m e’yori buzilib, o ‘rinsiz pauzalar qilinsa, o ‘qilayotgan
matn mazmuni
mantiqan o ‘zgarib, m uallif maqsadi tinglovchiga tushunarsiz b o ‘lib
qoladi. Bu haqda prof. N.Mahmudov shunday yozadi: “0 ‘quvchi
nutqida kuzatiladigan kamchiliklardan biri fonatsiya jarayonida, ya’ni
nutq hosil bo‘lish paytida nafas olishdagi tartibsizliklar bilan bogMiq.
Fonatsiya jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday
yo‘lga qo‘yilishi kerakki, nafas olish zo ‘riqishsiz,
bir qadar jadalroq,
nafas chiqarish esa tekis, bir m e’yorda va davomliroq kechishi lozim.
Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa, shunchalik yaxshi. Zo-
tan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil boMadi” 1.
Darhaqiqat, nutq so‘zlash jarayoni, xususan, ifodali o ‘qish san’ati nafas
negizi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijrochi - o ‘quvchining nafas olishi
qanchalik to‘g ‘ri bo‘lsa, ovozi va nutqi shu qadar jarangdor va kuchli
boMadi.
Tibbiyotga doir adabiyotlarda nafas olishning quyidagi turlari alo
hida ajratib ko‘rsatilgan bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.
1. Kiftdan nafas olish. Nafas ko‘krakning
yuqori qismida olinib,
kiftlar ko‘tariladi. Bunday nafas olish zararli. U kishini tez charchatadi.
M e’yorda so‘zlashga imkon bermaydi.
2. K o‘krak-qorin orqali nafas olish. Bunday nafas olganda o ‘rta
qovurg‘alar, biqin harakatga keladi, ya’ni ular kengayadi.
3. Aralash nafas olish, ya’ni pastki qovurg‘alar, diafiragma ishtirokida
nafas olish. Bunda ko‘krak qafasi va kiftlar ko‘tarilmaydi. So‘zlaganda
ravon, hovliqmasdan tabiiy nafas olish,
uni kerakli ohang talabiga
ko‘ra sarflash zarur. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunovlar tomonidan yara-
tilgan “Ifodali o ‘qish asoslari” o ‘quv qo‘llanmasida nafas faoliyatini
yaxshi lash uchun quyidagi besh xil nafas mashqi tavsiya qilinadi:
1.
Kontrol mashq. Bu nafasning diafragmal-aralash usulda to ‘g ‘ri
olinishini nazorat qilish maqsadida o ‘tkaziladigan mashqdir. Uni
o ‘tkazishda
tik va erkin turib, ikki qo‘l bilan ikki (oxirgi) qovurg‘ani
bosib, ohrsta, chuqur nafas olinadi va yana asta-sekin nafas chiqariladi.
Bunda ko‘krak qafasi va yelka ko‘tarilmaydi. Chuqur nafas yetimcha
qovurgka ustiga q o ‘yilgan qo‘lni ikki yonga ko‘taradi. Mashq yaxshi
o ‘zlashtirilgunga qadar muntazam davom ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: