Men buni bilmog‘im darkor. Toki... musofir yurtga ketmoqdamen. 0 ‘z
elimga qaytmoq nasib bo‘lurmu, yo‘qmu - buni faqat Haq taolo bila-
dur, darvesh...
Demak, ovoz o ‘zgarishi asar
voqealarining kechishi bilan, qahra
monlar xarakteri va ruhiy holati bilan chambarchas bo g‘liqdir. Ifodali
o ‘qish jarayonida ovoz asta-sekin ko‘tarilsa maqsadga muvofiqdir,
chunki dabdurustdan baqirib o ‘qishdan boshlash - qo‘pollikdir.
Ijroda
ovozni asta-sekin k o ‘tarish foydali, chunki ovoz bundan kuchayadi.
Ammo ovozni ko‘tarishda chinqirib baqirishgacha yetib bormaydigan
chegara bo‘lishi lozim. Taniqli tilshunos olim Hasanboy Jamolxonov
nutqda ovoz tovlanishlari va uning gapdagi ahamiyati haqida shun
day deb yozadi: “Nutqda ovozning (tonning)
baland-past tarzda
to ‘lqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa, gapning ifoda
maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintag-
malami, kirish so‘z yoki kiritma gaplarni
ifodalashda muhim vosita
sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda
boshqa akustik vositalar (urg‘u, intonatsiya, tembr, temp kabilar)
bilan
munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin,
bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik
maqsad-
larda, ayniqsa, she’riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib top-
tirishda foydalaniladi” 1. Binobarin, ovoz imkoniyatlaridan to‘g ‘ri foy-
dalanish ifodali o ‘qishda beqiyos ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: