Ziyoda masharipova


K o4p nuqta qo6yilgan o ‘rinlarda pauza



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

K o4p nuqta qo6yilgan o ‘rinlarda pauza. 
Fikming tugallanmagan- 
ligi, so‘zlovchining yana nimadir aytmoqchi ekanligini ko‘rsatish 
uchun qoMlaniladi:
... Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda 
to‘zg‘ib, quyuq jingila kiprik ostidagi tim qora ko‘zlari bir nuqtaga tikil- 
gan-da, nim adir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, osib ketgan 
nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan 
kabi... to ‘lin oydek g ‘uborsiz oq yuzi bir oz qizillikka aylangan-da, 
kimdandir uyalgan kabi...
(Abdulla Qodiriy)
B a’zi hollarda ko‘p nuqta so‘zlovchining o ‘ylashi, mulohaza qili- 
shini ham ko‘rsatadi:
Yo‘q, uning vijdoni qiynaladigan yozug‘i yo ‘q. U qirq yil saltanat 
tebratib, bobosi yanglig* jang-jadalning suronli nash’asini surmadi. Le­
kin bular... uning zurriyotlari, uzoq Hirotdagi jiyanlari... Bular bobosi- 
ning taxtiga minsa... Movarounnahr va Xurosonning holi ne kechadi?
(Odil Yoqubov. “U lug‘bek xazinasi”) 
Hey, farzand dog‘i, hey... achchiq jolalar, 
Ota-onangizdan xato o‘tdi-ku...
Yo‘q, yo‘q, xato qilmang, sizlar bolalar!- 
Sho‘rlik bolalaming soyasidir u?...
Nutqda vergul va nuqtaga qaraganda ko‘p nuqtada pauza uzoqroq 
davom etadi. K o‘p nuqtadagi pauza qahramonning ruhiy kechinmasini, 
hissiy-ta’siriy holatini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi.
Vergul belgisi qo‘yilgan o‘rinlarda pauza. 
Ifodali o ‘qishda nuq­
ta yoki nuqtaga qaraganda vergulda nisbatan qisqaroq pauza qilinadi. 
Vergul belgisi gapda uyushiq bo‘laklar orasida, undalmalami ajratish 
uchun, kirish so‘zlar va kirish gaplarni ajratish uchun, gapning ajratil- 
gan bo‘laklarini ta’kidlab ko‘rsatish uchun, bog‘lovchisiz bogMangan 
qo‘shma gaplarda ishlatiladi. Masalan:
Ustod tanbur chertishda benazir edi. Shahodat barm og‘iga oltin
www.ziyouz.com kutubxonasi


noxin taqib, ko‘zlarini yumib, qanday tiniq, kuz oftobiday mayin bir 
mung chulg‘ab olar, kishi nechundir yigMagisi kelar, lekin ko‘zdan 
oqqan bu yosh yurakni ezmas, aksincha, butun anduh, butun dard, bu- 
tun g ‘uborni yuvib ketardi...
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)
Bolam, aytgan nasihatim unutma,
Bir g ‘aribni ko‘rsang zinhor og‘ritma.
Quloq solgin, bir-bir aytay, Ravshanjon,
Zinhor manmanlikning yoMini tutma!
K o‘ngli buzuq bo‘lsa, bolam, shod ayla,
Yiqilganni, bolam, sen tepib o ‘tma,
QoMingdan kelgancha yomonga ketma,
Zinhor-zinhor bir miskinni yig‘latma!
(“Ravshan” dostonidan) 
N uqtali vergul belgisi qo‘yilgan g a p la rd a pauza. Odatda, o ‘z 
ichida verguli bo‘lgan, mazmunan biroz farqlanuvchi gaplardan iborat 
boMgan qo ‘shma gaplarda nuqtali vergul qoMlanadi.
Yobonlaming cheksizligi,
Ham samumi, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
K o‘z yoshidan, oq sutidan;
To‘qaylaming tengsizligi,
Jilg‘alaming sho‘x g ‘ovuri,
Yigitlaming yallasidan,
Suluvlaming sukutidan -
Yo‘g ‘rilgan til -
Ona tilim.
Daryolaming toshqin payti 
Arslon yanglig4 arillashi,
Dovonlaming ko‘k qiyosi,
Qorli togMar jilosidan;
C ho‘ponlaming qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
G o‘ro‘g ‘lining alp siymosi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Alpomishning da’vosidan -
Tug‘ilgan til -
Ona tilim.
(Mirtemir)

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin