Tayanch tushunchalar
U rg‘u - so‘z, sintagma yoki gapdagi supursegment elementlardan
biri.
Sintagma urg‘u - nutq oqimining m a’no jihatidan muhim bo‘lgan qis-
mini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo‘llanadigan urg‘u.
Logik urg‘u - tinglovchining e ’tiborini gap b o ‘laklaridan biriga alo
hida jalb etish uchun q o ‘llanadigan urg‘u.
Emfatik urg‘u - (emotsional urg‘u) so‘z m a’nosi bilan birga,
so‘zlovchining his-hayajonini, voqelikka bo‘lgan sub’ektiv munosaba-
tini ifodalash.
Pauza - nutq oqimidagi ayrim to ‘xtalishlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Savol va topshiriqlar:
1. Ifodali o ‘qishda so‘z urg‘usining qanday ahamiyati bor?
2. Sintagma urg‘usining o ‘ziga xos xususiyatini izohlang.
3. Matndagi mantiqiy urg‘u olgan so‘z qanday aniqlanadi?
4. Emfatik urg‘u deganda nimani tushunasiz?
5. Logik urg‘u bilan emfatik urg‘uning qanday farqi bor?
6. Odatda, matnning qaysi o ‘rinlarida pauza bo‘lishi lozim?
7. O g‘zaki nutqda grammatik pauzaning qanday ahamiyati bor?
8. Tinish belgilaridagi pauzaning bir-biridan farqi bormi?
9. Mantiqiy pauza deganda nimani tushunasiz?
10. Psixologik pauzaning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
A dab iy o tlar
1. H.Jamolxonov. 0 ‘zbek tilining nazariy fonetikasi. -Toshkent:
Fan, 2009.
2. S.Inomxo‘jayev, A.Zunnunov. Ifodali o ‘qish asoslari. -Toshkent:
0 ‘qituvchi, 1978.
3. Nizomiddin Mahmudov. 0 ‘qituvchi nutqi madaniyati. - Tosh
kent: Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashri
yoti. 2007
INTONATSIYA, TEMP VA RITM - IFODALI
0 ‘QISHNING ASOSIY VOSITALARI SIFATIDA
Reja
1. Intonatsiya va intonatsion vositalar.
2. Ritm. She’riyatda ritm turlari.
3. Temp. Nutq tempini belgilovchi vositalar.
Qadimgi dunyoning mashhur so‘z ustasi Mark Tulliy Sitseron nutq ja
rayonida ohang eng muhim va eng ta’sirchan vosita ekanligini ta’kidlab
bunday deydi:
Shunday nutq ohangi tanlanishi zarurki, u tinglovchi-
laming e’tiborlarini o ‘ziga jalb etib tursin va u nafaqat huzurbaxsh, balki
jonga tegmaydigan, ko‘ngil qolmaydigan huzurbaxsh boMsin”1.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shu m a’noda intonatsiya ifodaviylikning asosiy vositasi bo‘lib, in
son hissiyotlari holatining rang-barang tovlanishlarini aks ettirishga
xizmat qiladi. Nutqda intonatsiya orqali eng murakkab tuyg‘ular, nozik
kechinmalar va kayfiyat, holatlarini ham ifoda qilish mumkin.
Nutq jarayonidagi fikr-tuyg‘ular, maqsad va intilishlar, his-hayajon-
lar boshqalarga ovoz tovlanishlari orqali yetib boradi. Muayyan istak,
niyat, intilish, harakat natijasida yuzaga keluvchi ana shu ovoz tovla
nishlari (ovoz o ‘zgarishi)
intonatsiya
deyiladi.
Badiiy asar matnida intonatsiya turli tinish belgilari, she’riy asar-
larda misralaming joylashishiga qarab belgilanadi, shuningdek, u asar
mazmuni, m uallif maqsadi, fikr-tuyg‘usi va kayfiyatidan tabiiy ra-
vishda kelib chiqadi. Asar g ‘oyasini tushunishda intonatsiyaning o ‘mi,
ayniqsa, dramatik asarlarda o ‘ziga xoslik kasb etadi. Badiiy asarlarda
intonatsiyaning savol, xitob, darak, kinoya, g‘azab, ta’kid kabi turli
his-tuyg‘ularni ifodalaydigan ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Yozuvchi
va shoirlar ko‘pincha nutqning emotsional ta’sirchanligini yanada os-
hirish uchun xitob, undov va so‘roq mazmunini ifodalaydigan intonat-
sion-sintaktik gap qurilishlaridan foydalanadilar. Shuning uchun bun
day nutq emotsional-ritorik intonatsiyali nutq hisoblanadi. Agar jonli
nutqda qo‘yilgan so‘roqlarga notiqning o‘zi javob bersa, badiiy nutqda
emotsional-ritorik so‘roqlarga hech kim javob bermaydi. Shoir ritorik
so‘roq va ritorik undovdan hayajonli intonatsiya yaratish uchun foy-
dalanadi. Bu turdagi asarlami ifodali o ‘qish ijrochidan puxta tayyorgar-
lik va aktyo‘rlik mahoratini ham talab qiladi. Masalan, quyida keltiril-
gan doston parchasi emotsional-ritorik intonatsiyali nutqning yorqin
namunasidir:
Nazrul
Johil olomonga
Qaradiyu oh chekib,
0 ‘zni otdi tik maydonga
Yoqasini chok etib.
Faryod qildi:
“Ne vahshat bu?!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bas, xaloyiq!
Qotillikni to ‘xtat,
hindu,
G ‘azotni qo‘y, musulmon!
Hind, musulmon -
Birodarmiz,
Farzand Odam Atoga!
Haq oldida
barobarmiz,
Ayting,
Ne bor nizoga?!
Xunrezlik qil demagan-ku,
na Vedayu,
na Q ur’on!
Tig‘ uradi
nega hindu,
Bosh kesadi
musulmon?
(Erkin Vohidov. “Ruhlar isyoni”)
Parchadagi
Qotillikni t o
'
xtcit, hindu! Haq oldida barobarmiz
,
Ayting
ne bor nizoga?! Tig‘ uradi nega hindu
,
Bosh kesadi musulmon?
kabi
undov va so‘roq gaplar hayajonli intonatsiyani yuzaga keltiradi.
Shuning uchun ham ushbu misralami ifodali o ‘qiyotganda
bo‘layotgan xunrezliklarga kuchli taassuf, afsus va nadomat ohanglari
sezilib turishi lozim.
Badiiy asarda syujet voqealari, personajlaming ruhiy holatlari
o‘zgarib, goh osoyishta, goh jo ‘shqin bo‘lib turgani uchun, badiiy tilda
bayon ohangi ifoda etilmoqchi bo‘lgan mazmunga qarab turlanib tu
radi. Bayon ohangining o ‘zgarib turishini ta’kidlaydigan bunday vosi-
talarga inversiya, takror, anafora, parallelizm, ritorik murojaat, ritorik
xitob kabi stilistik usullar kiradi.
Intonatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri inversiyadir.
Inversiya lotincha so ‘z b o ‘lib, joyni alm ashtirish degan m a ’noni
bildiradi. Inversiya - nutq boMaklarining gram m atik normadan
tashqari holatda qo ‘llanishiga asoslangan stilistik usullardan biri
hisoblanadi. 0 ‘zbek tili stilistikasi qoidalariga binoan, ega sos-
www.ziyouz.com kutubxonasi
tavi jum laning boshida, kesim sostavi esa, oxirida kelishi lozim.
Ammo ba’zi hollarda m u allif m a’lum so ‘zlarni ta ’kidlash va ular-
ning ta ’sirchanligini oshirish niyatida nutqda so‘zlarning gram m atik
qoidaga muvofiq bo‘lgan o ‘rnini ataylab alm ashtirib q o ‘llaydi. Shu
m a’noda, ta ’kidlanmoqchi b o ‘lgan fikrga m antiqiy urg‘u berish, uni
kuchaytirish va asar ta ’sirchanligini oshirishda inversiyaning aham i
yati kattadir. Masalan:
Seni deb etaging tutdim men endi,
Boshqaning bahridan o ‘tdim men endi,
Sen na yoMda bo‘lsang, ketdim men endi,
Sening bilan vatan etdim men endi.
(“Ravshan” dostonidan)
Keltirilgan misralaming odatdagi tartibi quyidagicha boMishi lozim
edi:
Men endi seni deb etaging(ni) tutdim.
Men endi boshqaning bahridan o ‘tdim.
Men endi sen na (qaysi) yo ‘lda boMsang, (o‘sha y o ‘ldan) ketdim.
Men endi sen bilan bir vatan etdim.
She’riyatdagi bu usul tasodifiy bo‘lmasdan, balki shoiming asar
g‘oyasini yorqin aks ettirish niyati bilan, shuningdek, qofiya, radif,
turoq, vazn talabi bilan ham chambarchas bogMiqdir.
Takror
san’ati ham intonatsiyani yuzaga keltiruvchi badiiy vosita
lardan biridir. Badiiy asarda bir so‘z yoki bir necha so‘z, ba’zan esa,
butun bir satr takrorlanadi. Bu usul m a’lum bir fikr va tuyg‘uni yorqin
ifodalash bilan birga, ta ’simi kuchaytirish va intonatsiyani bo‘rttirib
ko‘rsatishga xizmat qiladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |