Ziyoda masharipova


  Inomxo‘jayev S. Zunnunov A. Ifodali o‘qish asoslari. -Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1978



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf


Inomxo‘jayev S. Zunnunov A. Ifodali o‘qish asoslari. -Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1978.
14-15-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


s!'.a!;!ianurish deganda m axsus mashqlar orqali muntazam >nug‘i:!i
ovozni chiniqtirib borish tushuniladi.
Ovoz inson oliy asab tizim ining mahsuli b o ‘lib, uning manbai 
tomoqda joylashgan tovush paychalaridir. Bu paychalar jud a hara- 
katchan, sezgir shilliq pardalardan iborat. Ovoz paychalari inson gav- 
dasiga nisbatan gorizontal holda joylashgan bo‘lib, ikkita yarim shar- 
dan iboratdir. Bu yarim sharlaming yoy qismi hiqildoq devorlariga 
yopishgan o'rtasi esa uzunasiga ochiq bo‘ladi.
Oliy asab tizimining muayyan signali bilan tovush paychalari titray- 
di, cho‘ziladi, qisqaradi, g 'oyat nafis harakatlar kompleksini bajaradi, 
natijada ovoz paydo b o ‘ladi. Tashqariga chiqqunga qadar turli qaytar- 
gichlarga urilib chiqqan tovush ovoz deyiladi.
Ovoz yo‘li. Paychalardan iborat b o ‘lgan tovush chiqadigan bo'shliq 
ovoz yo‘li deyiladi. Ovoz yo‘li tomoqning tovush paychalaridan yuqori 
qismi, og‘iz b o ‘shlig‘i va burun b o ‘shlig‘idan iborat. Ovoz y o ‘lining 
toza, sog'lom bo ‘lishi ovozning ohangdor, jarangli va ta’sirchan 
b o ‘lishini ta ’minlaydi.
Q a y ta rg ‘ichlar. Qaytarg‘ichlar inson organizmidagi qattiq qismlar- 
dan iborat bo ‘lib, ular re z o n a to rla r deb ham yuritiladi. Inson vuju- 
didagi qaytarg'ichlar jum lasiga tish, ja g ‘, tog‘ayning kemirchaklari, 
burun tog‘aylari, bosh suyagi, ko ‘krak qafasi suyaklari va yelka kurak- 
lan kiradi. Paychalarda b o'lg an tovush ovoz yo‘li orqali o ‘tadi, o ‘tish 
paytida ana shu qattiq jism larga urilishi natijasida jarangdorlik va turli 
rang-baranglik kasb etadi.
Ovoz tu rla ri va tem br. Inson ovozi baland-pastligi, y o ‘g ‘on-in- 
gichkaligiga qarab bir necha turga bo'linadi. Masalan, turlanish jihati- 
dan erkaklar ovozi tenor (baland va ingichka), baraton (o‘rtacha) va bas 
(past va yo‘g ‘on) ovozlarga, ayollar ovozi esa, soprano (o‘rtacha) va 
alt (past va yo‘g ‘on) ovozlarga bo'linadi. Ovozning “tembri chiroyli”, 
“tembri xunuk” degan iboralar aslida muayyan shaxsning ovozi sifatiga 
berilgan bahodir.
M odulyatsiya. Nutq so‘zlash jarayonida ovozning balandlashib va 
pasayib turishi m odulyatsiya deb yuritiladi. So‘z ijrochiligi san ’atida 
ovoz modulyatsiyasining ahamiyati ju d a katta. Chunki bir xil ohangda- 
gi - monoton ovoz zerikarli b o ‘lsa, modulyatsiyaga boy ovoz o ‘zining 
ohangdorligi bilan tinglovchiga xush yoqadi. Ifodali o ‘qish san ’atini
www.ziyouz.com kutubxonasi


egallashga kirishgan kishining ovozi tabiatan jarangdor, yoqimli va 
sog‘lom bo‘lishi lozim. Insonda quvonch yoki g ‘amginlik tuyg‘ularini 
u yg ‘otishda, qalbini to‘lqinlantirib, junbushga keltirishda hech narsa 
ovozchalik ta ’sirchanlik xususiyatiga ega emasdir, ehtimol.
So‘z ustasi tomonidan ovoz tovlanishlari orqali o ‘qilayotgan maz- 
mundor she’r beixtiyor inson qalb torlarini chertib hayajonga soladi 
yoki maftunkor ovozda ijro etilayotgan qo‘shiq tinglovchida yoqimli 
hissiyotlar uyg‘otadi.
Xalq orasida yoqimli ovozning faqat inson hissiyotigagina emas, balki 
boshqa jonzotlarga ham ta’sir qilish xususiyati haqida afsona va rivoyatlar 
yaratilgan. Qadim rivoyatlarda aytilishicha, Dovud payg‘ambar dunyoda 
eng jozibador ovoz sohibi bo‘lgan ekan. U kishi Zabur oyatlarini tilovat 
qilganlarida hatto osmondagi qushlar ham payg‘ambar boshi uzra gir-gir 
aylanib, ovozlaridan sarxush bo‘lib uchib ketolmay qolar ekan.
“Qissai Rabg‘uziy”da esa shunday hikoya uchraydi: “Rum viloya- 
tining odati bor, tevalari chaliqliq (sho‘x) burunduqlatmasalar yangi 
tushgan kelinlami kelturub un tuzub yirlayturlar. Tevalar ulam ing 
ovozlariga xushlanib o ‘zlarindin kecharlar - ilikka ilinurlar” . Darha- 
qiqat, inson ziynati hisoblangan yoqimli ovozda sehru joziba bor.
So‘z 
ijrochiligi 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
kishilar, 
xususan, 
o‘qituvchilaming ovozida ham mana shunday joziba bo‘lishi zarur. 
Jarangdorlik, keng diapazonlik, chidamlilik, o ‘zgaruvchanlik, tashqi 
shovqinlarga nisbatan barqarorlik kabi belgilar ovozning jozibadorligi 
va ta ’sirchanligini ta’minlovchi xususiyatlardir.
Qadimgi dunyoning mashhur notiqlaiidan bo‘lgan Mark Tulliy Sit­
seron ovoz tovlanishlari va uning inson hissiyotlariga ta’siri haqida 
shunday deydi: «...agar kimda-kim suxandonlikda birinchi b o ‘lishni 
xohlasa, g‘azabli joylarda tarang, keskin, sokin joylarda muloyim 
ovozda gapirsin; past ovoz unga salmoqdorlik, titroq ovoz k o ‘ngilni 
yumshatuvchi 
kuch baxsh etadi. Faqat uchtagina: 
past, yuqori va 
o'zgaruvchan 
ohangl ar y o r da mi d a taronalarda shunchalik 
rangin va 
shunchalik 
lazzatli b a r ka mol l i kka erishadigan 
ovoz tabiati haqiqatan 
ham, g^aroyibdir»1.. Boshqa-bir 
0
‘rinda esa, Sitseron inson ovozini mu- 
siqa asbobining torlariga o ‘xshatadi: «...inson ovozi har bir tegib keti-
www.ziyouz.com kutubxonasi


shiga, baland yoki past, tez yoki asta, qattiq yoki sekin javob beradigan 
(tovush beradigan) torlarga o ‘xshab sozlangan, har bir turning oraliq 
tovushlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi; har bir tur o ‘z navbatida to- 
vushning rangin xillariga ega - mayin yoki qo‘pol, ezilgan yo to‘la, 
cho‘zilgan yoki uziq-uziq, bo‘g ‘iq yoki keskin, uchib borayotgan yoki 
kuchayib borayotgan tovushlar. Va ushbu tuslardan hech birini bilim va 
m e’yor tuyg‘usisiz boshqarib boMmaydi»1.
Vaholanki, inson ovozi musiqa torlariga o ‘xshar ekan, torlami ha- 
rakatga keltirish, undan mazmunli ohang taratish yoMlarini o ‘rganish 
uchun bilim va to‘xtovsiz mashq talab qilinadi. Darhaqiqat, ovozni, 
nafasni, gavda harakatlarini va nihoyat tilni rivojlantiruvchi mashqlar 
har bir kishining ovoz imkoniyatlarini chiniqtirishga katta yordam be­
radi. Buning uchun esa ko‘proq badiiy asarlami ovoz chiqarib o ‘qish, 
nafaqat o ‘qish, balki qayta-qayta mutolaa qilish lozim. Ayniqsa, nasriy 
yoki she’riy asarlardagi ovoz o ‘zgarishi bilan bog‘liq o ‘rinlarga, asar 
qahramonlarining ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan dramatik lavhalar- 
ga alohida e’tibor qaratish va ovoz chiqarib o‘qish zarur.
Masalan: Asarda qahramonning keskin tu g ‘yoni, g‘azabi ehtirosli. 
shiddatli. ba’zan uzuq-vuluq ovoz bilan ifodalanadi (o‘qiladi).
Masalan, Odil Yoqubovning “U lug‘bek xazinasi” romanidan olin- 
gan quyidagi parcha asam i o ‘qib ko‘raylik:
-
0 ‘z qiblagohiga qilich ko‘targan senday razil xunrezni nechun 
yer yutmaydi? Nechun osmon og‘darilib boshingga tushmaydi? -
Abdulaziz, taqir boshini sarak-sarak qilib, ko‘zlari sovuq chaqnab ya- 
qinlashib kelardi. A bdullatif devorga suyangancha qilichini ko‘tardi, 
lekin Abdulaziz to‘xtamadi, u hamon iyagi qaltirab, tishlari shaqillab 
yaqinlashib kelardi, - mehribon, buzrukvorim!... Ne qilding, m al’un 
padarkush?...- Abdulazizning ko‘zlaridan tirqirab oqqan yosh tomchi- 
lari qorayib ketgan so ‘lg‘in yuzini selday yuvib taralmay patak bo‘lib 
ketgan soqoliga quyilardi.
Q o‘rqinch esa, ezilgan dovdiragan va g'amgin ovoz bilan ifodala­
nadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Salohiddin zargar yuragi uvishib: - Pirim, - dedi ovozi qaltirab. -
Shu kecha K o‘ksaroydin sipohlar kelib, yolg‘iz farzandim... mavlono 
M uhiddinni olib ketgan edilar. Qaytib kelmadi, pirim... Hazratning 
lablariga bilinar-bilinmas kulgi yugurdi. - Qaytmasa... zurriyotingiz 
mavlono Muhiddin shahzodaga yoqib qolgandur?... - Pirim... - Beayb 
parvardigor... osiy banda... gunohini afV etgaysiz, pirim!
D adillik - tarang. qat’iv. jadallik va shafqatsizlikni bildiruvchi 
g'azabnok ovozda iiro etiladi.
Ali Qushchi omburday metin panjalari bilan uni bilaklaridan ushlab 
qattiq siqdi.
- Tort qo‘lingni, shahzoda! - dedi hansirab. - Tilasang shamshi- 
ringni olib chopib tashlarsen, tilasang, zindoningda chiritarsen! Ammo 
q o ‘lingni tort yoqamdin!
U shahzodaning qoMlarini yoqasidan uzib, ko ‘kragidan itarib yubor- 
di. Mirzo Abdullatif gandiraklab borib taxt oldiga, zinaga qoqilib ketdi- 
yu, oltin kursini ushlab qoldi. U nima bo ‘lganini tushunolmay, bir zum 
talmovsirab turdi, keyin ovozining boricha: - Saroybon! Amir Jondor! 
Kim bor?! - deb baqirdi.
Asardagi 

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin