish, uni kerakli ohang talabiga 
ko‘ra sarflash zarur. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunovlar tomonidan yara- 
tilgan “Ifodali o ‘qish asoslari” o ‘quv qo‘llanmasida nafas faoliyatini 
yaxshi lash uchun quyidagi besh xil nafas mashqi tavsiya qilinadi:
1. 
Kontrol mashq. Bu nafasning diafragmal-aralash usulda to ‘g ‘ri 
olinishini nazorat qilish maqsadida o ‘tkaziladigan mashqdir. Uni 
o ‘tkazishda tik va erkin turib, ikki qo‘l bilan ikki (oxirgi) qovurg‘ani 
bosib, ohrsta, chuqur nafas olinadi va yana asta-sekin nafas chiqariladi. 
Bunda ko‘krak qafasi va yelka ko‘tarilmaydi. Chuqur nafas yetimcha 
qovurgka ustiga q o ‘yilgan qo‘lni ikki yonga ko‘taradi. Mashq yaxshi 
o ‘zlashtirilgunga qadar muntazam davom ettiriladi.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin