ning onasi Gelviya xonim bo‘lg‘usi mashhur notiqning yoshligidayoq
vafot etgan edi. Otasi Mark Tulliy suvoriylar toifasidan bo‘lib, ko‘p
vaqtini adabiyot bilan shug‘ullanish va bolalar tarbiyasiga bagMshlaydi.
Mark Tulliy yetti yoshga kirganda otasi farzandlariga yaxshi ta’lim-tar-
biya berish maqsadida Rimga ko‘chib ketadi. Bolalik chog‘larida Sitse
ron ukasi Kvint bilan birgalikda mashhur notiq
Krass rahbarligi ostida
yunon o ‘qituvchilaridan falsafa va notiqlik bo‘yicha, shoir Arxiydan
she’riyat san ’ati bo‘yicha saboq oladi.
U yigitlik paytlarida notiqlik san’ati bilan jiddiy shug‘ullanadi, o ‘z
zamonasining mashhur notiqlari nutqlarini katta qiziqish bilan tinglay-
di. 0 ‘sha davm ing mashhur aktyorlaridan Rostsiy uning ovozi, xatti-
harakatlarining silliqlanishi ustida ishlaydi, deklamatsiya san’atini
o ‘rgatadi. M ashhur
tragik aktyor Klodiy Ezop esa, unga talaffuzni,
ehtirosli nutq so‘zlashni o ‘rgatadi. Sitseron taxminan o ‘n olti yoshga
kirganida m ashhur huquqshunos Kvint Mutsiy Ssevoladan saboq ola
di. M a’lumotlarga qaraganda, o ‘sha paytlarda Sitseron bir oz muddat
harbiy yurishlarda ham qatnashgan. Xullas, Sitseronning yoshlik davri
juda samarali va sermazmun o‘tadi.
Sitseron 25 yoshida birinchi marta sudda xalq oldida nutq so‘zlaydi.
U aw a l grajdanlik, so‘ngra jinoiy ish jarayoni bo‘yicha gapiradi.
Biroq
uning bu nutqiga davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli notiqlar
qarshi chiqadi. Shundan keyin u ritorika va falsafa fanlaridan mukam-
malroq nazariy bilim olish uchun Afinaga jo ‘nab ketadi, so‘ng Kichik
Osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi. Ikki yil davomida
Sitseron yana, o‘qishni davom ettiradi: mashhur olimlar, notiqlar bi
lan uchrashadi va suhbatlarda qatnashadi.
Mana shunday izlanishlar
davomida u nutq so‘zlashda yangi usullar qidiradi. Nihoyat Osiyo va
Attika usullari omuxtasidan iborat bo‘lgan o‘ziga xos bir uslub kashf
etadi.
Sitseron o ‘z zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari kabi o‘z faoliya-
tining dastlabki davrlaridanoq nutqda uslubning chiroyliligi, ibora va
ifodalaming jozibador boMishiga alohida e ’tibor beradi.
Sitseron Osiyoga sayohat qilib, notiqlik san’atining sirlarini o ‘rganib
yurgan vaqtida, Rim hukmdori Sulla vafot etadi.
Rimdagi siyosiy vazi-
yat o ‘zgaradi. Sitseron 29 yoshida Rimga qaytib keladi. Bu yerda unga
endi “yunon” , “olim” degan laqablar berishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sitseron 30 yoshlaridan boshlab davlat ishlarida faol ishtirok eta
boshlaydi. Kvestorlik1 vazifasi Sitseron uchun mansab pillapoyasining
dastlabkisi edi. Kvestorlikdan keyin Sitseron ko‘proq advokatlik bilan
shug‘ullanadi. 70-yillarda Sitseron edillik2 lavozimiga erishadi. 0 ‘sha
paytlarda mashhur Verres ishi bo‘yicha Sitseron ayblovchi sifatida
ishtirok etib, yutib chiqqan. Sud mahkamasining ikkinchi sessiyasi uc
hun Sitseron tomonidan tayyorlangan beshta
nutq teksti shu kungacha
saqlanib qolgan bo‘lib, notiqlik san’atining oliy namunasi sifatida katta
qimmatga ega. Shundan keyin 67-yilda Sitseron bir ovozdan pretor-
likka3 saylanadi.
Shu tariqa Sitseron tengsiz notiq va donishmand faylasuf, siyosiy
arbob sifatida birma-bir shuhrat pillapoyalaridan k o ‘tarilib boradi.
N ihoyat 63-yili konsullikka4 saylanadi. Bu Rim R espublikasi-
ning oliy m artabali lavozimi edi. Sitseron ju da mashhur,
yuksak
iqtidorli va shijoatli s h a x s la r- Katon, Brut, Antoniy, Krass, Pom pey
va Sezarlar bilan bir paytda siyosat m aydonida bo ‘ladi, m uvaffaqi-
yatli faoliyat k o ‘rsatadi. Sitseronning konsullik davri kuchli siyo
siy kurashlarda o ‘tadi. Hatto siyosiy raqiblari tomonidan ayblanib
bir necha m uddatga Rimdan badarg‘a qilinadi. U bir yarim yildan
so ‘nggina d o ‘stlarining yordami tufayli
Italiyaga qaytib kelishga
muvaffaq b o ‘ladi.
0 ‘z davrining fozil va m a’rifatparvar kishilaridan biri bo‘lgan Sit
seron zamondoshlarining ongini oshirish, ulami ilm-fan, falsafa va
madaniyat samaralaridan bahramand qilish masalasiga katta e ’tibor be
radi va bu ishni o ‘zining muhim burchi deb tushunadi.
Sitseron nutq nazariyasi ustida tinimsiz ijod qildi. Mashaqqatli
mehnati natijasida uch kitobdan iborat “Notiqlik haqida” nomli asari
yaratiladi. Ushbu kitobni m uallif o‘z ukasi
zobit hamda shoir Kvint
Tulliy Sitseronga bag‘ishlagan. Mazkur asar dialog shaklida yozilgan
bo‘lib, Litsiniy, Krass, Mark Antoniy, Yuliy Sezar, Strabon, Katull,
Ssevola va uning shogirdlari Katt, Sulnitsiy
Ruflaming ijtimoiy va si-
Dostları ilə paylaş: