Ziyoda masharipova



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

Hozirgi yoshlar
Qari tolga suyab 
Irg‘ay asoni,
Oqsoqol so ‘riga asta yonboshlar.
Xayoldan o ‘tkazar kori dunyoni:
“Eh, hozirgi yoshlar,
Hozirgi yoshlar!”
Yoshligini eslar,
U f tortar sekin.
Salgina chim rilar oq tushgan qoshlar.
“Biz ham yosh b o ‘lganmiz bir mahal,
Lekin
Boshqacharoq chiqdi hozirgi yoshlar”.
“Bizga xayol edi,
Tush edi faqat
www.ziyouz.com kutubxonasi


To‘kin dasturxonu lazzatli oshlar.
Baxti boqiy bo‘lsin,
Ammo bu jannat
Qadrin bilarmikin hozirgi yoshlar!”
“Kiyimlar-chi...
Qiziq bulaming didi.
Ola-chipor ko‘ylak...
Nimasi ko‘rkam?
Rost aytsam, unchalik yoqmagan edi
Otalarga bizning charm kamzul ham.
Endi bularga ham har qalay og‘ir,
Zamon shitobi tez, parvozi tikka.
Kecha tili chiqqan Nargiza o ‘qir
Birinchi sinfda matematika.
Bizlar haftiyakdan boshlagan edik,
Bular iks bilan igrikdan boshlar.
Durust, zehni o ‘tkir, qadami tetik,
0 ‘zimizga tortdi hozirgi yoshlar”.
(Erkin Vohidov)
Erkin vazndagi she’rlarni o ‘qish
Erkin vazndagi she’rlar tuzilishiga ko ‘ra barmoq va aruz vaznidagi 
she’rlardan tubdan farq qiladi. Erkin she’rda misralardagi hijolaming 
soniga, urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘lishiga emas, balki ohang, ritm va in- 
tonatsiyasiga katta ahamiyat beriladi. Bunday she’rlarda qaysi so‘zni 
ajratib, ta’kidlab aytish zarur bo‘lsa, shu so‘z alohida misraga chiqa- 
riladi. Erkin she’rda shoir qaysi tartibda his-hayajon va fikmi ifoda 
etishga intilsa, so‘zlam i shu tartibda misralarga tizadi. Zero, fikming 
j o ‘shqinligi va publitsistik ruhda bayon etilishi erkin she’rga xos muhim 
xususiyatlardan biridir:
Osiyo so‘zlaydi,
Tinglang ovozin!
Jo ‘shqin daryo mavjin,
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hayqiriq sozin.
Osiyo uyg‘ondi,
uxlamas, uyg‘oq.
Rostlik, do‘stlik bo ‘ldi 
u bilan o ‘rtoq.
(Mirzo Tursunzoda)
Erkin vazndagi she’rlar o ‘zbek adabiyotiga o ‘ttizinchi yillarda Yev- 
ropa adabiyoti ta’sirida kirib keldi. Minbarlardan turib omma oldida 
o ‘qishga moMjallab yozilgan bunday she’rlar dastlab G ‘afur G ‘ulom, 
Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, M irtemir kabi ustoz shoirlar ijo- 
dida kamol topdi. Keng ommaga bevosita murojaat etish va shoir ruhi- 
yatida paydo boMadigan ko‘tarinki hissiyot, pafos ko‘p jihatdan erkin 
vaznning xususiyatlarini belgilaydi.
Erkin vaznda she’ming musiqiyligi saqlangan holda, bu musiqiylik 
turlicha parchalarda o ‘zgarib, tovlanib turadi. Shoir bir she’riy parcha- 
ning o ‘zida bir necha ritmik o ‘lchovlami qo‘llaydi, bir turoq tartibidan 
ikkinchi turoq tartibiga o‘tadi, misralami erkin ravishda zinapoya shak- 
lidagi bo‘laklarga ajratadi. Bunday paytda shoir ba’zan misralaming 
qofiyalanishi bilan cheklanmasdan, misra bo‘laklarini ham qofiyadosh 
qilishga intiladi:
Ey, Farg‘ona!
Mushkul kunlar bolasini 
tishida tishlab,
Yuvib,
tarab,
sevib,
o ‘pib,
quchib,
opichlab,
Ey, baxtlami balog‘atga yetkazgan ona!
(Hamid Olimjon)
She’r misralarining hijolari turlicha bo‘lib, turoqlar bir necha mis- 
ralardan keyin takrorlanadi, pauza va intonatsiya esa ritmni vujudga 
keltirishda muhim rol o ‘ynaydi. Erkin she’rlar pauzalarga boyligi bi­
lan ajralib turadi. Pauza she’rdagi ayrim so‘z yoki so‘z birikmalarini
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘rttiradi, ulaming m a’no va ahamiyatini ta’kidlaydi, she’riy nutqqa 
xos his va hayajon bag‘ishlaydi. She’rdagi nafosat, noziklik, g ‘azab 
yoki istehzo m a’nolarini ifodalaydigan so‘zlami alohida pauza bilan 
bo‘lib-bo‘lib aytish asaming ta’sirchanligini yanada oshiradi.
Demak, misralari turli miqdordagi hijolardan tashkil topgan, turoq- 
lari alohida-alohida bo‘rttirib berilgan she’r tuzilishi 
erkin she
V deyila­
di. Quyida berilgan she’riy parcha ham erkin vaznda yaratilgan asam ­
ing yorqin namunasidir:
Bong uring,
hammani
uyg‘oting,
Bong uring
shahar-u
qishloqda.
Hayajon
ко‘taring,
to‘p oting,
0 ‘t ketdi
hammayoq
yonmoqda,
Ovozlar boricha
baqiring,
Odamlar!
Yo hayot,
yo mamot!
Sim qoqing!
Nol bimi chaqiring:
Yong‘in, deng 
kerak, deng, 
tez najot!
Dod soling, 
ne kechar holimiz,
Alamdan
jonim iz
qiynoqda.
Olamda
www.ziyouz.com kutubxonasi


topilmas
molimiz -
Vaqtimiz
Yonmoqda
yonmoqda.
(Erkin Vohidov)
Undov, chaqiriq, murojaat ohanglari bilan to‘lib toshgan bu she’rda 
shoiming kuchli his-hayajoni mujassamlashgan. Inson zotining vaqt 
atalmish qimmatbaho ne’matga loqaydlik bilan qarashi, demakki, 
umrining oltin daqiqalarini yelga sovurishi shoirda afsus va nadomat 
tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Umrga
o ‘t ketdi
insonlar!
U yonar
biz majlis
qilamiz, -
deya vaqtini foydali ishga bag‘ishlash o ‘miga, quruq safsatabozlik, 
majlisbozlik bilan o ‘tkazayotganlarga qarata chuqur taassuf bilan bong 
uradi. She’r misralaridagi deyarli har bir so‘z alohida urg‘u, o ‘ziga xos 
intonatsiya bilan o ‘qiladi.
M ashq, Quyida berilgan she’mi o ‘qib, g ‘oyaviy mazmunini tushun­
tiring. She’m ing vaznini aniqlang, turoqlarga ajratib, ifodali o ‘qishni 
mashq qiling.
K echikish
Na to‘yu na aza,
na ish, na bayram,
Hech qayga,
hech qachon,
hech bir holatda -
Vaqtida kelmagan
bu sho‘rlik odam.
Bir soat kechikar
kami, albatta.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Unda sira ayb yo‘q,
yugurik davr 
Mos kelmadi uning
sustkash joniga,
Taqdir kechiktirdi
bir soat nadir,
Kamida bir asr
o ‘z zamoniga.
(Erkin Vohidov)
M ashq. G ‘afur G ‘ulomning “Vaqt” she’ridan olingan quyidagi par- 
chalami o ‘qib mazmunini tahlil qiling. Sizningcha, Erkin Vohidovning 
“Bong uring”, “Kechikish”, G ‘afur G culomning “Vaqt” she’rlarini 
o ‘zaro birlashtirib turuvchi mushtarak jihatlar nimada?
Yashash soatining oltin kapgiri 
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o ‘z kurrasidan 
Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Yarim soat ichida tug‘ilib, o ‘sib,
Yashab, umr ko‘rib, o ‘tguvchilar bor;
K o‘z ochib yumguncha o ‘tgan dam - qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.
Bir onning bahosin oMchamoq uchun,
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning 
Barini tutolmas ayyuhannos ovoz.
Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan o ‘tajak har lahza uchun 
Qudratli qo‘l bilan qo‘yaylik haykal.

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin