Tayanch tushunchalar
Intonatsiya - og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz
tovlanishlari
Darak intonatsiyasi - tinch ohang.
So‘roq intonatsiyasi - ko‘tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi - emotsional gaplarga xos ohang.
Temp - nutq oqimining sur’ati, tezlik darajasi.
Nutq ritmi - urgculi va urg‘usiz bo‘g‘inlaming qo‘llanilishida,
ulardagi unlilaming cho‘zish va qisqa talaffuz etilishida vazndoshlik,
ohangdoshlikning mavjud b o ‘lishi.
Savol va topshiriqlar
1. Sitseronning ritm haqidagi fikrini izohlang.
2. Ritm deganda nimani tushunasiz?
3. Ritmning turlari haqida nima deya olasiz?
4. Sitseron ritmning paydo b o ‘lish tarixini kimlaming faoliyati bilan
bog‘laydi?
5. Nasriy asarlarda ham ritm mayjudmi?
6. Temp nima? 0 ‘qish tempi deganda nimani tushunasiz?
7. Nutq tempini belgilashda nimalarga e ’tibor berish lozim?
Adabiyotlar:
1. Sitseron. Notiqlik san’ati haqida ikki risola (Urfon Otajon taiji
masi). - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
2. Q.Oripov, M.Obidova. Ifodali o ‘qish. -Toshkent: 0 ‘qituvchi,
1994.
3. 0 ‘.Umarbekov. Oltin yaproqlar. -Toshkent: 1970.
4. H.Jamolxonov. 0 ‘zbek tilining nazariy fonetikasi. - Toshkent:
Fan. 2009.
www.ziyouz.com kutubxonasi
IF O D A L I 0 ‘Q IS H D A Y U Z IF O D A S I
VA H A R A K A T
R e ja
1. Ifodali o ‘qishda yuz ifodasi.
2. Ijrochining o ‘zi o ‘qiyotgan voqealarga munosabati.
3. Ifodali o ‘qishda k o ‘z, qosh, q o ‘l va bosh harakatlari.
4. Ifodali o ‘qishda ijroning ahamiyati.
Ifodali o ‘qishda notiqning ovozi bilan bir qatorda, uning tashqi
ko‘rinishi - bo ‘y-basti, qiyofasi, yuz ifodasi, so‘zlash jarayonidagi
xatti-harakatlari ham juda muhim ahamiyatga ega.
“0 ‘qituvchi o ‘rganilayotgan mavzu va material o ‘quvchilarga to ‘la
yetib borishi, ulam ing xulqiga ta’sir etishini ko ‘zda tutgan holda ayti-
layotganlarga mos harakatlar ham qiladi: ko ‘z, qosh, qo‘l, yuz, bosh,
kift harakatlarini ishga soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkomi yoki
mamnunlikni va hokazolami ifodalashi mumkin. Harakat o ‘z o ‘m ida
bo‘lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi. Ammo hadeb o ‘rinli-o‘rinsiz
harakatlar qila berish o ‘quvchini zeriktiradi” 1. Darhaqiqat, notiqning
boshqalam i ishontirish va to‘lqinlantirish uchun so‘zlagan nutqi, av-
valo, uning o ‘zini ko‘proq to ‘lqinlantirishi kerak.
Bu haqda Mark Tulliy Sitseron nihoyatda obrazli bir fikr bildirgan:
“... agar sen hakamga o ‘zingdagi g ‘am-anduh belgilarini so‘zlar, fikrlar,
ovoz, yuz ifodasi va nihoyat ho‘ngrab yig‘lash orqali izhor etmasang,
uning hamdard b o ‘lishiga erishish mumkin emas. Olovsiz o bz-o‘zidan
yonib ketadigan yoqilg‘i y o ‘q; agar sen o ‘zing huzurida yonib va alan-
galanib turmasang, shunday bir aql yo‘qki, u sening nutqingdan yonib
ketadigan bo ‘lsa”2.
Sitseron notiqning fidoyiligi, ak ty o ‘rlik m ahorati haqida fikr-
m ulohaza yuritar ekan, o ‘z kuzatishlaridan kelib chiqib, shunday
bir voqeani misol keltiradi:
“Uni tashlab о *zing Salaminga kirishga
j u r ’at qildingm i? Yana otang yuziga qaraysanm i?
Ushbu “yuziga”
so ‘zini u shunday ay tar ediki, har safar buni eshitganim da, k o ‘zim ga
www.ziyouz.com kutubxonasi
g ‘azablangan va o‘g ‘lini deb, g ‘amginlikdan o ‘zini y o ‘qotgan
Telamon k o ‘rinib ketardi. Ana shu aktyo‘r o ‘z ovozini m ahzunlikka
alm ashtirganida:
Farzandsiz qariyaning
Bag ‘rini qon qilding, ezding, qiynading!
Akangning vafoti,
Ishonib topshirilgan go
‘dagining
Qismati senga hech, -
Ushbu so‘zlarni aytayotganida, u ham yig‘laganday, ham ich-ich-
idan dard chekayotganday bo ‘lib tuyular edi. Shunday qilib, aktyo‘r
har kuni shu rolni ijro etayotganida g ‘amsiz, dardsiz o ‘ynay olmasa,
nahotki siz Pakuviy (asar muallifi) uni yozayotib xotirjam va loqayd
boMgan, deb o ‘ylaysiz? Bu mutlaqo mumkin emas. Men ko‘p marta
eshitgan edim, hech kim, dilidan yonmagunicha va qandaydir ilhomsiz
yaxshi shoir bo‘lolmaydi. Aytishlaricha, Demokrit va Platonning kito-
blarida shunday deb yozilgan” 1.
Buyuk notiqning (Sitseronning) san’at asarlarini yaratish va ulami
ijro qilish mashaqqatlari haqidagi ushbu mulohazalari shu qadar teran,
shu qadar hayotiyki, bu fikrlar go‘yo ikki ming yillar oldin emas, xuddi
yaqindagina aytilganidek. Haqiqatan ham, hech bir ijodkor o ‘z asarini
loqayd yoki xotirjam holda yarata olmaydi. Muayyan asar to nihoya-
siga yetguncha, ijodkor voqealar oqimida o ‘z qahramonlari bilan birga
kurashadi, ulaming shodligidan quvonib, qayg‘usidan iztirob chekadi.
Bu holatni ba’zida so‘z san’atkorlarining o ‘zlari ham asarlari tarkibida
lirik chekinish tarzida qayd qilib o‘tishadi. Masalan, Alisher Navoiy
“Layli va Majnun” dostonini tugallar ekan:
So‘ngin nechakim uzottim oxir,
Yig‘lay-yig‘lay tugattim oxir, -
deb o ‘sha paytdagi ruhiy ahvolini bayon etadi. Yoki Pushkinning
ko‘pgina ertaklarida qahramonlar murod-maqsadlariga yetib, voqealar
to ‘y bilan tugallanganida shoir shunday misralami qistirib o‘tadi:
To‘yda men ham bor edim,
Sharob ichdim, bol yedim.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Endi ayting-chi, Navoiy yig‘lab-yig‘lab tugatgan anduh to‘la dosto-
ni yoki Pushkinning samimiy yumor bilan sug‘orilgan ertaklarini hech
qanday his-tuyg‘usiz, ta ’sirlanmasdan, beparvolik va loqaydlik bilan
o ‘qib b o ‘ladimi? Fahm-farosati joyida boMgan har qanday odam badiiy
asaming dillami to ‘lqinlantiruvchi jozibasidan ta’sirlanadi. Mana shu
ta’sirlanish og‘zaki ijro - ifodali o ‘qish jarayonida namoyon bo‘lishi
lozim. Aniqroq qilib aytganda, ijrochining o ‘zi o ‘qiyotgan voqealarga
munosabatini yuz ifodasi, ovozi, ko‘z qarashlari, bosh va qo‘l harakat-
lari orqali aks ettirib turishi lozim.
Masalan, qayg‘uli yoki musibatli lavhalarini o ‘qiyotganda ijrochi
yuzida g ‘am-alam ifodasi, ovozida chuqur iztirob ohanglari, yoki ak-
sincha, xursandlik tasvirlangan o ‘rinlami yuzda shodlik ifodasi, ovoz
da ishonch va qat’iyat ohanglari bilan o ‘qish mantiqan to ‘g ‘ri bo‘ladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday badiiy asami ifodali o ‘qishga
kirishgan ijrochida birozgina boMsa ham, aktyo‘rlik mahorati boMishi
zarur. Zero, asarda ishtirok etuvchilaming xarakter xususiyatlari, ichki
kechinmalarini og‘zaki ijroda aks ettirish uchun asaming umumiy ruhi-
ni his qilish bilan bir qatorda, qahramonlar holatiga kirish ham talab
etiladi. Qahramonlar holatiga kirishda esa, ikki narsa juda muhimdir:
bulardan birinchisi - ovoz1.
Ifodali o‘qishda ovoz shunday boMishi kerakki,
Dostları ilə paylaş: |