Turli chechak yarildi,
(7)
Barchin yazim qarildi.
(7)
Uchmoq yari ko‘ruldi,
(7)
Tutlug‘ yana kalgusuz.
(7)
Mazmuni:
Turli chechaklar ochildi,
Yer yuzi ko‘k gilamlarga burkaldi.
Jannat yeri ko‘rindi,
Sovuq qaytmas bo‘lib ketdi.
She’rda yetti bo‘g ‘inli vazn, qofiya va ritm mavjud. Qofiya va
m a’lum o ‘lchov asosidagi ritmning mavjudligi esa,
muayyan ohang-
dorlik va musiqiylikni yuzaga keltirgan. Binobarin, turkiy adabiyotda
xalq she’riyatining paydo boMishi qanchalik qadimiy bo‘lsa, ritmning
paydo bo‘lishi ham shunchalik qadimiydir.
Ritm
haqida gap borar ekan, shunday savol tug‘ilishi ham tabiiy:
Ritm faqat she’riy asarlargagina xos hodisami? Nasriy asarda ham ritm
boMishi mumkinmi? Ha, nasriy asar tilida ham m a’lum darajada ritm
mavjuddir. Lekin nasriy asarlardagi ritm, she’riy asarlardagidan boshqa
qonunlar asosida yuzaga keladi. Har qanday nasr ham o ‘ziga xos ritmga
ega bo‘ladi.
Ritmlar asosiga qurilgan nasr dastlab xalq og‘zaki ijodida paydo
bo‘lib, keyinchalik yozma adabiyotga o‘tgan. Xalq dostonlari yoki
ertaklari tarkibidagi ritmik-sintaktik parallelizmlar asosiga quril
gan lavhalar buning yorqin dalilidir. "
Hasanxon qanday o ‘g ‘lon? -
so'ylaydi alvon-alvon, ya g'rini yoziq polvon, toza bir bilak arslon ”.
Bu o ‘rinda har bir saj’langan bo‘lak bitta ritmik guruhni tashkil etadi,
guruhlar orasida esa, qat’iy vazndoshlik mavjud, ya’ni
har bir ritmik
bo‘lak yetti hijodan tashkil topgan. Bilga Qoon, Kul Tegin sharafiga
qo‘yilgan yodnomalar matni, “0 ‘g‘uznoma”
kabi asarlar ritmli nasr-
ning yorqin namunalaridir.
0 ‘zbek klassik adabiyotida Alisher Navoiyning “Munshaot”, “Mah
bub ul-qulub” kabi nasriy asarlarining ko ‘pgina o‘rinlari ham ritm
asosiga qurilgan. XX asr o ‘zbek adabiyotida 0 ‘lmas Umarbekovning
“Bolgar qo‘shiqlari” turkumiga kirgan “Muhabbat qo‘shig‘i”, “Gayduk
qizi”, “Cho‘pon Vasil va uning farzandlari”, “Gul vodiysi”, “Ota” kabi
asarlari ham ritmli nasming o ‘ziga xos ko‘rinishidir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
“Gul vodiysi” asaridan olingan parchani quyidagicha ritmik
bo‘laklarga ajratish mumkin:
“Men tug ‘ildim go‘zal voha / Gul vodiysi qo‘ynida /
quloq soling,
so‘zlab beray / bu vodiy qissasini / so‘zlab beray, nega bu yurt / Gul
vodiysi atalmish” 1.
Temp. Temp lotincha (tempus) so‘zidan olingan bo‘lib, sur’at,
daraja, vaqt, tezlik degan m a’nolami bildiradi. Demak, o ‘qish tempi
deganda o ‘qish sur’ati, o ‘qish tezligi tushuniladi. “Bunday tezlik gap
tarkibidagi tovushlar talaffuziga sarflangan vaqt bilan belgilanadi. Bun
day vaqt gap boMaklari, ulam ing o‘mi,
gapning turi, situatsiya kabi
omillar ta’sirida har xil bo‘ladi. Masalan, darak gaplarda gap boshida
kelgan ega talaffuzida temp sekinroq boMadi,
bu temp kesim sostavida
tezlashadi. Agarda ega logik urg‘u olsa, uning talaffuzida temp kucha-
yadi.
So‘roq gapda eganing talaffuzidagi tezlik darak gapdagi eganikidan
bir oz ortiq boMadi, kesim talaffuzidagi tezlik esa nisbatan kamayadi.
Buyruq gaplarda temp gap oxiriga tomon tezlashib boradi, ammo oxirgi
so‘z talaffuzidagi tezlik keskin pasayadi”2.
Professor Jamolxonovning fikrlariga
asoslangan holda quyida
keltirilgan matnning o ‘qilish tempini belgilab chiqaylik.
Dostları ilə paylaş: