Ziyoda masharipova


“Ovozning baland yoki yo‘g‘onligi shijoat nishonasidur, mo‘tadil ovoz tadbiru



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

“Ovozning
baland yoki yo‘g‘onligi shijoat nishonasidur, mo‘tadil ovoz tadbiru
har ishga yaxshi saranjom bermakning nishonidur”1. 
Xullas, inson 
ovozining sifati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uni chiniqtirib va tar- 
biyalab borishi, ovoz imkoniyatlaridan to‘g ‘ri foydalanishi lozim. Ay­
niqsa, so‘z ijrochiligi bilan shug‘ullanuvchi kishilaming ovozi yoqimli
baland va jarangdor, talaffuzi aniq va ravshan, so‘zlari m a’nodor va 
ifodali bo‘lishi juda muhimdir.
TALAFFUZ
Nutq texnikasida so ‘zlarni to‘g ‘ri talaffuz qilish alohida ahamiyat 
kasb etadi. So‘zlarni to ‘g ‘ri va aniq talaffuz qilish uchun o‘zbek ada­
biy tilining o ‘ziga xos xususiyatlarini chuqur bilish, ayniqsa, fonetika 
va fonologiya oid bilimlardan xabardor bo‘lish, adabiy til doirasida 
yagona talaffuz normalarini belgilovchi orfoepik qoidalarga amal qi­
lish talab etiladi. Agar kimda-kim ushbu qoidalami yaxshi bilmas ekan, 
to‘g ‘ri talaffuz, nazokatli nutq haqida gapirmasa ham bo ‘ladi.
Mark Tulliy Sitseron notiqlik san'atida talaffuzning beqiyos aha­
miyati haqida fikr-mulohaza yuritar ekan, “Notiq” nomli asarida shun­
day deb yozadi: “...hatto so‘z ne’matidan benasib odamlar ham ifo­
dali, yaxshi talaffuz tufayli suxandonlik mevasini terganlar, ko‘pgina 
suxanoro odamlar esa, yomon talaffuz tufayli no‘noq hisoblanganlar. 
Shuning uchun ham, Demosfen birinchi, ikkinchi va hatto uchinchi ish 
ham talaffiizdir, degan. Va agar talaffuzsiz suxandonlik yo‘q ekan, ta­
laffuz suxandonliksiz ham shunday kuchga ega ekan, u holda so‘zsiz 
(albatta) notiqlik san’atida uning ahamiyati ulkandir”2.
Ba’zi so‘zlar yoki so‘z tarkibidagi tovushlar, qo‘shimchalar o ‘zbek 
so‘zlashuv nutqida, ayniqsa, shevalarda turlicha talaffuz qilinadi. She- 
valar ta’siridan qutulish uchun o ‘zbek adabiy tilini yaxshi o ‘rganish bilan 
bir qatorda, badiiy asarlami ko‘proq o ‘qish, ayniqsa, mumtoz asarlami 
mutolaa qilish yaxshi natija beradi. Nutq jarayonida shevalar ta ’siriga 
berilish ifodali o ‘qishga putur yetkazadi, qo‘pol va to‘pori talaffuz bilan 
so‘zlami pala-partish ifodalash esa, tinglovchining g ‘ashiga tegadi.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin