Ziyoda masharipova


G‘.G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. 1966,42-bet



Yüklə 6,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/80
tarix24.07.2023
ölçüsü6,37 Mb.
#137338
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
22ifodalioqishpraktikumipdf

G‘.G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. 1966,42-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


chiqmaslikka chaqirar va o ‘zi ham bunga qattiq amal qilardi. Koshifiy 
katta olim va adib b o ‘lishiga qaramasdan, juda oddiy va kamtarona 
hayot kechirgan; ayni paytda juda nozik tabiatli kishi bo‘lgan. Shu mu- 
nosabat bilan Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida qiziq bir 
voqeani hikoya qiladi: Husayn Voiz Koshifiy v a ’z aytadigan minbar 
oldiga shahaming sho‘xlaridan biri Hofiz Sheroziyning quyidagi bay- 
tini yozib ketadi:
Voizon chun jilva dar mehrobu minbar mekunad,
Gar ba xilvat meravand on kori digar mekunand.
(Voizlar minbar ustida, mehrob oldida jilva qilib so‘zlaydilar, 
xilvatga borgandan keyin esa, boshqa ishlar bilan shug‘ullanadilar) 
Husayn Voiz navbatdagi v a’zga kelayotib, yuqoridagi baytga ko‘zi 
tushadi va shartta orqasiga burilib, qaytib ketadi. Qattiq xafa bo‘lganidan 
bir yilgacha v a ’z aytishga chiqmay qo‘yadi. Shahar akobirlarining ilti- 
m oslaridan so‘nggina yana v a’z ayta boshlaydi.
Gap shundaki, Hofiz Sheroziy ushbu baytda munofiq, ikkiyuzlama- 
chi, aytgan so‘ziga o ‘zi amal qilmaydigan kishilami fosh etgan edi. Voiz 
Koshifiy esa, bunday kishilar toifasidan bo‘lmasa-da, qo‘pol hazildan 
qattiq ranjigan.
H usayn Voiz notiq sifatida shu qadar hurm at va e ’tiborga sazovor 
b o ‘lganki, buning asosiy sabablaridan biri, a w a lo , ovozining yo- 
qim liligi, jozibador ohangi, ichki ruhiy holatni o ‘rinli harakatlar bi­
lan ifoda qila olishida edi. Shu boisdan ham, xalq y ig ‘iladigan ham- 
ma joyga doimo uni tak lif qilishgan. N atijada b o ‘sh vaqti bo'lm agan 
voiz aniq jadval bilan ishlashga m ajbur b o ‘lgan. Husayn Voiz qa- 
yerda nutq so‘zlasa, shu yerda odam lar soni k o ‘payib ketar, natijada, 
m inglab xalq to ‘plangan katta m aydonlarning oxirida turganlarga 
uning ovozi yetib bormas ekan. Shunga qaramay, odam lar bu zot- 
ning nurli siymosini uzoqdan b o ‘lsa ham bir ko‘rishga, so ‘zlariga 
m onand chiroyli xatti-harakatarini kuzatishga qiziqib maydonni tark 
etmas ekanlar. Bu haqda Koshifiyning o ‘g ‘li Faxriddin Ali Safiy 
o ‘zining “ L atoyif u t-ta v o if ’ asarida qiziq bir voqeani hikoya qiladi: 
K unlam ing birida Koshifiy M asjidi jo m e ’da v a ’z aytayotgan ekan. 
O dam lam ing nihoyatda k o ‘pligidan m ajlisga kelayotgan o ‘sha 
davrning m ashhur so ‘z ustalaridan biri M avlono Sayyid GMyosiddin 
nutq so ‘zlayotgan Voiz K oshifiygam ahliyo b o ‘lib, qatnashishi lozim
www.ziyouz.com kutubxonasi


b o ‘lgan m ajlisga kechikadi. Ittifoqo, shu m ajlisda Abdurahmon 
Jom iy ham ishtirok etayotgan b o‘ladi. Sayyid G ‘iyosiddin shoshilib 
m ajlisga kirib kelishi bilan hazrati Jomiy undan s o ‘raydi:
-N e c h u n kechikdingiz, mavlono G ‘iyosiddin?
- Meni m a’zur tuting, ustod, - deydi G ‘iyosiddin, - kelayotgan 
edim, Masjidi jo m e’da Husayn Voiz nutq so‘zlayotgan ekanlar, shunga 
qiziqib turib qolibman.
- X o‘sh, qanday yangilik eshitdingiz?
- Hech qanday, - deydi G ‘iyosiddin.
- Sabab?
- Sabab shuki, - deydi gunohkor, - odam juda ko‘p ekan. Olomon 
meni turtib, bir chekkaga chiqarib yubordi. Men shunchalik uzoq maso- 
fada edimki, uning ba’zi-ba’zi sobzlari zo ‘rg‘a qulog‘imga chalinardi.
- Unday bo‘lsa nima qilib o ‘tirdingiz?
- Qarab o ‘tirdim, - deydi G ‘iyosiddin, - Husayn Voiz shunday nutq 
so‘zlayotgan ediki, gaplarini eshitmasam ham, uning mahoratiga maf- 
tun bo‘lib, nutqining oxirigacha qarab o ‘tirdim.
Darhaqiqat, Husayn Voiz Koshifiy zamonasining eng barkamol 
notig‘i sifatida ulug‘vor m a’nolar to‘la nutqi bilan xalq qalbiga kirib 
borgan. Jozibador ovozi, ulkan maydonlarda yoqimli tarona kabi yang- 
rab tinglovchilami o‘ziga maftun etgan. Ayni paytda yuksak insonpar- 
var va murabbiy sifatida haqiqat va adolat to‘g ‘risidagi pand-nasihat 
so‘zlari bilan mazlumlar diliga taskin bergan.
Koshifiy 
faqat 
ijrochi 
notiq 
bo ‘lib 
qolmasdan, 
yuqorida 
ta’kidlanganidek, iste’dodli adib sifatida ham qator asarlar ijodkoridir. 
Adib asarlarining fazilati shundaki, u mavjud jamiyatni, odamlami tahlil 
etadi, hikmat va falsafa asosida fikr-mulohaza yuritadi. Natijada odam 
bolasiga xos juda ko‘p umumiy xususiyatlar: ojizlik va ulug‘lik sifatla- 
rini ko‘rsatib beradi. Koshifiyning el orasida mashhur bo ‘lgan asarlari- 
dan biri 1495 yilda yaratilgan “Axloqi M uhsiniy”dir. Ushbu asar Sulton 
Husayn Boyqaroning o ‘g ‘li, temuriy shahzoda, M arv hukmdori Muhsin 
Mirzoga bag‘ishlangan. Asaming asosini ijtimoiy hayot, ta’lim-tarbiya 
va axloq haqidagi chuqur falsafiy fikr-mushohadalar tashkil etadi. Ko­
shifiy “Axloqi M uhsiniy” asarining kirish qismida: 

Yüklə 6,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin