bo‘lakning (so‘zning) m a’no tomoni ta’kidlansa, emfatik urg‘uda shu
m a’no bilan birga so ‘zlovchining
his-hayajoni, voqelikka bo‘lgan
sub’ektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg‘u gap-
dagi so‘zning ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi” 1.
Masalan:
Eh, qanday g o ‘zal to g ‘lardagi qip-qizillola,
Ushbu gapda
qanday g o 'za l
birikmasiga emfatik urg‘u tushgan:
M ashq. Quyidagi matndan emfatik urg‘u olgan so‘zlami aniqlang.
Matn mazmunini yaxshi tushunib olganingizdan keyin, ifodali o ‘qishni
mashq qiling.
Xurshida bonuning xayollari quyunday to ‘s-to‘polon bo‘lib ketdi.
- Dadajon! - dedi u yuragidagi dahshatli shubha bilan olishib. - U
bechora... bechora mavlononing ahvoli og‘irmu? Mavlono Muhiddin
qiziga qaramay bosh irg‘adi.
- O g ‘ir, qizim, og‘ir...
- Nechuk u bechorani qiynaydilar?
Nechuk zindondan chiqarmay-
dilar, dadajon?
Mavlono M uhiddinning chehrasidagi qizillik ohista so‘nib, yuzi
yana oqara boshladi, so ‘rrayib qolgan uzun bum ining kataklari kerildi.
(Odil Yoqubov. “U lug‘bek xazinasi”)
M ashq. She’rni o ‘qib, emfatik urg‘u olgan bo ‘laklami aniqlang.
Ifodali o ‘qishni mashq qiling.
Ayting, nima qilay,
Qanday yashayin?
Nima qilib qo‘ydim o‘zimni?
K o‘chalarda itdek sang‘idim.
G ‘ingshidim o ‘tgan-ketganga,
Bog‘lab oling itingizni.
K o‘zim ga bir yulduz yiqildi,
Eridi, aylandi bir toshga.
Teshib o ‘tdi kaftimni.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Eh, qandayin kun edi, bilmam,
Toshoynaga urilib sindi
Uchib-uchib yurgan musicha.
Sahrolaming podshosi qani?
Qani vishillagan yovuz ilonlar?
Nahotki, bir o ‘zim qoldim sahroda.
(R.Parfi)
PAUZA
Pauza (pausis) yunoncha so‘z bo ‘lib, to ‘xtash, tinish degan m a’noni
bildiradi. Demak, nutq davomidagi to ‘xtamlar pauza deyiladi.
Pauza
ifcdaii o ‘qishda eng muhim vosita bo‘lib, u nutqning yorqin va
ta’sirchan chiqishini ta ’minlaydi. Zero, to ‘xtovsiz,
nafas olmay uzluk-
siz qilinadigan nutq qo‘pol va nazokatsiz b o ‘lib tuyuladi, chunki in
sonning eshitish qobiliyatida me’yor tuyg‘usi mavjuddir.
Har bir narsa
yoki hodisada m e’yor bo‘lganidek, nutqning ham o ‘z m e’yori va ma-
romi mavjud. Nutq jarayonida so‘zlaming
ketma-ket oqimi davomida
m a’lum bir bo‘laklardan keyin to‘xtab tin olish, nutqning bir m e’yorda
bo‘lishiga, ravon va yoqimli kechishiga xizmat qiladi.
Pauza she’riy asarlarda misralar orasidagi turoqlaming oxiriga tu
shadi, ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini bo‘rttiradi, ulaming m a’no va
ahamiyatini ta’kidlaydi, she’riy nutqqa his-hayajon bag‘ishlaydi.
Pauza asarning jan r xususiyati, mazmuni va sintaktik qurilishi bilan
uzv^y bog‘liq bo‘lgan hodisadir. Ayniqsa, she’rdagi bayt yoki bandlar
she’riyatning tugallangan bir bo‘lagi sifatida
doimo pauza bilan bir-
biridan ajraladi.
Nutqdagi o ‘mi va bajaradigan vazifasiga ko‘ra, pauza bir necha tur-
larga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: