Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

“go‘zal xatti-harakat
- go‘zal so‘zdan a’lo” 
(S.Smayls). Ana shundagina, notiq o ‘z nutqidan 
ko‘zlagan maqsadiga erishadi, shu bilan birga, eshituvchilaming meh- 
rini qozonadi. 0 ‘tmish tariximizda bunday notiqlar ko‘p bo‘lgan. Mav­
lono Husayn Voiz Koshifiy, mavlono Riyoziy, Xoja Muayyad Mehnagiy, 
Mulla Kalon Voiz Samarqandiy kabi ko‘plab ulug‘ kishilaming faoli- 
yati buning yorqin dalilidir. “Makorim ul-axloq”, “Latoyif ut-tavoif ’ 
kabi manbalarda hikoya qilinishicha, Husayn Voiz Koshifiy qayerda 
nutq so‘zlasa, shu yerda odamlar soni nihoyatda ko‘payib ketar ekan. 
Minglab xalq to‘plangan maydonlaming oxirida turgan odamlarga 
uning ovozi yetib bormasa ham, muxlislari bu zotning nurli siymosini 
uzoqdan bo‘lsa ham bir ko‘rishga ishtiyoqmand bo‘lganlar, so‘zlariga 
monand chiroyli xatti-harakatlarini zavqlanib kuzatib turganlar.
Husayn Voiz Koshifiy “Axloqi M uhsiniy” asarida kishilar bir-biri 
bilan so‘zlashganda o ‘zini qanday tutishi lozimligi haqida yoki notiq 
ko‘pchilikka v a’z aytayotganida uning gapirish yo‘sini (mimikasi) bosh 
va yuz, tana va qo‘l harakatlari muhim ahamiyat kasb etishi haqida ni­
hoyatda ibratli fikrlar bildirgan. Mashhur axloq targ‘ibotchisi bu fikr- 
lami o ‘z hayotiy kuzatishlaridan og‘zaki ijrochilik faoliyatidan kelib 
chiqqan holda yozgan. Darhaqiqat, ijro - so‘zning tanho hukmdoridir. 
Nutqning qanday chiqishi, ya’ni eshituvchilar tomonidan yaxshi yoki 
yomon qabul qilinishi birinchi navbatda ijrochiga, uning mahoratiga, 
yanada aniqroq qilib aytganda, so‘zlar mazmuniga monand xatti- 
harakatlariga ham bog‘liqdir.
Aytishlaricha, Demosfen 
“Suxandonlikda eng muhim narsa
nima?” 
degan savolga: 
“Birinchidan - ijro, ikkinchidan - ijro,
uchinchidan - ijro”, 
deb javob bergan ekan.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, notiqlikda ijro eng muhim narsa 
boMishi bilan birga, eng murakkab jarayon hamdir. Masalan, muayyan 
bir nutq matnini yoki she’mi har kim o ‘z iqtidori va qobiliyatidan kelib 
chiqib har xil o ‘qishi, har xil ijro qilishi mumkin. Kimdir asar ruhini 
tushunib, qalban his qilib, mahorat bilan ijro qilsa, ikkinchi birov hech
www.ziyouz.com kutubxonasi


narsani tushunmasdan, shunchaki o ‘qish kerak bo‘lgani uchungina, ni- 
hoyatda g ‘aliz va g ‘ashga tegadigan tarzda ijro qiladi.
Mark Tulliy Sitseron notiqlar haqida, har bir notiqning o ‘ziga xos 
ijro mahorati haqida fikr yuritar ekan, K atulga1 murojaat qilib, shun­
day deydi: “Sen Katul, mendan yaxshiroq biladigan Grakxni2 yoshlik 
paytlarimda nega bunchalik ulug‘lashardi! -
Men baxtsiz qayerga
boray? Qayerga? Kapitoliygami? Ammo Kapitoliy akamning qoniga
bo'yalgan. Uygami? Tashlab qo'yilgan, nola chekayotgan baxtiqaro
onamni ко ‘rish uchunmi?
” ushbu ijroda uning nigohi, ovozi, tana hara- 
katlari shunday ediki, hatto dushmanlar ham yigMagan”3.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, ifoda­
li o ‘qish hech qanday tayyorgarliksiz, shunchaki o ‘z-o ‘zidan amalga 
oshadigan oson jarayon emas. Ifodali o ‘qish o g ‘zaki ijrochidan 
chuqur bilim, fahm -farosat, qobiliyat va m ahorat talab qiladigan 
san ’atdir.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin