ishontirish kerak edi. Shu boisdan ham, Demosfen notiqlik san’atini
o ‘rganish uchun o ‘z davrida meros ishlari b o ‘yicha mashhur bo ‘lgan
advokat Isey maktabida ta ’lim oladi. U to ‘rt yil mobaynida qunt bilan
o‘qib, ko‘plab yozuvchilaming asarlari bilan tanishib chiqadi. Ayniq
sa, Fukidid1 va Platon kabi m ashhur tarixchi va faylasuflaming asarla-
rini puxta o ‘rganadi.
Demosfen o ‘qishni tugatgach, vasiylari bilan sudlashadi va bu sud
besh yil davom etadi. Bir nechayil surunkasiga bo‘lgan kurash bo ‘lajak
notiq xarakterining toblanishida, bir so‘zli va matonatli boMishida katta
ro‘l o ‘ynaydi. U o ‘qish va o‘rganish bilan bir qatorda boshqalarga nutq
matnlarini yozib berib, logograflik ham qiladi. Demosfen butun hayoti-
ni siyosiy notiqlikka bagMshlashni, xalq majlislarida vatanining ravnaqi
yo‘lida nutq so‘zlashni orzu qiladi. Lekin yosh notiqning xalq oldidagi
dastlabki nutqlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Demosfen nutqining ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki uning to-
vushi juda past boMib, bir oz duduqlanar, buning ustiga “r” tovushini
yaxshi talaffuz etolmas, gapirganda yelkasini qimirlatib turadigan odati
ham bo‘lib, ko‘pchilik o ‘rtasida o ‘zini noqulay sezardi. Natijada uning
chiqishlari kulgi va masxaralar bilan qarshi dinar, nutqini oxirigacha
yetkaza olmay, minbardan tushib ketishga majbur bo‘lardi. Bunday
noxush ahvolga qaramasdan, Demosfen umidsizlikka tushmasdan, chi-
dam bilan shu kamchiliklami yo‘qotishga kirishadi. Demosfen o ‘zining
jismoniy nuqsonlaridan qutulish uchun qanday choralami qo‘llaganligi
haqida manbalarda turli ma’lumotlar uchraydi. Ularda aytilishicha, De
mosfen og‘ziga mayda-mayda tosh solib, dengiz bo‘ylarida to‘lqinlaming
guldiroslarini bosib yuboradigan darajada baland ovoz bilan gapirib,
yo boMmasa tog6 cho‘qqilarida shamollar bilan bahslashib duduqligini
yo‘qotishga, ovozini ravon va jarangdor qilishga erishgan ekan. Xullas,
shu tariqa astoydil urinishlardan keyin notiqlik san’atida yuksak ma-
horat orttirgan Demosfen o‘zining siyosiy mavzulardagi nutqlari bilan
keng shuhrat qozonadi. Shunga qaramay, u hech qachon tayyoigarlik-
siz nutq so‘zlamas, oldindan yozib qo‘yilgan matnni yodlab olar, har
bir so‘z ustida puxta o‘ylar, jumlalami aniq va chiroyli tuzishga hara-
kat qilar ekan. Ulug‘ notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan
puxta va jozibali bo‘lganki, bu faqat mashaqqatli mehnat samarasi edi.
Dostları ilə paylaş: