Jahonda ikki dilbaming
Biri
sensan,
biri
Laylo.
Jahonda ikki oshiqning
Biri
menman,
biri
Majnun.
Jahonda ikki yulduz bor:
Biri
sensan,
biri
Zuhro,
Misoli
ikki nuqtamning
Biri
ostin,
biri
ustun.
(Erkin Vohidov)
She’riy parchalardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar, mantiqiy urg‘u
olgan so‘zlar bo ‘lib, ular she’rning mazmun-yo‘nalishini belgilab be
radi. Asarning g ‘oyaviy-badiiy xususiyatini aniqlashga yordam bera
di, shuningdek,
lirik qahramonning kayfiyatini, ichki kechinmalarini
ochishga xizmat qiladi.
Quyidagi matnda mantiqiy urg‘u qaysi so‘zlarga tushishini
aniqlang. Matnni ifodali o‘qing.
Mirzo Ulug‘bek kechasi b o ‘lsa ham, Samarqandni bir aylanmoq, ta-
nish ko ‘chalar, dahalardan o ‘tib, dorussaltana bilan vidolashmoq, G o‘ri
Amirga
birrov kirib, bobosi bilan padari buzrukvorining sag‘analarini
tavof qilmoq, keyin y o ‘lga tushmoq niyatida edi. Lekin otga minishlari
bilan ularni qurshab
olgan suvoriylar pastga, Registon tomonga y o ‘l
olishdi.
“Ne qilay? Bu ayovsiz shahzoda qabringga sajda qilmoqqa ham ijo-
zat bermadi. 0 ‘zing afV etgaysen, jannatmakon!” - Mirzo U lug‘bek,
G o‘ri
Amir tomonga qaray-qaray, ichida tilovat o‘qib, yuziga fotiha
tortdi-da, otiga qamchi bosdi. Silliq tosh yotqizilgan jim jit k o ‘chalar
taqa qoqilgan ot tuyoqlaridan qarsillab ketdi...
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)
Dostları ilə paylaş: