0 ‘rta
asrlarda Bahouddin Valad, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassa-
viy, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husayn
Voiz
Koshifiy, M u’iniddin Voiz, Voiz Hiraviy, Zayniddin Vosifiy kabi
notiqlik san’atini puxta egallagan so‘z ustalari yetishib chiqdilar. Bu
ulug‘ zotlar o ‘zlarining ibratli hayot tarzi bilan im on-e’tiqod, ilm-
m a’rifat, axloq-odob haqidagi beqiyos o ‘gitlari bilan minglab insonlar
qalbini m a’rifat nurlari ila m u n aw ar qilishga erishdilar.
X V -X V I asrlarda notiqlik san ’ati turlari, qonun-qoidalarini aks
ettiruvchi bir necha qoMlanmalar vujudga keldi. Ayniqsa, M uham
m ad R afi’ Voizning “Abvob ul-jinon” (“Jannat eshiklari”), Voiz
Q azviniyning “Ziloli m aqol” (“M aqol nafosati”), Voiz Shirvoniy-
ning “A hsan ul-ahodis” (“Nafis kalim alar”), Q uraysh Sindiyning
“ Anis ul-voizin” (“Voizlar d o ‘sti”), M ulla
Kalon Voiz Sam arqan-
diyning “ Ravzat ul-voizin” (“Voizlar bo‘stoni”), Qozi 0 ‘shiyning
“ M iftoh un-najot” (“N ajot kaliti”) kabi asarlari keyingi davrlarda
yetishib chiqqan notiqlar uchun asosiy dasturulam al b o ‘lib xizm at
qilgan. Shuningdek, A lisher N avoiyning “M ajolis un-nafois”, Zay
niddin Vosifiyning “B adoye’ ul-vaqoye’”, X ondam im ing “M akorim
ul-axloq” kabi asarlarida ham voizlik san’ati haqida qim m atli fikr-
m ulohazalar bayon qilingan.
Tariximizda nurli iz qoldirgan ulug‘ allomalar tomonidan notiq
lik san’ati haqida maxsus asarlar yaratilishi, so‘z ijrochiligiga bu qa-
dar katta e ’tibor berilishi qadim-qadimdan 0 ‘rta
Osiyoda ifodali nutq
san’atining juda katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega b o ‘lgan davlat aha
miyatiga molik ish ekanligidan dalolat beradi.
M avlono Irshod. XV asrda Hirotda yashab - faoliyat k o ‘rsatgan
voizlardan bid Mavlono Irshoddir. U o‘zining donishmandligi va
so‘zga chechanligi bilan el nazariga tushgan. Mavlono Irshod faqat
xalqqa v a ’z aytish bilangina cheklanib qolmasdan, rasmiy davlat ish-
larida ham qatnashib. q o ‘shni mamlakatlar bilan diplomatik aloqalami
mustahkamlashda munosib xizmallar qilgan. Faxriddin Ali Safiyning
“ Latoyif ut-tavoif ’ asarida hikoya qilinishicha, Sulton Husayn Boyqaro
rasmiy davlat ishi yuzasidan muzokara olib borish uchun Sherozga va
kil yubormoqchi bo‘ladi. Saroy a ’yonlari o ‘zaro maslahatlashib, bun-
day nozik va mas’uliyatli vazifani faqat Mavlono
Irshod bajara oladi,
degan xulosaga kelishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M avlono Irshod Sherozga borib kutilganidek, rasmiy ishlami oz
fursatda ijobiy hal qilishga erishadi. Uning notiqlik mahoratiga qoyil
qolgan Shoh Shujo’ Irshodga ruxsat bermay, bir majlis qurib keyin ke-
tishni iltimos qiladi. Majlis jum a kuniga belgilanadi. Juma namozidan
keyin Masjidi jom e’ga yig‘ilgan xalq oldida
Mavlono Irshod shunday
ehtirosli nutq so‘zlaydiki, odamlar uning ta’sirchan sobzlaridan jun-
bushga kelib, ko‘z yoshlarini tiya olmay qolishadi. Buni ko‘rgan voiz
notiqlik mahoratining yana bir qirrasini namoyish etib, o‘z nutqida kes-
kin burilish yasaydiki, endi hamma birdaniga ko‘z yoshi aralash kula
boshlaydi. “Latoyif ut-tavoyif’ asarida keltirilgan bu voqea Mavlono
Irshodning odamlar ruhiyatini chuqur tushunadigan, nihoyatda maho-
ratli so‘z ustasi bo‘lganidan dalolat beradi.
Qozi 0 ‘shiy. 0 ‘zining purhikmat so‘zlari
va jarangdor ovozi bilan
xalqqa maqbul va manzur bo‘lgan voizlardan yana biri Qozi 0 ‘shiydir.
Mavlono asli farg‘onalik bo‘lib, 0 ‘sh shahrida qozilik lavozimida ham
ishlagan. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan
Qozi 0 ‘shiy jam iyatda yuzaga keladigan chigal muammolami ye-
chishda, odamlar qalbiga yo‘l topishda benazir zot boMgan. Bu haqida
Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoyif’ asarida quyidagi voqea
hikoya qilinadi: “ Seiston viloyatining xalqi qattiqqoMligi,
hatto gadoy-
ga ham sadaqa bermasligi bilan nom chiqargan ekan. Qozi 0 ‘shiy esa
mana shu xalqning k o‘ngil qulfini so‘z kaliti vositasida ochishga eri
shadi. U Seistonga borib m a’lum muddat shu xalqning ichida yashaydi;
ulaming ruhiyatini o ‘rganadi, odamlami qiynayotgan muammolami
aniqlaydi. Ana shundan keyin shahar qozisidan ruxsat olib, jum a kuni
masjidi jo m e’da xalqqa va’z aytadi. U o ‘z nutqida xalqning ayni dili-
dagi gaplami, ulami qiynayotgan muammolami shunday aniq va ra
von bayon etadiki, xalq topgan-tutganini minbar ostiga keltirib tash-
laydi. Mavlono 0 ‘shiy nutqi uchun haq olmasligini, va’z
va nasihat
faqat savob uchun, odamlami to‘g ‘ri yo‘lga boshlash uchun aytilishini
tushuntirganda Seiston xalqining voizga bo‘lgan hurmat va muhabbati
yanada oshadi. Mana shu voqeadan keyin bu xalqning xasis emas, ak-
sincha, oliyjanob ekanligi, faqat o ‘z davrining b a’zi muammolariga ja-
vob topa olmay qiynalayotganliklari m a’lum bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: