I. So‘z urg‘iisi
tushgan bo‘g ‘indagi unli shu so‘zning boshqa
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘g ‘inlaridagi unli tovushlarga qaraganda kuchliroq va cho‘ziqroq
talaffuz etiladi. 0 ‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi
bo‘g ‘iniga tushadi. Masalan:
yaproq, o'qituvchi, quyosh, bola.
S o ‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan urg‘u ham so‘z oxiriga
qarab ko‘chadi: Masalan:
bola, bolalar, bolalarga
,
gulzor, gulzorlar,
gulzorlarning.
Kam dan-kam uchrasa-da, o ‘zbek tilida leksik urg‘u oxirgi bo‘g ‘inga
tushmaydigan so‘zlar ham mavjud:
1. Olmosh turkumiga kiruvchi b a’zi so‘zlarda:
hamma, barchajam i,
kimdii:
Ushbu so‘zlarda qo‘shimcha qo‘shilganda ham urg‘uning o ‘mi
o ‘zgarmaydi:
hammasi, hammaga, hammadan, barchasi, barchadan,
barchaning
va hokazo.
2. Ravish turkumidagi ayrim so‘zlarda:
doim, hamisha, dslo, yangi
(hozir m a’nosida),
mardlarcha.
3. Modal so‘zlarda:
zero, afsuski, albatta.
4. 0 ‘zbek tiliga chetdan kirgan o ‘zlashma so‘zlarda:
respublika,
mchka, radio, redaktor, kompyuter.
Ushbu so‘zlardagi urg‘u tushgan unli tovushlar biroz cho‘ziq va
aniq talaffuz qilinadi.
M atnni ifodali o ‘qishda so‘z urg‘usining ahamiyati katta. Birin-
chidan, s o ‘z urg‘usi to‘g ‘ri talaffuz m e’yorlarini belgilashda yordam
beradi. Ikkinchidan, leksik urg‘u so‘z m a’nolarini farqlash uchun
ham xizmat qiladi. Masalan:
Olma
(ot)
inson salomatligi uchun ni-
hoyatdci fo yd a li bo ‘Igan mevadir. Sen hech
q a chon
birovning narsa-
sini ruxsatsiz olma
(harakat). Ushbu jumlalardagi shakldosh bo‘lgan
olma
so‘zida urg‘u turli o ‘rinlarda tushadi va turlicha talaffuz qilinadi.
Bunday holatni
atlas
(mato),
atlas
(geografik atlas),
qishloqcha
(ot),
qishloqcha
(ravish) kabi so‘zlarda ham kuzatish mumkin. B a’zan xalq
qo‘shiqlarida, xalq dostonlarida, mumtoz adabiyot namunalarida ham
shakldosh so‘zlar uchraydi. Bunday hollarda matnni ifodali o ‘qishga
kirishishdan oldin shu so‘zlaming m a’nosini tushunish va u rg‘u tush
gan b o ‘g‘inni aniqlash lozim bo‘ladi.
II.
“Sintagma urg‘usi - nutq oqimining m a’no jihatdan muhim
bo‘lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun
qo‘llanilgan urg‘u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik
mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-se-
www.ziyouz.com kutubxonasi
mantik jihatdan yaxlit, bir-butun konstruktsiya ekanligidan kelib chiqa
di. Sintagma urg‘usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, gramma-
tik jihatdan bir butun b o ‘lgan qismni maxsus ta ’kidlash, uni shu fraza
(gap) ichidagi boshqa sintagmalardan ajratish uchun xizmat qiladigan
fonetik vositadir” 1.
Mana shu qoidaga asoslanib quyidagi gaplarni sintagmalarga ajratib
ko‘raylik:
1. “Ergash shoir qahramonlaming taqdiri xalq bilan bog‘liq ekan-
ligini o ‘zining G o‘ro‘g ‘li haqidagi termalarida juda yorqin ifodalagan”.
a) “Ergash shoir qahramonlaming taqdiri”; b) “xalq bilan bog‘liq
ekanligini” ; v) “o ‘zining G o‘ro‘g ‘li haqidagi termalarida” ; g) “juda
yorqin ifodalagan”.
2. “Ergash shoirdagi hofiza quvvatining kuchliligi kishini hayratga
soladi”
a)
“Ergash shoirdagi hofiza quvvatining kuchliligi”; b) “kishini
hayratga soladi” .
Dastlabki gapdagi sintagmalardan birinchisi alohida urg‘u (sintagma
urg‘usi) bilan yakunlangan bo‘lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgi-
larga ega: sintagma oxiridagi “taqdiri” so‘zining so‘nggi bo‘g ‘ini ochiq
bo‘g ‘in bo‘lib, bu b o ‘g ‘indagi “i” unlisi cho‘ziq talaffuz qilinmoqda,
tovush toni ko‘tarilgan, kuchi esa intensivlashgan (zarb belgisi) bu hoi
shu sintagmaning m a’nosini alohida ta’kidlash lozimligidan dalolat be
radi. Sintagma urg‘usidan keyin kelgan qisqa pauza birinchi va ikkin
chi sintagmalami bir-biridan ajratish vazifalarini bajargan. Kuzatilgan
maqsadga ko‘ra, sintagma urg‘usining o ‘mi o‘zgartirilishi ham mum
kin. Bunday holatda sintagma urg‘usining o ‘m i o ‘zgartirilishi bilan
gapning mazmunida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi.
Qiyoslang:
Ega
kesim
1.
Bu olivjanob inson / Muhammadning ustozidir.
Ega
aniqlovchi
kesim
2.
Bu / oliyjanob inson Muhammadning / ustozidir.
Birinchi gapda ustoz oliyjanob, ikkinchi gapda esa Muhammad oliy
janob ekanligi anglashiladi. Sintagma urg‘usidan keyin ba’zan vergul
qo‘yiladi, ba’zan qo‘yilmasligi ham mumkin. Ifodali o‘qishda sintagma
www.ziyouz.com kutubxonasi
urg‘usining o ‘mini to ‘g‘ri belgilamaslik - gapning mazmuni va ifodali
nutqqa jiddiy putur yetkazadi.
Sintagma urg‘usining ahamiyati shundaki, u pauza, so‘z yoki jum -
lalaming b o ‘linib-bo‘linib, tez yoki sekin o ‘qilishi, ovozning ko‘tarilishi
yoki pasayishi kabi intonatsiya vositalarining reallashuviga imkon be
radi.
III.
“Ayiruv urg‘usi - gap bo‘laklaridan birini alohida ta ’kidlash
uchun yoki so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka munosabatini
maxsus ifodalash maqsadida qoMlanadigan urg‘u. U ikki turga boMinadi:
logik urg‘u (mantiq urg‘usi) va emfatik urg4u” !.
1.
Logik urg‘u lingvistik adabiyotlarda b a ’zan gap urg‘usi, mantiq
urg‘usi, m antiqiy urg‘u, m a’no urg‘usi nomlari bilan ham yuritiladi. Har
bir nutq boMagi, misra yoki bandda shunday muhim so‘zlar uchraydiki,
ular shu b o ‘lak, misra va bandning m ag‘zini o ‘zida aks ettiradi. Bunday
so‘zlar m antiqiy urg‘u olgan so‘zlar bo‘lib, ulami alohida ta ’kidlash
yoki ovozni kuchaytirish orqali ifoda qilinadi.
M atnda mantiqiy urg‘u olgan so‘zlar har doim ham aniq bilinib tur-
maydi. Shu boisdan ham, asami ifodali o ‘qishga kirishishdan oldin,
matnni bir necha marta o ‘qib, g ‘oyaviy-badiiy xususiyatini aniqlash,
m uallif maqsadini tushunish lozim bo‘ladi. Mantiqiy urg‘u olgan so‘zni
izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va m a’noni kuchaytirish
uchun q o ‘ llangan takroriy so‘zlarga hamda ayrim gaplardagi ta’kidlovchi
so‘zlarga alohida e’tibor berish kerak. Odatda mantiqiy urg‘u olgan
so‘zdan keyin qisqa pauza qilinadi. Masalan: Quyidagi she’riy parcha-
lami o ‘qib, mantiqiy urg‘u olgan so‘zlarga e ’tibor beraylik.
Sen qalbimda
Dostları ilə paylaş: |