Qaysi bir ozorin aytay jonim a ag‘yoming,
Qaysi bir og‘ritqonin ko‘nglimni dey dildoming,
Qaysi bir berahm lig‘ini tolei gumrohning .
Qaysi hasrat birla armonin vafosiz vaslning
Qaysi mehnat birla ranjin furqati xunxoming.
(Bobur)
Shoir
“qaysi bir ’ birikmasini har bir misraning boshida qayta-
qayta takrorlar ekan, inson boshiga tushadigan dunyo sitamlarining
beadadligini ta’kidlamoqchi bo‘ladi. Ayni paytda g ‘azalda anafora
bo‘lib kelgan takroriy so‘zlar lirik qahramonning hasrat va nadomat
tuyg‘ularini pog‘onama-pog‘ona yuqoriga ko‘tarib avj nuqtasigayetka-
zgan va, shu bilan bir qatorda, she’ming badiiy mukammal chiqishiga
ham yordam bergan.
Demak, anafora badiiy asarda lirik qahramon kayfiyati, ichki kechin-
malari, ruhiy holatini ochishda muhim vosita sanaladi. Shunday ekan,
misralar boshida takrorlanadigan so‘z yoki so‘z birikmalari asaming
g‘oyaviy mazmuni, m uallif maqsadi bilan chambarchas bog‘liq holda
o‘ziga xos intonatsiya bilan o ‘qilishi zamr.
RITM Mark Tulliy Sitseron nutqda ritmning o ‘rni va ahamiyatini ta’kidlar
ekan, shunday deb yozadi: “Nutqda go‘zallik bag‘ishlaydigan ikkita
vosita bor: So‘zlar va ritmlarning yoqimliligi. So‘zlar go‘yoki qan-
daydir ashyo (material), ritm (usul) esa, uning bezagidan iboratdir” 1.
Darhaqiqat, nutqni, ayniqsa, she’riy nutqni ritmsiz tasa w u r qilib
bo‘lmaydi. Chunki she’r ohang jihatidan m a’lum bir tartibga solingan
o ‘lchovli ritmik nutqdir.
Ritm (
rhytmos) yunoncha so‘z b o ‘lib, vazndosh, ohangdosh degan
m a’nolarni bildiradi. She’riy nutqdagi muayyan, bir-biriga monand
kichik b o ‘laklarning izchil va bir o ‘lchovda takrorlanib kelishi
ritm deyiladi. Chunonchi, barmoq vaznidagi she’rlarda ohangdoshlik mis-