“Ovozning baland yoki yo‘g‘onligi shijoat nishonasidur, mo‘tadil ovoz tadbiru har ishga yaxshi saranjom bermakning nishonidur”1. Xullas, inson
ovozining sifati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, uni chiniqtirib va tar-
biyalab borishi, ovoz imkoniyatlaridan to‘g ‘ri foydalanishi lozim. Ay
niqsa, so‘z ijrochiligi bilan shug‘ullanuvchi kishilaming ovozi yoqimli,
baland va jarangdor, talaffuzi aniq va ravshan, so‘zlari m a’nodor va
ifodali bo‘lishi juda muhimdir.
TALAFFUZ
Nutq texnikasida so ‘zlarni to‘g ‘ri talaffuz qilish alohida ahamiyat
kasb etadi. So‘zlarni to ‘g ‘ri va aniq talaffuz qilish uchun o‘zbek ada
biy tilining o ‘ziga xos xususiyatlarini chuqur bilish, ayniqsa, fonetika
va fonologiya oid bilimlardan xabardor bo‘lish, adabiy til doirasida
yagona talaffuz normalarini belgilovchi orfoepik qoidalarga amal qi
lish talab etiladi. Agar kimda-kim ushbu qoidalami yaxshi bilmas ekan,
to‘g ‘ri talaffuz, nazokatli nutq haqida gapirmasa ham bo ‘ladi.
Mark Tulliy Sitseron notiqlik san'atida talaffuzning beqiyos aha
miyati haqida fikr-mulohaza yuritar ekan, “Notiq” nomli asarida shun
day deb yozadi: “...hatto so‘z ne’matidan benasib odamlar ham ifo
dali, yaxshi talaffuz tufayli suxandonlik mevasini terganlar, ko‘pgina
suxanoro odamlar esa, yomon talaffuz tufayli no‘noq hisoblanganlar.
Shuning uchun ham, Demosfen birinchi, ikkinchi va hatto uchinchi ish
ham talaffiizdir, degan. Va agar talaffuzsiz suxandonlik yo‘q ekan, ta
laffuz suxandonliksiz ham shunday kuchga ega ekan, u holda so‘zsiz
(albatta) notiqlik san’atida uning ahamiyati ulkandir”2.
Ba’zi so‘zlar yoki so‘z tarkibidagi tovushlar, qo‘shimchalar o ‘zbek
so‘zlashuv nutqida, ayniqsa, shevalarda turlicha talaffuz qilinadi. She-
valar ta’siridan qutulish uchun o ‘zbek adabiy tilini yaxshi o ‘rganish bilan
bir qatorda, badiiy asarlami ko‘proq o ‘qish, ayniqsa, mumtoz asarlami
mutolaa qilish yaxshi natija beradi. Nutq jarayonida shevalar ta ’siriga
berilish ifodali o ‘qishga putur yetkazadi, qo‘pol va to‘pori talaffuz bilan
so‘zlami pala-partish ifodalash esa, tinglovchining g ‘ashiga tegadi.