Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

Grammatik pauza. 
M a’lumki, o ‘zbek tilida nuqta, so‘roq belgisi, 
undov belgisi, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs, qo‘shtironq 
kabi tinish belgilari mavjud. Gapirish jaiayonida mazkur tinish belgila- 
riga rioya qilgan holda nutq amalga oshiriladi. Masalan, vergulda ozroq, 
nuqtada ko‘proq, uch nuqtada yanada ko‘proq pauza qilinadi. Shuning- 
dek, boshqa tinish belgilari pauzasi ham o ‘ziga xos. Demak, tinish belgi- 
lariga asoslangan pauza grammatik pauza deb yuritiladi. Masalan:
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nuqta qo‘yilgan o ‘rinlarda pauza:
Har kim o‘z baxti, o ‘z dardi bilan band,
Turmush qozonida qaynab yotamiz.
Kuni kecha edik o ‘zimiz farzand,
Bugun farzandlarga ona, otamiz.
(E.Vohidov)
Vaqt tun yarmidan oshgan. Rasadxona teran sukutda. Odatdagiday, 
kechasi samoviy holatlami kuzatib o ‘tirgan mavlono Alouddin Ali ibn 
Muhammad Qushchi bir payt vujudida xiyol noxushlik sezib, o'm idan 
turdi. Lekin qo‘llaridagi olatlami (asboblami) joyiga qo‘yib ulgurma- 
gan ham ediki, qayerdadir yuqorida, birinchi oshiyonada, oyoq tovush- 
lari eshitildi. Bu tovushlar rasadxona tolibi ilmlarining sharpasiz odim- 
lariga o'xshamas, sipohlaming betakalluf qadamlarini eslatardi.
(Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi”)
Keltirilgan she’riy parcha ham, nasriy matn ham mazmunan da- 
rak gaplardan tashkil topgan. Darak gaplar, odatda, tinch ohang bilan 
o‘qiladi va nuqtadan keyin m a’lum muddat pauza qilinadi.
So‘roq 
belgisi 
qo‘yilgan gaplarda pauza. 
So‘roq gap orqali 
so'zlovchi o ‘zi bayon qilgan fikrga suhbatdoshini fikr bildirishga un- 
daydi. So‘roq gaplardagi pauzada so'roq ohangi ustivorlik qiladi:
-
Bu yem i kim obod qilgan? Bu og‘ir toshlami kim olib kelgan? -
dedi Asqar ota va o ‘z-o‘ziga javob berdi. - Kim olib kelardi?! Bu yerga 
meni kim olib keldi? Shunday odamlar ham bo'ladiki, tug‘Uganda hech 
kim sevinmagan bo'lsa ham, o'lganda butun yurt aza tutadi. Qizim, 
Bahri, shunaqami? Shunaqami, Sobiraxon?
(Abdulla Qahhor)
So‘roq gaplaming yana bir turi ritorik so'roq gaplardir. Bunday gap­
larda yashirin tasdiq, yashirin inkor, taajjub, tashvish, g'azab, gumon, 
kuchli hayajon m a’nolari ifodalanishi mumkin. Shuning uchun ham, 
ritorik so‘roq gaplardagi pauza ifodali nutqqa kuchli emotsionallik
yorqinlik va ta’sirchanlik baxsh etadi.
0 ‘rtada taloshdur kechmish va bu kun,
Tuproq sochar, ingrar, qo‘ltig‘ida tig1.
Axir haqiqat bor, valvala nechun?
Buncha osmon yiroq, buncha yer qattiq?!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aqlu hushdan ayro, vola munajjim,
Rad boMmish, olamdan ko‘zin yumdi jim.
Muhabbat ne o‘zi? Nadir sadoqat?
0 ‘zingdan ming bora so‘rarsan o ‘zing.
Titrab toqatingga tilarsan toqat,
Aytursan xilqatga ilohiy So‘zing.
(R auf Parfi)
Alisher N avoiyning “Qoshi yosinmu deyin...”, Zahiriddin M u­
hammad Boburning “Charxning men ko‘rmagan javru jafosi qol- 
dim u?!” deb boshlanuvchi g ‘azallari ritorik so ‘roqning go‘zal na- 
m unalaridir.
Undov belgisi q o ‘yi!gan g ap lard a p au za. Undov belgisi qo‘yilgan 
gaplarda kuchli his-hayajon tuyg‘ulari ifodalanadi. Ba’zan buyurish, 
tilak, orzu m a’nolari ham mujassamlashgan boMadi. Og‘zaki ijroda 
mazkur holatlami pauza orqali namoyon qilish nutqni yanada ta’sirchan 
qiladi. Masalan:
Azizlar! Sizni yurtimiz mustaqilligining o ‘n sakkiz yillik bayrami 
bilan qizg‘in tabriklayman! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, mus- 
taqilligimiz abadiy bo‘lsin!
She’r la r m azm unini izohlang va p a u z a la r o‘rnini belgilang.
Bir to ‘kilgin!
Taningda o ‘t yonsin, o!
Ezgulikni. yuragingga ayla jo!
Nurin to‘kkay yo‘llaringga samolar,
Otang ruhi bo‘lar sendan k o‘p rizo!
(Nurlan 0 ‘razalin) 
Sendanmu chu bezor boMayin? Yo‘q, yo‘q, yo‘q!
Bir boshqasiga yor boMayin? Yo‘q, yo‘q, yo ‘q!
To bog‘i visolingda faqat gul k o ‘rdim,
Guldin kechibon, xor bo ‘layin? Yo‘q, yo‘q, yo‘q!
(Jaloliddin Rumiy) 
Sen aytgan odaming, zolim, men emas,
El farzandi, oMimdan hech g‘am emas!
Boshimni kes, o ‘z elimdan kechmayman!
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oltin taxting tuprog‘imga teng emas!
M ard jonini o ‘z elidan ayarmi,
0 ‘laman deb, mard y o ‘lidan toyarmi!?
(Ergash Jumanbulbul o ‘g ‘li. «Ravshan») 

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin