1. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Ill to‘m. - Toshkent:
Fan, 1982.
2. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. — Toshkent: G ‘.G ‘ulom
nomi-
dagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.
3. Abu Nasr Forobiy. Risolalar. - Toshkent: 1975.
4. Qobiljon Oripov, M ahmuda Obidova. Ifodali o ‘qish. - Toshkent:
0 ‘qituvchi, 1994.
HUSAYN VOIZ KOSHIFIYNING HAYOTI
VAIJODI
Reja
1. Husayn Voiz Koshifiy mashhur axloq targ‘ibotchisi va adib.
2. Husayn Voiz Koshifiy - Alisher Navoiy va Xondamirlar nigohida.
3. “Axloqi Muhsiniy”, “Futuvvatnomai sultoniy...” asarlarida so‘z
san’ati va so‘zlovchi madaniyati haqidagi fikr-mulohazalar.
Kam oliddin Husayn Voiz Koshifiy XV asrda yashab ijod etgan
atoqli olim va adib, axloq va m a’rifat targ‘ibotchisidir. Uning nomi o ‘z
zamonidayoq mashhur bo'lib el og'ziga tushgan edi.
H usayn Voiz Koshifiy taxminan 1440-yillarda
Sabzavor viloyati-
ning Bayhaq nohiyasida tavallud topgan. Dastlabki ta’limni o ‘z vata-
nida olgan bo'lg'usi olim keyinchalik Nishopur,
Mashhad shaharlarida
o‘qishni davom ettirgan. XV asm ing ulug‘ allomasi Hazrat Jomiyning
nazariga tushgan Koshifiy uning tavsiyasi bilan o ‘sha davming madaniy
m arkazlaridan bo‘lgan Hirot shahriga keladi.
H usayn Voiz Koshifiyning ilmiy qiziqishi va salohiyati bag‘oyat
keng b o ‘lib,
u ilmi nujum, tafsir, falsafa, adabiyotshunoslik,
tilshu-
noslik, fiqh bo'yicha xilma-xil asarlar yozib qoldirgan. Uning “Axloqi
M uhsiniy” , “Anvori Suhayliy”, “Risolai Xotamiya”, “Tafsiri Hu-
sayniy”, “Javohir ut-tafsir”, “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javon-
m ardlik tariqati”, “Ravzat ush-shuhado” (“ Shahidlar bog‘i”), “Sahifai
shohi” kabi asarlari xalq o ‘rtasida keng tarqalgan.
Husayn Voiz Abdurahmon Jomiyning ixlosmand muridi, shogirdi si-
www.ziyouz.com kutubxonasi
fatida ham, islom dinining targ‘ibotchisi sifatida ham el o‘rtasida
katta
obro‘-e ’tiborga ega bo‘lgan. So‘zamol va zakiy,
har tomonlama bilim-
don bu zot ayni paytda Alisher Navoiyning do‘sti va muxlisi ham edi.
Shu boisdan o ‘zining ikkita tafsiri, ya’ni “Tafsiri Husayniy” va “Javo-
hir ut-tafsir at-tuhfat ul-amir” nomli asarlarini Navoiyga bag‘ishlaydi.
Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasining to‘rtinchi maj-
lisida Husayn Voiz Koshifiy ijodiga yuqori baho beradi.
Dostları ilə paylaş: