Asablar,
Asablar,
Asablar...
Sababsiz sochilgan g ‘azablar.
Gunohsiz chekilgan azoblar.
K o‘z yoshlar...
Bariga sabablar
Asablar, asablar, asablar.
(Erkin Vohidov)
Demak, ifodali о ‘qish jarayonida asar
tarkibidagi bunday mantiqiy
urg‘u olgan takroriy so‘zlarga alohida e ’tibor va ulami o ‘ziga xos into
natsiya bilan talaffuz qilish lozim bo‘ladi.
Ritorik murojaat
nido, xitob shaklidagi stilistik usullardan
biri bo ‘lib, shoiming
poetik nutqda tantanavorlik, ko‘tarinkilik,
g ‘azabkorlik, kesatish ohanglarini ifodalashga xizmat qiladi.
Fikrimizning dalili sifatida Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dos
tonidan bir parcha o ‘qib ko‘raylik.
Jangni qo‘ying,
odamlar!
Sizning asli yovingiz kim?!
Bilib qo‘ying,
odamlar!
Ular
uzoq yurtdan kelib,
Yerga bukib shonimiz,
Bizni bizga
dushman qilib,
So‘rmoqdadir
qonimiz.
Bosqinchining
Qadimdanoq
Falsafasi ayondir,
El ichida
bo ‘Isa nifoq,
Demak,
zolim omondir.
(Erkin Vohidov)
www.ziyouz.com kutubxonasi
Parallelizm .
She’riy asarlarda parallelizm
ikki yoki undan or-
tiq hodisani yonm a-yon qo ‘yish orqali poetik mazmunni ochishda
xizm at qiladi. Parallelizm lar, asosan, xalq she’riyatiga
xos usul
boMib, ular keyinchalik yozma adabiyotga ham o ‘tgan. Parallelizm
mazmunan hamda vazifasiga ko‘ra, to ‘rt turga ajratiladi: tem atik-
psixologik,
ritm ik-sintaktik, intonatsion va leksik-m orfologik paral
lelizmlar.
Masalan: Intonatsion parallelizmlar - talafTuzda bir xil ohangdorlik-
ka asoslangan usul bo‘lib, bir necha gap yoki bo ‘laklar bir xil ohangda
o‘qiladi. Masalan:
0 ‘z oldiga, ishadi,
Yo‘lsiz cho‘lga tushadi,
Issiq kunga pishadi
Kuyib Hasan jo ‘nadi.
(“Ravshan” dostonidan)
Mazmunan bir-biriga yaqin hodisalar va narsalar yonma-yon
qo‘yilgan
holda qiyosiy tasvirlansa, bu - tematik parallelizm deyiladi.
Masalan:
Bu tog‘lar qanday tog‘lar,
Toshi bor, tepasi yo‘q.
Va’dasida turmagan yoming
Dardi bor, vafosi yo‘q.
Parallelizmning barcha turlari poetik nutqning ifodali, tasviming
jonli va yorqin bo‘lishiga xizmat qiladi.
A nafora yunoncha so ‘z bo‘lib, yuqoriga chiqarish degan m a’noni
bildiradi. Anafora - she’riy misralaming
boshida yoki nasriy asarda-
gi gaplaming boshida bir xil jaranglagan tovush, ohangdosh so‘z va
iboralaming takrorlanib kelishidan iborat stilistik usullardan biridir.
Masalan:
Bir xil tovushlaming takrorlanib kelishi:
Yo‘lbars yurmas yo ‘llardan
Yo‘rtib ketib boradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bir xil so‘zlaming ohangdosh bo ‘lib kelishi:
Dostları ilə paylaş: