Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

quvonch tuyg‘usini 
ifodalagan o ‘rinlar ochiq. vumshoq. 
nozik. shodon va vengil ovoz bilan o'qiladi.
Qalandar ko‘zlarini ochishga majoli yo‘q, o ‘zicha jilmaydi:
- Aytmishlarkim, ravzai rizvonda husnda tengsiz hurliqolar boMar 
emish. BoMsa bordur. Va lekin faqirga o ‘shal tengsiz jannatingni ato 
qilsang, husnda benazir hurliqolaringga qaramas edim.
- Nechun? - kuldi Bonu.
- S o‘rab ne qilasiz? Faqir barcha hurliqoyu farishtalami tark etib, 
Ollodan yolg‘iz sizni tilab olar edim.
Ttishkunlik 
esa, bosiq. bo^gMq va noxush. qattiq ovoz bilan ijro eti­
ladi.
Mirzo U lug‘bek ko‘zlarini yumgancha sekin u f tortdi, peshonasida- 
gi ajinlari quyuqlashib, so‘lg‘in chehrasida bo‘lakcha bir g ‘amginlik 
aks etdi. - Yo‘q! - Mirzo Ulug‘bek sekin bosh chayqadi. - Ali Qush­
chi yashirinm og‘i lozim. Uni qidirmishlar. Va lekin... kitoblar qayda?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Men buni bilmog‘im darkor. Toki... musofir yurtga ketmoqdamen. 0 ‘z 
elimga qaytmoq nasib bo‘lurmu, yo‘qmu - buni faqat Haq taolo bila- 
dur, darvesh...
Demak, ovoz o ‘zgarishi asar voqealarining kechishi bilan, qahra­
monlar xarakteri va ruhiy holati bilan chambarchas bo g‘liqdir. Ifodali 
o ‘qish jarayonida ovoz asta-sekin ko‘tarilsa maqsadga muvofiqdir, 
chunki dabdurustdan baqirib o ‘qishdan boshlash - qo‘pollikdir. Ijroda 
ovozni asta-sekin k o ‘tarish foydali, chunki ovoz bundan kuchayadi. 
Ammo ovozni ko‘tarishda chinqirib baqirishgacha yetib bormaydigan 
chegara bo‘lishi lozim. Taniqli tilshunos olim Hasanboy Jamolxonov 
nutqda ovoz tovlanishlari va uning gapdagi ahamiyati haqida shun­
day deb yozadi: “Nutqda ovozning (tonning) baland-past tarzda 
to ‘lqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa, gapning ifoda 
maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintag- 
malami, kirish so‘z yoki kiritma gaplarni ifodalashda muhim vosita 
sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda 
boshqa akustik vositalar (urg‘u, intonatsiya, tembr, temp kabilar) bilan 
munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, 
bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik maqsad- 
larda, ayniqsa, she’riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib top- 
tirishda foydalaniladi” 1. Binobarin, ovoz imkoniyatlaridan to‘g ‘ri foy- 
dalanish ifodali o ‘qishda beqiyos ahamiyatga egadir.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin