K o‘kka boqib sahar chog‘i, iltijolar qilay bu kun,
Nurga to ‘lsin aziz bobom Alisheming makonlari.
(Abdulla Oripov)
Kuzatganimizdek, barmoq vaznidagi she’rlarda
hijolar soni xilma-
xildir. Lekin o ‘zbek she’riyatida hijolar soni qanchalik rang-barang
bo‘lmasin, bular orasida eng ko‘p qoMlanadigani yetti, to ‘qqiz, o ‘n bir
hijoli vaznlardir. Tabiiyki, har bir she’r vazniga ko‘ra har xil o ‘qiladi.
Qisqa hijoli she’rlar nisbatan tezkorlikni talab qilsa, hijolar miqdorining
ko‘pligi she’r tempi va intonatsiyasining vazminligini taqozo qiladi.
Turoq. Turoqlar hijolardan tashkil topadi va she’r misralarida
muayyan ritmik boMakni hosil qiladi.
Turoq - hijolaming misralar
bo‘yicha m a’lum tartibda takrorlanib kelishidir. Turoq she’rda ritm, in
tonatsiya va musiqiylikni yuzaga keltimvchi asosiy vositalardan biridir.
She’riy misralarda ikki va undan ortiq turoq bo‘lishi mumkin. Har bir
turoqda esa ikki, uch, to‘rt, besh va ba’zan undan ham ortiq hijo bo4ladi.
Fikrimizning dalili sifatida quyidagi she’mi turoqlarga ajratib ko‘raylik.
U yg‘onish yellari / esmoqda takror,
6+5
Tabarruk ajdodlar / ruhi senga yor.
6+5
U lug‘ daholari / paydo bo ‘lgan chog‘
6+5
Olamni o ‘ziga / qaratgan diyor.
6+5
(Abdulla Oripov)
Ushbu she’riy parchadagi turoqlar 6+5 shaklida bo‘lib, birinchi
turoq olti hijodan,
ikkinchi turoq esa, besh hijodan tashkil topgan.
She’mi ifodali o ‘qishga kirishishdan oldin uning g ‘oyaviy maz
munini tushunish bilan bir qatorda, shakliy tuzilishini ham o ‘rganib
chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun, aw alo, she’ming
vaznini va turoqlarini aniqlash lozim. 0 ‘qish jarayonida har bir turoq-
dan keyin nafas rostlanib qisqa pauza qilinadi.
Endi navbatdagi she’m ing turoqlanish tartibini ko‘rib chiqaylik:
Tug‘ilgandan / men sho‘rlikning / bag‘rim qon,
4+4+3
Bir jism im da / talashadi / ikki jon.
4+4+3
Jon talashsam, / tepamda charx / urgan ul
4+4+3
Kapalaklar, / odamlardan / mehribon.
4+4+3
Muhammad Yusufning “Kapalaklar” deb nomlangan she’rida mis-
ralardagi hijolar 4+4+3
shaklida guruhlanib, turoqlami vujudga keltir-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gan. K o‘rib o ‘tganimizdek, she’ming har bir misrasida uchtadan turoq
mavjud. Demak, ijrochi she’mi o ‘qiyotganda har bir misrada uch marta
qisqa tin olib, pauza qiladi. Shuni
ham esdan chiqarmaslik lozimki,
nuqta qo‘yilgan o‘rinlarda pauza nisbatan uzoqroq davom etadi.
M ashq. Quyidagi she’m ing vaznini aniqlab, turoqlarga ajrating.
Ifodali o ‘qishni mashq qiling.
0 ‘ylab qara, tarixda bor ibrat doimo:
Ne-ne zotlar, gar o ‘zlari topsa ham to‘zim,
Odamzodga ko‘rmaganlar yomonlik ravo.
Ezgulikning yo‘li og‘ir, serg‘alva garchand,
Yuksaklarga ko‘taradi sohibin biroq,
Mayli, mening ruhim siniq, xayolim parkand,
His qilurman, ezgulikning oftobi porloq.
(Abdulla Oripov)
0 ‘zbek sh e ’riyatida sodda
vaznlar bilan bir qatorda, q o ‘shm a va
erkin vazndagi she’rlar ham mavjud. Sodda vaznga kiruvchi she’r
m isralarining barchasida yuqorida kuzatilganidek hijolar sonida
o ‘zaro tenglik saqlanadi. Q o ‘shma vaznda yaratilgan she’rlarda
bunday qat’iy tenglik boMmaydi, balki m isralardagi hijolar soni
xilm a-xil bo ‘ladi. M a sa la n :
BogMarga namozgar
- 6
Salqini tushdi,
- 5
Gullar nam bargini
- 6
Qayirdi asta.
- 5
Oftob
ham suv ichar
- 6
Tog‘lardan pastda.
- 5
(Usmon Nosir)
1.
Agar vazn ikki turkumga kiruvchi bo‘g ‘inlar sonini bir she’rda
berish tartibida yaratilgan bo‘lsa, bunday vazn qo‘shm a vazn deyila
di. Quyidagi she’m ing birinchi misrasi to ‘qqizlik turkumga, ikkinchi
misrasi esa yettilik turkumga kiradi.
Chuldiraydi qush, soy, shabada,
- 9
shirin go ‘dak so‘ziday.
- 7
Teraklardan to ‘kilgan soya
- 9
Notinch chashma yuziday.
- 7
(Zulfiya)
www.ziyouz.com kutubxonasi
Q o‘shma vaznda yaratilgan she’rlaming turoqlanish tartibi ham
o ‘ziga xos b o ‘ladi. Masalan, Erkin Vohidovning quyidagi she’rida mis-
ralardagi turoqlar soni teng bo‘lmaganidek, turoqlami tashkil etgan hi
jolar miqdori ham har xil:
Oydin kecha. /
4
Yonar ko‘kda zar. /
5
0 ‘yga cho‘mib deding, / gul yuzim:
6+3
“Osmon to ‘la/ sonsiz yulduzlar,
4+5
Qaysi ekan / mening yulduzim?”.
4+5
She’m ing birinchi misrasida bitta turoq yoki bitta ritmik bo‘lak,
ikkinchi misrasida ham bitta
turoq mavjud boMgani holda, uchin-
chi, to‘rtinchi va beshinchi misralarda ikkitadan turoq bor. O g‘zaki
ijro jarayonida mana shu ritmik bo‘laklarga e ’tibor berib o ‘qish she’r
m a’nosini oydinlashtirishga va ifodali o ‘qishga xizmat qiladi.
M ashq. Quyidagi she’m i o ‘qib, mazmunini tushuntiring. She’m ing
vaznini aniqlab, hijo va turoqlarga ajrating, mantiqiy urg‘u olgan
so‘zlami aniqlang va she’mi ifodali o ‘qishni mashq qiling.
Dostları ilə paylaş: