Aristotel go‘zallik falsafasini o ‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi.
U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi.
Aristotel tal-
qiniga ko‘ra, go‘zal san’at asarlari inson qalbini salbiy hissiyotlardan
forig‘lantiradi, natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rguliklariga
xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tush-
ganlarga o ‘zida hamdardlik hissini tuyadi; y a’ni, san’at
insonni olija-
nob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega.
Qadimgi dunyo ilm-fani, falsafiy qarashlarining buyuk donishmandi
Aristotel miloddan aw algi 384-yilda Makedoniyaning Stagira shahrida
tug‘ilgan. Uning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning
shaxsiy tabibi bo‘lgan. Aristotel 17 yoshidan 37 yoshigacha faylasuf
Platon akademiyasida tahsil oladi. 342-yilda podshoh Filippning taklifi
bilan Makedoniyaga qaytib, Aleksandrga murabbiylik qila boshlaydi.
Aleksandr Makedonskiy hukmronlik taxtiga o ‘tirgach, o ‘z ustozi va
do‘stiga atab haykal barpo ettiradi. Bu haykalning poyida shunday yo-
zuvlar bor edi: “ A leksandr ushbu yodgorlikni N ikom axning o‘g‘li,
b u y u k d o n ish m an d va avliyo A ristotel xotirasiga o‘rn a td i” .
Aristotel
Aleksandr taxtga chiqqach, yana Afinaga qaytib bu yerda
“Litsey” nomi bilan shuhrat qozongan falsafa maktabini ochadi va katta
kutubxona tashkil etadi.
Shu davrda Yunonistonda chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ket-
gan, natijada qator notiqlik maktablari ochilgan edi. Bu maktablarda
so‘z san’ati ustalari - notiqlar yetishtirib chiqarilardi. Keyinchalik maz-
mundor va ta’sirchan so‘zlash haqida maxsus qoMlanmalar maydonga
keladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli kitobi-
dir. Buyuk olim uni miloddan aw algi 330 yillarda yozgan.
Aristotelning ushbu asarigacha ham Anaksimen, Lampsak kabi fay-
lasuflar “Ritorika” nomli qo‘llanmalar yaratgan edilar.
Aristotelning
“Ritorika” si notiqlik san’atining nazariy asoslarini yanada boyitdi.
“Ritorika” uch kitobdan tashkil topgan bo‘lib, asaming birinchi va
ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish usullari haqidagi
fikr-mulohazalardan iborat. Uchinchi kitobda esa, jumlalardagi izchil-
lik va nutq mantiqiga alohida e ’tibor qaratilgan. Olimning fikricha, no
tiq tilidagi turli “qorishmalar”, y a’ni so‘zlaming noto‘g ‘ri va noo‘rin
talaffiiz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining
katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga
www.ziyouz.com kutubxonasi
qaratilishi lozimligini, tinglovchi tushunadigan darajada sodda va ra
von bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulo-
haza yuritayotgan fikrini tinglovchi qalbiga
tez yetishida muhim omil
bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, Aristotel notiqning auditori-
yani o ‘ziga jalb etishi uchun turli hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik che-
kinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli
ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil sifatlash, chog‘ishtirish va
metaforalami qo ‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini uqtirib
o ‘tadi.
Aristotel notiqlik san’atini egallash uchun quyida keltirilgan beshta
vazifani mukammal bajarishni tavsiya etadi:
1. Nutq matnini kashf qilish. Ya’ni og ‘zaki ijro qilinadigan nutq
matnini har tomondan chuqur o ‘rganib chiqish.
2. Nutq matnini mantiqan va mazmunan to ‘g‘ri rejalashtirish.
3. Matnni to‘liq eslab qolish.
4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
5. Nutq matnidagi so‘zlami to‘g ‘ri talaffuz qilish.
Notiqlik san’atining buyuk namoyandasi
Mark Tulliy Sitseron ham
ushbu beshta qoidaga alohida e ’tibor beradi va o‘z asarlarida Aristotel
qarashlarini yanada rivojlantiradi: “Notiqning barcha kuch va qobiliyat-
lari ushbu besh vazifani bajarishga xizmat qiladi; birinchidan, u o‘z nutqi
uchun mazmun topishi zarur; ikkinchidan, topilgan m a’lumotlami tartib
bilan joylashtirishi; uchinchidan, bulaming hammasini so‘z bilan o‘rashi
va bezashi, kerak; to‘rtinchidan, nutqni xotirada mustahkamlab qo‘yish;
beshinchidan, uni munosib ravishda va xush keladigan qilib so‘zlashdir”, -
deydi Sitseron o ‘zining “Notiqlik haqida” deb nomlangan asarida1.
Nutqni ritorik ishlab chiqishda notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ush
bu beshta qoida hozirgi kunda ham o ‘z ahamiyatini yo ‘qotmagan.
Dostları ilə paylaş: