' Oorinni tortish mashqi.
Bu mashq chuqur nafas olib, o'pka havo
i
to‘ldirilgach, nafasni chiqarmay, “ushlab”
turgan holda, qorinni
yuqoriga tortish mashqidir. Mashq qorinni tortib turish k o ‘nikmasi ho
sil bo'lgunga qadar davom ettiriladi.
3. Sanash mashqi. Bu diafragmal usulda nafas olib, erkin turgan hol
da, erkin ovoz bilan birdan beshgacha (1,2, 3 ,4 , 5 deb) sanash mashqi
dir.
Birdan beshgacha sanalgach, nafas olinadi va mashq yana davom
ettiriladi. Keyin sanoq 10 gacha, 15, 20, 25 largacha oshirib boriladi.
Mashq davomida ovoz va gavda erkinligi saqlanadi.
4. M usaiia’ mashqi. Bu mashq doston va ertaklardan olingan ra
von, sodda va tasviriy xarakterdagi saj’ tekstlari asosida o ‘tkaziladigan
mashqdir. Bunda matn erkin talaffuz etilgan holda, ikki-uch o'rinda na
fas olib, keyin cho‘ziq nafas olinadi. Masalan:
“Hasan shunday yigitdi: V husni to ‘lgan oydayin, ming qo‘y sotgan
boydayin, V qoshu ko ‘zi yoydayin,
qomatlari kelishgan, kiygan to ‘ni
yarashgan, qaragan ko ‘z qamashgan, yigitlari so‘rashgan. V Tomoshaga
kelganlar, ancha qizu o‘g ‘lonlar, Hasanxonday lochinni, qizlar to‘nab
sochini, gul ochilgan bahorda keldi bizning diyorga”
(“Hasanxon” dostonidan)
Bu parchani o ‘qishda “V” belgisi qo‘yilgan o ‘rinda
nafas olinib,
keyin talaffuz qilish tempi tezlashtirilib,
matn bir yoki ikki nafasda
o ‘qiladi. Mashq paytida, erkin o‘qishdan
tashqari, talaffuzning aniqli-
giga va matnning mantiqiy izchilligiga e ’tibor beriladi.
5. She’r o‘qish mashqi. Bu mashqda g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuk
sak bo ‘lgan uzun misrali she’ming oldin bir misrasi bir nafasda, keyin
ikki misrasi bir nafasda va hokazo tarzda
0
‘qiladi1.
OVOZ
Ifodali o ‘qish san’atida ovozning ahamiyati beqiyosdir.
Ovoz ham,
nutq ham insonga Yaratguvchi Zot tomonidan berilgan ilohiy n e’mat
hisoblanadi. Shunday ekan, ovozning yoqimli yoki yoqimsizligi biz
ning ixtiyorimizda bo‘lmagan hodisadir. Lekin ovozni o ‘m iga q o ‘yish,
shakllantirish va uning sohibi bo‘lish - inson ixtiyoridadir.
Ovozni
Dostları ilə paylaş: